Duel“ ijodiy tanlovi — Oʻzbekistonda yosh ijodkorlarni kashf etish va ragʻbatlantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va Yosh ijodkorlar kengashi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov. 2019-yilda asos solingan[1].

Duel ijodiy tanlovi
Shiori Faqat ijod, faqat so'z!
Ishga tushgan sanasi 15-sentyabr, 2019-yil(2019-09-15)
Asoschi(lar)i Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yosh ijodkorlar kengashi
Til(lar)i Oʻzbek

Tashkil etilishi va tarixi tahrir

2019-yil tahrir

„Duel“ ijodiy tanlovi 2019-yilda nazm yoʻnalishida oʻtkazilgan. Saralash boshqichlar Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti binosida tashkil etilgan. 16 nafar yosh ijodkorlar bellashishgan. Final bosqichi yoshlar press klubida boʻlib oʻtgan va Madaniyat va marifat telekanali orqali efirga uzatilgan.

2020-yil tahrir

Ushbu yilda ham tanlov faqat nazm yoʻnalishida tashkil etilgan. Gʻoliblik uchun 32 nafar yosh shoir kurash olib borgan. Oʻtkazilgan yarimfinal bahsidan keyin Feruza Xayrullaeva va Jontemir Toshtemirov „Duel“ning final bosqichiga yoʻl olgan. Ularning oʻzaro bellashuvida esa Jontemir Toshtemirov gʻolib deb topilgan. Sovrin jamgʻarmasi 15 mln soʻmni tashkil etgan. Final bosqichi yoshlar press klubida boʻlib oʻtgan va Madaniyat va marifat telekanali orqali efirga uzatilgan.

2021-yil tahrir

Bu yilda tanlov respublika miqiyosida nazm, nasr, badiiy tarjima va tasviriy sanʼat yoʻnalishlarida tashkil qilingan. Qatnashishi uchun 8 mingga yaqin arizalar kelib tushgan. Tanlovning viloyat bosqichlari ham tashkil etilib respublika bosqichiga saralash vazifasini oʻtagan.hududiy bosqich finallari efirga uzatilgan. Respublika bosqichida 64 nafar yosh ijodkor 4 ta yoʻnalishda gʻoliblik uchun kurashgan. Respublika bosqichi finali Adiblar hiyobonida tashkil qilingan boʻlib sovrin jamgʻarmasi 500 million soʻmni tashkil qilgan. Duel yakunida birinchi oʻrin gʻoliblariga 25 million, ikkinchi oʻrin egalariga 15 million, Respublika bosqichiga chiqqan qolgan ishtirokchilarga esa 5 million soʻmdan pul mukofotlari topshirilgan[2].

Gʻoliblari tahrir

 
Duel ijodiy tanlovining 2020-yilgi mavsum gʻolib va sovrindorlari
Yil Yoʻnalish Finalchi Gʻolib
2019 Nazm Mansur Jumayev Muhammad Siddiq
2020 Nazm Feruza Xayrullayeva Jontemir
2021 Nazm Suhrob Ziyo Shahriyor Shavkat
Nasr Firdavs Shokirov Shavkat Doʻstmuhammad
Badiiy Tarjima Shohrux Usmonov Alisher Sabriy
Tasviriy sanʼat Oʻktam Isergapov Ulugʻbek Yusupov

Hakamlik tahrir

2021-yilgi mavsum uchun bir qator katta ijodkorlar hakamlik uchun taklif qilingan. Finalga chiqqan ijodkorlarning ishlarini Murod Muhammad Do‘st, Xurshid Doʻstmuhammad, Nazar Eshonqul, Usmon Azim, Aziz Said, Odil Ikrom, Ortiqali Qozoqov kabi hakamlar baholab borishgan.

Manbalar tahrir

  1. „Duel loyihasi o'tkazildi“. Kun.uz (2020-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.
  2. „“Duel” yangi nomlarni kashf etishni boshladi“. Yoshlar.gov.uz (2021-yil 16-iyun). 2022-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 5-iyul.