1360—1361-yillarda qurilgan maqbara

(1360-1361-yillardagi maqbaradan yoʻnaltirildi)

1360—1361-yillarda qurilgan maqbara Shohi Zinda meʼmoriy kompleksidan oʻrin olgan.

1360-1361-yillarda qurilgan maqbara
Qutlugʻ oqo maqbarasi

Qutlugʻ oqo majmuasiga kirish qismi
Umumiy maʼlumot
Maqomi YuNESKOning Butunjahon merosi obyekti № 603
Turi Ansambl
Meʼmoriy uslubi Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Joylashuvi Samarqand, Oʻzbekiston
Manzili Shohi Zinda koʻchasi 1-uy
Texnik holati
Material Pishiq gʻisht
Map
Qutlugʻ oqo maqbarasining oʻrni xaritada
1360—1361-yillarda qurilgan maqbara

Oʻziga xos uslubda qurilgan XIV asr yodgorliklaridan yana biri, bu baʼzi manbalarda Amir Temurning xotinlaridan biri Qutlugʻ oqo nomi bilan bogʻlanadi. Peshtoqdagi yozuv qoldiqlarida maqbara qurilgan vaqti hijriy 762-yil (1360-1361 yillar) koʻrsatilgan. Maqbaradagi yozuvdan bu aslzodalar uchun qurilgan binolardan ekanligiga ishonch hosil qilsa boʻladi. Xonaning sahnida yosh bola qabri ham mavjuddir. Maqbara uning peshtoqi va ichkarisining ziynati oʻymakor sirli koshin bilan ishlangan boʻlib, Xoʻja Ahmad maqbarani ham bitta meʼmor qurgan boʻlsa ajab emas degan fikr bildirishadi.

Meʼmorchiligi tahrir

Maqbaraning barcha tashqi ichki devorlari koʻk va oq rangdagi sirlangan oʻyilgan terrakota bilan qoplangan. Binoning arxitektura tuzilishi va bezaklarining badiiy dizayni XIV asrda Movarounnahr meʼmorchiligi uchun anʼanaviy hisoblanadi. Naqshli kompozitsiya binoga uygʻunlik beruvchi gʻayrioddiy nafis geometrik shakllar bilan yuzlashgan. 1360—1361-yillarda qurilgan maqbara oʻzining goʻzal koʻrinishi, tarixiy meʼmoriy yodgorlik ekanligi bilan tadqiqotchilar eʼtiborini bir necha bor oʻziga tortgan. Maqbara tuzilishining mutanosibligi haqida meʼmor Y. Z. Shvabning maxsus tadqiqot olib borgan. Maqbara loyihaga koʻra, toʻrtburchak shaklida barpo etilgan[1]. Uning tashqi koʻrinishi boʻylab oʻlchamlari quyidagicha:

kengligi (oʻrtacha) 863 sm,

uzunligi (oʻrtacha) 940 sm.

Orqa va yon devorlarning qalinligi 134 sm.

Maqbara old devorining qalinligi 229 sm.


Maqbarada olib borilgan tadqiqotlar natijasida XIX-XX asrlarda taʼmirlash paytida xilxona ochilmagani maʼlum boʻldi. Oʻrganishlar natijasida xilxonada koʻk sirli kichkina singan piyola topilgan boʻlib, ashyo u yerga XIV asrda dafn marosimi paytida kelgan boʻlishi mumkin.

Dafn marosimi tartiblari natijasida qabrga oziq-ovqat va boshqa buyumlar (koʻzgular, qurollar, uy-roʻzgʻor va mehnat buyumlari) solingan idishlarni qoʻyish, afsonalarga koʻra, narigi dunyodagi hayot uchun zarurdir. Maqbara katta mahorat bilan bezatilgan. Bino peshtoqi va ichki bezaklari qoʻshni Xoʻja Ahmad maqbarasi tasvirlariga shu qadar oʻxshashki, tadqiqotchilar oʻymakor sirlangan terrakotadan yasalgan ikki obidaning bezaklari bir ustaning ishi degan fikrni ilgari suradilar[2]. Ikki maqbaradagi umumiy oʻxshashliklar bunga sabab boʻladi[3]. Bino oʻz davrining eng oliy zodagonlari doirasiga yoki qirollik saroyiga mansub boʻlgan zodagon ayolni dafn etish uchun qurilgan.

Galereya tahrir

Manbalar tahrir

  1. Н.Б.Немцова. Ансамбль Шахи-Зинда: история-археология-архитектура XI—XXI в. Самарканд 2019 — 161 bet. ISBN 978-9943-357-47-1. 9-sentabr 2023-yilda qaraldi. 
  2. Xurshid Davron „Shohizinda uzra porlar mungli oy & Shohizinda.“. Qaraldi: 28-sentabr 2023-yil.
  3. Qulmatov Sh, Berdimurodov A. Samarqand yodgorliklari. Самарканд: Икмом Бухорий халкаро маркази, 2017 — 49 bet. ISBN 978-9943-4783-8-1. 

Havolalar tahrir

Adabiyotlar tahrir

  • Nemseva N. B. Ansambl Shaxi- Zinda: istoriya- arxeologiya- arxitektura XI—XXI vv. Samarkand. 2019.
  • Babadjanov B., Rustamov U. Epigrafika memorialnogo kompleksa Shaxi-zinda (teksti, perevodi). Prochtenie tekstov, perevodi. Samarkand ,2015.
  • Bulatov. M. S. Geometricheskaya garmonizatsiya v arxitekture Sredney Azii IX—XV vv. Moskva 1988.
  • Nemseva, N. B., Shvab Yu. Z. Shaxi-Zinda. Yangiyul, 1980.
  • Gyul E. V. Arxitekturniy dekor epoxi Temuridov simvoli i znacheniya. Tashkent. 2014.