Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati

Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati (inglizcha: 1930 FIFA World Cup, ispancha: Copa Mundial de Fútbol de 1930) — FIFA tomonidan ilk bor tashkil etilgan jahon chempionati. Chempionat 1930-yil 13–30-iyul kunlari Urugvayda boʻlib oʻtgan. Birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisidagi qaror 1928-yil 26-mayda FIFA tomonidan qabul qilingan va 1929-yil 18-mayda Urugvay davlati ovoz berish yoʻli bilan mezbon sifatida tanlab olingan. Birinchi jahon chempionatining barcha oʻyinlari Urugvay poytaxti — Montevideoda boʻlib oʻtgan. Montevideoda jahon chempionati uchun 90 000 tomoshabinga moʻljallangan Centenario stadioni qurilgan.

Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati
ispancha: Copa Mundial de Fútbol de 1930

Chempionatning Guillermo Laborde tomonidan tayyorlangan rasmiy posteri
Umumiy maʼlumotlar
Mezbon davlat Urugvay bayrogʻi Urugvay
Shahar(lar) 1
Sana 1330-iyul, 1930-yil
Jamoalar 13
Bellashuv joylari (1 ta shaharda)
Yakuniy natijalar
Chempionlar  Urugvay (1-marta)
2-oʻrin  Argentina
3-oʻrin  AQSh
4-oʻrin  Yugoslaviya
Statistika
Oʻyinlar soni 18
Gollar soni 70 (har oʻyinda oʻrtacha 3.89 ta)
Muxlislar soni 549 090 (har oʻyinda oʻrtacha 30 505 ta)
Toʻpurar(lar) Guillermo Stábile(en) (8 ta gol)
Eng yaxshi oʻyinchi Jose Nasazzi
Eng yaxshi darvozabon Enrique Ballesteros
1934

Musobaqaga FIFAga aʼzo barcha davlatlar taklif qilingan. Biroq, bor-yoʻgʻi 13 ta jamoa musobaqada ishtirok etish uchun Urugvayga borgan: Janubiy Amerikadan yettita, Yevropadan toʻrtta va Shimoliy Amerikadan ikkita jamoa. Yevropa jamoalarining soni kamligi XX asrning birinchi yarmida Janubiy Amerikaga borish qiyin boʻlganligi bilan izohlangan. Qurʼa natijalariga koʻra jamoalar toʻrt guruhga boʻlingan. Har bir guruh gʻoliblari pley-off bosqichiga yoʻl olishdi«#Musobaqa formati va qurʼa» boʻlimiga oʻtish. Jahon chempionatlari tarixidagi dastlabki ikki uchrashuv bir vaqtda boshlandi. Ularda Fransiya va AQSH mos ravishda Meksikani 4:1, Belgiyani 3:0 hisobida magʻlub etgan. Fransiyalik Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifi hisoblanadi«#Ishtirokchilar» boʻlimiga oʻtish.

Musobaqa oldidan mezbon mamlakat jamoasi eng kuchli terma jamoa sifatida baholanar edi. Chunki Urugvay milliy futbol terma jamoasi 1924 va 1928-yilgi yozgi Olimpiya oʻyinlari doirasida oʻtkazilgan futbol musobaqasida gʻolib chiqqan. Urugvay jahon kubogini ham qoʻlga kiritdi: yarim finalda Urugvay Yugoslaviya terma jamoasini, Argentina esa AQSh terma jamoasini magʻlub etdi«#Yarim finallar» boʻlimiga oʻtish. 68 ming tomoshabin koʻz oʻngida boʻlib oʻtgan final bahsida urugvayliklar 4:2 hisobidagi gʻalabani qoʻlga kiritishdi va jahon kubogining ilk sohibiga aylanishdi«#Final» boʻlimiga oʻtish.

Musobaqadan oldingi jarayonlar

tahrir
 
FIFA prezidenti Jules Rimet

Futbol boʻyicha milliy terma jamoalar oʻrtasidagi birinchi uchrashuv 1872-yilda Glazgoda Shotlandiya va Angliya oʻrtasida boʻlib oʻtgan va golsiz durang bilan yakunlangan[1]. XIX–XX asrlarda futbol dunyo boʻylab tez surʼatda ommalashib borgan. Xalqaro Olimpiya Qoʻmitasi (XOQ) ushbu sport turini 1900 va 1904-yilgi yozgi olimpiya oʻyinlari tarkibiga koʻrgazmali sport turi (gʻoliblarga medal berilmaydi) sifatida kiritishga qaror qildi. Shuningdek, 1906-yilgi olimpiya oʻyinlarida ham futbol sport turi boʻyicha gʻoliblarga medal berilmagan[2].

1904-yilda FIFA tashkil etilgan. Shundan soʻng FIFA Olimpiya oʻyinlari doirasidan tashqarida jahon miqyosidagi futbol turnirini oʻtkazishga harakat qila boshlagan. Musobaqa 1906-yilda Shveysariyada boʻlib oʻtishi kerak edi. Biroq, musobaqa bekor qilingan[3]. 1908-yilda Londonda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlarida futbol rasmiy sport turlari roʻyxatiga kiritilgan. Turnirning oltin medallarini Buyuk Britaniya sharafini himoya qilgan Angliya havaskorlar terma jamoasi qoʻlga kiritdi. Inglizlar bu natijani Stokgolmda oʻtkazilgan keyingi olimpiya oʻyinlarda ham takrorlashgan[4].

Olimpiya oʻyinlarida faqat havaskorlar ishtirok etganligi sababli Shotlandiyalik savdogar — Thomas Lipton 1909-yilda Turinda „Sir Thomas Lipton Trophy“ nomli turnir oʻtkazgan. Ushbu turnirda turli mamlakatlarning professional klublari ishtirok etishgan (har bir mamlakatdan bittadan klub). Turnir shuningdek „Birinchi jahon chempionati“ deb ham atalgan[5]. Chunki Italiya, Shveysariya va Germaniya klublari ham turnirda ishtirok etishgan. Biroq, Angliya Futbol Assotsiatsiyasiyasi turnirni eʼtiborsiz qoldirib, oʻzining professional jamoasini ishtirok uchun Turin shahriga yubormadi. Bunga javoban Lipton Angliya sharafini himoya qilish uchun tarkibi Durham grafligida yashovchi havaskorlardan iborat boʻlgan „West Auckland“ klubini taklif qildi[6][7]. „West Auckland“ klubi ushbu turnirda gʻolib chiqdi va 1911-yilda oʻz unvonini muvaffaqiyatli himoya qildi[7].

1910-yilda Buenos Ayresda Yevropadan tashqaridagi birinchi xalqaro turnir — „May inqilobining yuz yilligi kubogi“ boʻlib oʻtgan. Unda Argentina, Urugvay va Chili terma jamoalari ishtirok etgan. Gʻalabani tarkibining asosiy qismi Britaniya orollari aholisidan iborat boʻlgan Argentina terma jamoasi qoʻlga kiritgan. Ushbu musobaqa ilk marotaba 1916-yilda boʻlib oʻtgan Janubiy Amerika chempionati (hozirgi Amerika kubogi)ning tashkil etilishiga turtki boʻlgan[8].

1914-yilda FIFA olimpiya oʻyinlari tarkibidagi futbol musobaqalarini „Havaskorlar futboli boʻyicha jahon chempionati“ deb tan olishga rozi boʻldi va musobaqani oʻtkazish masʼuliyatini oʻz zimmasiga oldi[9]. 1920-yilgi olimpiada oʻyinlarida Yevropaning 13 jamoasi bilan bir qatorda Misr jamoasi ham ishtirok etdi. Belgiya terma jamoasi turnir g‘olibi boʻldi[10]. Biroq, faqat Urugvay terma jamoasining gʻalabasi bilan yakunlangan 1924-yilgi olimpiya oʻyinlari doirasidagi musobaqa FIFA tomonidan birinchi jahon chempionati sifatida eʼtirof etilgan[9]. 1928-yilda urugvayliklar chempionlik unvonini himoya qilishgan.

1921-yildan beri prezident Jules Rimet rahbarlik qilib kelayotgan FIFA tashkiloti futbolga boʻlgan qiziqish yanada ortganligi sababli futbol boʻyicha jahon chempionatini oʻtkazishga qaror qildi. 1928-yil 26-mayda, olimpiya oʻyinlarida futbol musobaqasi boshlangan kuni Amsterdamda FIFA kongressi boʻlib oʻtdi. Kongressda oʻtkazilgan soʻrovnoma natijasi (25 ta „rozi“; 5 ta „qarshi“ — barchasi Skandinaviya davlatlari; 1 ta betaraf — Germaniya[11])ga koʻra 1930-yilgi musobaqa FIFA tasarrufi ostida oʻtishi toʻgʻrisida qaror qabul qilindi[12]. Ushbu qarorga XOQ va FIFA oʻrtasidagi turnirda ishtirok etuvchi futbolchilarning darajasi (havaskor yoki professional) borasidagi ziddiyat sabab boʻldi[13]. Rimet professional sportchilar ishtirok etishi tarafdori edi. Lekin bu oʻsha paytdagi olimpiya oʻyinlarida professional sportchilarning ishtirok etishini taqiqlovchi qoidaga zid boʻlgan[14].

Turnir mezbonini aniqlash

tahrir

Italiya, Shvetsiya, Ispaniya, Niderlandiya va Urugvay davlatlari birinchi jahon chempionati mezbonligiga daʼvogarlik qilgan[15][16]. Ovoz berish jarayonida oʻsha paytgacha milliy terma jamoasi ikki marta olimpiya oʻyinlarida gʻolib boʻlishga ulgurgan va oʻz arizasida jahon chempionati uchun katta stadion qura olish imkoniyati borligini maʻlum qilgan Urugvay davlati ustunlik qildi[17]. Mezbonlar ishtirokchilarning turnir davomidagi xarajatlarini qoplash majburiyatini ham oʻz zimmasiga olishdi[18]. Boshqa raqobatchi davlatlar taslim boʻldi[19] va 1929-yil 18-mayda Barselonada boʻlib oʻtgan FIFA kongressida Urugvay bir ovozdan birinchi jahon chempionati mezboni sifatida eʼlon qilindi[20].

Turnir kubogi

tahrir

Jahon chempionati kubogi dizayni fransiyalik haykaltarosh Abel Lafleur tomonidan ishlab chiqilgan[20]. Balandligi 35 sm, ogʻirligi 3.8 kg boʻlgan kumush kubokning yuzasi 925 probali oltin bilan qoplangan. Asosi lojuvard toshlar bilan bezatilgan[21].

Ishtirokchilar

tahrir

Terma jamoalar

tahrir
 
Ishtirokchi davlatlar

Birinchi jahon chempionati futbol tarixida saralash bosqichisiz oʻtkazilgan yagona musobaqa hisoblanadi. FIFAga aʼzo boʻlgan har bir davlat turnirga taklif qilingan. Jamoalar 1930-yilning 28-fevral kuniga qadar FIFAga chempionatda ishtirok etish yoki etmaslik haqidagi qarorlarini maʼlum qilishi kerak edi. Ishtirok etishga rozilik bildirgan jamoalarning aksariyati Amerika qitʼasi mamlakatlari edi: Argentina, Braziliya, Boliviya, Chili, Meksika, Paragvay, Peru va AQSh. Mezbon Urugvay terma jamoasi bilan qoʻshib hisoblanganda turnirda yettita Janubiy Amerika va ikkita Shimoliy Amerika terma jamoasi ishtirok etgan.

Urugvayga Atlantika okeani orqali faqat kemada borish mumkin edi[15]. Bu esa koʻp vaqt va katta xarajat talab qiladi. Shuning uchun Yevropa qitʼasidan jahon chempionatiga atigi toʻrtta jamoa roʻyxatga olindi[22]. Ammo Yevropa jamoalarining hech biri yakuniy qarorini 28-fevralgacha FIFAga maʼlum qilmagan. Buning sababi sifatida jahon iqtisodiy inqirozi koʻrsatilgan. Jahon iqtisodiy inqirozining choʻqqisi 1929–1930-yillar qishiga toʻgʻri keldi. Angliya, Shotlandiya, Uels va Shimoliy Irlandiya jamoalari oʻsha paytda FIFA aʼzosi hisoblanmasa ham Urugvay Futbol Assotsiatsiyasi Yevropadagi jamoalarni jalb qilish uchun Angliya Futbol Assotsiatsiyasiga xat yuborgan. Bu taklif 1929-yil 18-noyabrda Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan rad etilgan[23]. Turnir boshlanishiga ikki oy vaqt qolgan paytda ham Yevropa jamoalaridan hech biri turnirda ishtirok etishga rasman rozilik bermagan edi[24].

Faqat FIFA prezidenti Jules Rimetning aralashuvidan soʻng Belgiya, Fransiya, Ruminiya va Yugoslaviya terma jamoalari kemada Urugvayga borishga kelishib olishdi. Ruminiya terma jamoasiga Constantin Rădulescu murabbiylik qilgan. Rudolf Wetzer esa Ruminiya terma jamoasining asosiy futbolchilaridan biri boʻlgan. Jamoa Ruminiyaning yangi saylangan qiroliCarol IIning shoshilinch buyrugʻiga binoan musobaqaga joʻnatilgan. Jamoa tarkibini qirolning shaxsan oʻzi tanlagan. Shuningdek, Carol II Ruminiya futbol federatsiyasi rahbarlariga futbolchilar musobaqadan qaytganlaridan soʻng ish bilan taʼminlanishi toʻgʻrisida maʼlum qilgan[25]. Fransuzlar turnirga Jules Rimetning talabidan soʻng yoʻl olishgan. Ammo „uchranglilar“ning asosiy himoyachisiManuel Anatol va bosh murabbiy Gaston Barreau Urugvayga borishga rozi boʻlmadi[20]. Belgiyaliklar turnirga murabbiy Rodolphe Seeldrayers qoʻl ostida yoʻl olishdi[26].

 
Villefranche-sur-Mer portidagi Fransiya terma jamoasi futbolchilarining ismlari yozilgan taxta
Biz „Conte Verde“ kemasida 15 kun suzib yurdik. Villefranche-sur-Mer portidan joʻnadik. Yoʻlda belgiyaliklar va ruminiyaliklar bizga qoʻshilishdi. Paluba ostida mashgʻulot oʻtkazdik. Murabbiy umuman taktika haqida gapirmadi…
Lucien Laurent, Fransiya terma jamoasi futbolchisi[27]

Ruminiyaliklar Genuya shahridan „Conte Verde“ nomli kemada Urugvay tomon yoʻl oldi. Fransuzlar 1930-yilning 21-iyun kunida Villefranche-sur-Mer portidan ruminiyaliklarga qoʻshilishdi[28]. Belgiyaliklar esa Barselonadan xuddi shu kemaga chiqishdi[29]. Kemada futbolchilardan tashqari FIFA prezidenti — Jules Rimet, 3 nafar hakam: John Langenus, Henri Christophe, Thomas Balvay va jahon chempioniga topshiriladigan maxsus kubok ham bor edi. 1930-yilning 29-iyun kuni Braziliya terma jamoasi aʼzolari ham Rio-de-Janeyrodagi portdan „Conte Verde“ga chiqishdi. Bu jamoalarning barchasi 4-iyulda Urugvayga yetib kelishdi[24]. Yugoslaviya terma jamoasi Marsel shahridan yoʻlga chiqqan „Florida“ nomli kemada Urugvayga yetib bordi[29].

Dastlab Yugoslaviyada terma jamoasining ushbu turnirda ishtirok etishi shubha ostiga olingan. Xorvatiyalik futbolchilar 16-mart kuni Yugoslaviya futbol federatsiyasining shtab-kvartirasi Zagrebdan Belgradga ko‘chirilishi munosabati bilan milliy terma jamoaga boykot eʼlon qilganidan so‘ng, qirol Aleksandr I terma jamoani moliyalashtirishdan bosh tortdi[30]. Belgradlik mutasaddilar bu muammoga yechim topishdi. Ular birinchi navbatda „Beograd“ va „Jugoslavija“ klublaridan faqat mahalliy (serbiyalik) futbolchilardan iborat boʻlgan jamoa tuzishga qaror qilishdi. Shuningdek, Fransiyada faoliyat yuritayotgan uchta serbiyalik futbolchi (jumladan, Ivan Bek) terma jamoa safiga chaqirildi. Shunday qilib, Yugoslaviya terma jamoasi sharafini faqat serbiyalik futbolchilar himoya qilishdi. Beograd klubi futbolchilari — Blagoje Marjanović va Aleksandar Tirnanić milliy terma jamoada yetakchilik qilishdi. Yugoslaviya turnirdagi eng yosh tarkibga ega terma jamoa edi. Tarkibning oʻrtacha yoshi — 21 yosh-u 258 kun boʻlgan. Ushbu tarkib Yugoslaviya va Serbiya futboli tarixida jahon chempionatlaridagi ishtiroki davomida eng yaxshi natija (4-oʻrin)ni qayd etgan[31][32].

Shu kabi muammolar Braziliya terma jamoasida ham yuzaga kelgan. Hali mamlakatda yagona chempionat tashkil etilmagan edi. Eng yaxshi klublar shtat chempionatlari orqali aniqlab olindi. Rio-de-Janeyro va San-Paulu shtatlarining futbol federatsiyalari oʻrtasidagi ziddiyat Braziliya terma jamoasi tarkibining asosiy qismi Rio shtati mahalliy chempionati — Karioka ligasida ishtirok etuvchi klublar futbolchilaridan tuzilishiga sabab boʻldi. San-Paulu shtatining sport assotsiatsiyasi — APEA Braziliya Futbol Konfederatsiyasi (BFK)dan oʻz vakilini milliy terma jamoaning texnik shtabiga kiritishni talab qildi. Lekin BFK bunga rozi boʻlmadi. APEA oʻz futbolchilarini jahon chempionatiga yuborishdan bosh tortdi. San-Paulu shtatidagi klublarning yagona vakili — Araken Patusca esa „klubsiz futbolchi“ maqomida jahon chempionatida ishtirok etgan[33][34][35][36].

A va B guruhidagi jamoalarning formalari[37][38]
 
 
 
 
 
 
 
 
Argentina
 
 
 
 
 
 
Chili
 
 
 
 
 
Fransiya
 
 
 
 
 
Meksika
 
 
 
 
 
 
 
 
Braziliya
 
 
 
 
 
 
Boliviya
 
 
 
 
 
Yugoslaviya
C va D guruhidagi jamoalarning formalari[39][40]
 
 
 
 
 
 
 
 
Peru
 
 
 
 
 
 
 
 
Ruminiya
 
 
 
 
 
 
 
 
Urugvay
 
 
 
 
 
 
 
 
Belgiya
 
 
 
 
 
 
AQSh
 
 
 
 
 
 
 
 
Paragvay

Futbolchilar

tahrir
Terma jamoa safiga bir klubdan chaqirilgan futbolchilar soni
Futbolchilar

soni

Klub
9   Club Alianza Lima(en)
  Universitario(en)
8   Colo-Colo
  Nacional
  Beograd(en)
7   Atlante(en)
5   Oruro Royal[en]
 Fluminense(en)
  Racing(en)
  América(en)
  Libertad(en)
  Olimpia(en)
  Peñarol(en)

Tarkiblarni shakllantirish jarayonida hali futbolchilar soniga nisbatan maʼlum cheklov oʻrnatilmagan edi. Natijada har bir jamoa turnirga turli yoshdagi 15–25 nafar futbolchini olib bordi. Turnirning eng yosh futbolchisi braziliyalik Carvalho Leite (18 yosh-u 1 oylik) edi[41][42]. U Boliviyaga qarshi oʻyinda markaziy hujumchi pozitsiyasida harakat qilgan. Turnirdagi eng keksa futbolchi esa belgiyalik Jean de Bie (38 yosh-u 1 oylik) edi[43]. Biroq, u birorta ham oʻyin oʻtkazmagani uchun kamida bir oʻyin oʻtkazgan chililik himoyachiUlises Poirier FIFA tomonidan jahon chempionatining eng keksa futbolchisi sifatida rasman eʼlon qilindi. Poirier Meksikaga qarshi oʻtkazilgan oʻyin kunida 33 yosh-u 5 oylik edi[44]. Taxminlarga koʻra, eng keksa futbolchi Rafael Garza Gutiérrez boʻlib, u turnir boshlanganda 33 yosh-u 7 oylik boʻlgan[42]. Lekin FIFA Gutiérrezning yoshini 26 yosh-u 4 oy deb koʻrsatgan. FIFA Rafaelni uning ukasi Francisco Garza Gutiérrez bilan adashtirib yuborgan boʻlishi ehtimoli ham mavjud[45].

Deyarli barcha futbolchilar oʻz milliy chempionatlarida oʻynashgan. Fransiya chempionatidagi uchta yugoslaviyalik futbolchilar bundan mustasno. Bular: hujumchi Branislav Sekulić („Montpellier“), Ljubiša Stevanović va Ivan Bek (ikkalasi ham „Sète“ klubi futbolchisi). Turnirdan soʻng Bek Fransiya fuqaroligini oldi va Fransiya terma jamoasi safida beshta oʻyinda maydonga tushdi[46].

Aksariyat terma jamoalar tarkibining katta qismi bir klubda faoliyat yurituvchi futbolchilardan iborat boʻlgan. Peru tarkibidagi futbolchilarining koʻpchiligi poytaxt klublari — „Alianza Lima“ va „Universitario“ aʻzosi edi (har bir klubdan to‘qqiz nafardan); Chili terma jamoasi tarkibidagi 8 nafar futbolchi mamlakatning eng mashhur jamoasi — Colo-Colo futbolchilari edi[47]; Yugoslaviya terma jamoasining asosiy qismi 1930-yillarda besh karra chempion boʻlgan „Beograd“ klubi futbolchilaridan iborat boʻlgan. Urugvay terma jamoasining tarkibi asosan Montevideoning ikkita klubi — „Nacional“ va „Peñarol“ futbolchilaridan iborat boʻlgan; Meksika terma jamoasining katta qismi „Atlanta“ va „Amerika“ klublari safida harakat qiluvchi futbolchilaridan iborat edi. Paragvay terma jamoasi murabbiylar shtabi chempionat yetakchilari — „Olimpia“ va „Libertad“ futbolchilariga ishonch bildirdi. Yana uchta klub kamida besh nafarardan futbolchisini terma jamoa safiga yubordi. Bular: Boliviyaning „Oruro Royal“, Braziliyaning „Fluminense“ va Fransiyaning „Racing“ klublari.

Turnirning soʻzsiz favoriti hisoblangan Urugvay terma jamoasi tarkibida olti nafar ikki karra olimpiada chempionlari (Jose Nasazzi, Jose Andrade, Pedro Cea, Pedro Petrone, Hector Scarone va Santos Urdinaran) bor edi. AQSh terma jamoasining bir qismi Amerika fuqaroligini qabul qilgan britaniyalik muhojir futbolchilardan iborat boʻlgan[48]. Shotlandiyalik Jimmy Gallagher, Alexander Wood, Andy Auld, Jim Brown, Bart McGhee hamda ingliz George Moorhouse shular jumlasidan.

Stadionlar

tahrir

Barcha oʻyinlar Urugvay poytaxti Montevideodagi Centenario, Pocitos va Grand Parc Central stadionlarida boʻlib oʻtgan. Centenario stadioni jahon chempionatini oʻtkazish uchun qurilgan va Urugvay konstitutsiyasi qabul qilinganligining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay xalqiga sovgʻa qilingan. Juan Antonio Scasso loyihasi asosida qurilgan mazkur stadionni Jules Rimet „kelajakdagi futbol ibodatxonasi“ deb atagan[20][49]. 90 000 muxlisga moʻljallangan Centenario stadioni ayni paytda Britaniya orollaridan tashqarida joylashgan eng katta stadionga aylangan[26]. Stadionda 18 ta o‘yindan 10 tasi, jumladan, yarim final va final o‘yinlari bo‘lib o‘tgan. Biroq, kuchli yomgʻir tufayli stadionning qurilishi turnir boshlanganidan 5 kun oʻtgach yakunlangan[17]. Qurilish ishlari yakunlangunga qadar oʻyinlarga Gran Parque Central va Pocitos (mos ravishda „Nacional“ va „Peñarol“ klublariga tegishli) stadionlari mezbonlik qilgan.

Montevideo
Centenario Gran Parque Central Pocitos
34°53′40″S 56°9′10″W / 34.89444°S 56.15278°W / -34.89444; -56.15278 (Estadio Centenario) 34°54′4″S 56°9′32″W / 34.90111°S 56.15889°W / -34.90111; -56.15889 (Estadio Gran Parque Central) 34°54′18″S 56°9′22″W / 34.90500°S 56.15611°W / -34.90500; -56.15611 (Estadio Pocitos)
Sigʻimi: 90,000 Sigʻimi: 20,000 Sigʻimi: 10,000
     
Futbol boʻyicha 1930-yilgi jahon chempionati (Montevideo)

Hakamlar

tahrir
 
Belgiyalik hakam John Langenus

1930-yilgi jahon chempionatida toʻqqiz mamlakatdan 15 nafar hakam ishlagan. Ulardan 11 nafari kamida bitta oʻyinda bosh hakam sifatida ishlagan. Chempionat bahslarini Yevropa qitʼasidan to‘rt nafar (fransuz Thomas Balvay, ruminiyalik Constantin Rădulescu (u Ruminiya terma jamoasi murabbiyi ham edi)[50] va ikki belgiyalik — Henri Christophe va John Langenus) hamda Amerika qitʼasidan 11 nafar (olti nafari Urugvaylik) hakam boshqarib borgan. Ruminiya terma jamoasi bosh murabbiysi Rădulescudan tashqari Boliviya terma jamoasi bosh murabbiyi Ulises Saucedo ham bahslarda hakamlik qilgan[51].

Hakamlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan xatoliklarni kamaytirish maqsadida turnir boshlanishidan oldin barcha hakamlar ishtirokida oʻyindagi ehtimoliy bahsli vaziyatlarni muhokama qilish uchun qisqa yigʻilish oʻtkazilgan[52]. Biroq, turnir hakamlar bilan bo‘lgan ikkita voqea sabab yodda qoldi: braziliyalik hakam Gilberto de Almeida Rêgo Argentina va Fransiya o‘rtasidagi bahsni asosiy vaqt tugashiga olti daqiqa qolganida yakunladi. Boliviyalik Ulises Saucedo esa Argentina – Meksika (6:3) uchrashuvida 3 ta penalti belgiladi. Qizigʻi shundaki, ushbu uchta penaltidan faqat bittasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi[50][53].

Hakamlar va ular ishlagan oʻyinlar roʻyxati
Hakam Oʻyinlar Bosh hakam sifatida Yordamchi hakam sifatida
  Thomas Balvay 4 1 3[Hakam 1]
  Henri Christophe 5 1 4[Hakam 2]
  John Langenus 6 4[Hakam 1][Hakam 2] 2
  Domingo Lombardi 4 1 3
  José Macías 3 2 1
  Francisco Mateucci 4 1 3
  Almeida Rêgo 5 3[Hakam 1] 2
  Ulises Saucedo 6 1 5[Hakam 1][Hakam 2]
  Anibal Tejada 3 2 1
  Ricardó Vallarino 2 1 1
  Álberto Warnken 5 1 4[Hakam 1]
  Constantin Rădulescu 2 0 2
  Martin Aphesteguy 2 0 2
  Gualberto Alonso 1 0 1
  Gaspar Vallejo 2 0 2

Izohlar:

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 Bu hakam yarim final bahsida ishlagan
  2. 2,0 2,1 2,2 Bu hakam final bahsida ishlagan

Musobaqa formati va qurʼa

tahrir

Dastlab turnir tashkilotchilari turnirni pley-off (har bir oʻyindan soʻng magʻlub boʻlgan jamoa musobaqani tark etadi) formatida oʻtkazish haqida oʻylashgan. Biroq, jamoalar soni 13 ta ekanligi musobaqaning bu formatda oʻtkazilishiga toʻsiq boʻlgan va tashkilotchilar guruh bosqichini ham oʻtkazishga qaror qilishgan[54]. A guruhida 4 ta, B, C va D guruhlarida esa 3 tadan jamoa oʻrin oldi. Bir guruhdagi jamoalar bir martadan oʻzaro bahs yuritishdi. Har bir guruh g‘oliblari pley-off bosqichiga yo‘l oldi. Guruh bosqichida g‘alaba uchun 2 ochko, durang uchun 1 ochko, mag‘lubiyat uchun esa 0 ochko berildi. Ochkolari teng boʻlib qolgan jamoalar oʻrtasida gʻolibni aniqlash uchun qoʻshimcha oʻyin oʻtkazildi. Pley-off oʻyinlarida durang qayd etilgan taqdirda gʻolib aniqlanmaguncha takroriy oʻyin oʻtkazilgan. Turnirdagi birorta oʻyinda oʻzgarish qilishga ruxsat berilmagan[55].

Qurʼa tashlash marosimi 1930-yil 7-iyulda, musobaqa boshlanishiga bir haftadan kamroq vaqt qolganda boʻlib oʻtdi. Jamoalarni guruhlarga taqsimlashda tashkiliy qoʻmita quyidagi jihatni hisobga oldi: har bir jamoa kamida bitta turnir favoriti bilan oʻynashi kerak. Shunda barcha favoritlar pley-offga chiqish uchun nazariy imkoniyatga ega boʻladi. Oʻsha paytda jamoalar reytingga ega boʻlmaganligi uchun tashkiliy qoʻmita aʼzolarining oʻzlari yuqorida taʼkidlangan jihatga asosan jamoalarni savatchalarga joylashtirib chiqishgan. FIFA tomonidan Urugvay, Braziliya va Argentina jamoalarining finalga chiqish imkoniyati yuqori baholandi. Toʻrtinchi oʻringa esa AQSh joylashtirildi[53]. Oldin Yevropa, keyin Amerika jamoalari guruhlarga tasodifiy ravishda taqsimlandi[56].

Qurʼadan oldingi savatlar
Saralangan jamoalar Yevropa jamoalari Boshqa jamoalar

  Argentina
  Braziliya
  Urugvay
  AQSh

  Belgiya
  Fransiya
  Ruminiya
  Yugoslaviya

  Boliviya
  Chili
  Meksika
  Paragvay
  Peru

Qurʼa tashlash marosimidan soʻng chempionatning oʻtkazilish vaqti ham aniqlab olindi. Chempionat 13-iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 15:00 da bir vaqtning o‘zida ikkita o‘yin bilan boshlandi: „A“ guruhida Fransiya – Meksika va „D“ guruhida AQSH – Belgiya. Guruh bosqichi 22-iyul kuni „A“ guruhidan o‘rin olgan Argentina va Chili terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yin bilan yakunlanadigan boʻldi. Yarim final bahslari 26 va 27-iyul kunlariga, final esa 30-iyulga belgilandi.

Turnirning borishi

tahrir

Guruh bosqichi

tahrir

A guruhi

tahrir
Meksika bilan bahs paytida qor yogʻdi. Oʻshanda janubiy yarimsharda qish edi. Jamoadoshlarimdan biri toʻpni menga uzatib berdi va men havodagi toʻpga oʻng oyogʻim bilan zarba berdim. Hamma meni tabrikladi. Ularning koʻz oʻngida tarix yaratilganga oʻxshardi. Qisqa qoʻl siqishishlardan soʻng biz yana oʻyinga qaytdik.
Lucien Laurent, Fransiya terma jamoasi futbolchisi[27]
 
Chililik futbolchi Guillermo Subiabre fransuzlar darvozasiga toʻp kiritgan vaziyat.

Ushbu guruhdan Argentina, Chili, Fransiya va Meksika terma jamoalari oʻrin oldi. Jahon chempionatining dastlabki ikki o‘yinidan biri — Fransiya va Meksika jamoalari o‘rtasidagi o‘yin 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da „Pocitos“ stadionida boshlangan. Ushbu uchrashuvni urugvaylik hakam Domingo Lombardi boshqarib borgan. 19-daqiqada Ernest Libératining uzatmasidan soʻng Lucien Laurent jahon chempionati tarixidagi ilk gol muallifiga aylandi[57][58]. Taxminan oʻn daqiqa oʻtgach, Fransiya terma jamoasi darvozaboni Alex Thépot jarohati tufayli maydonni tark etishga majbur boʻldi. Yarim himoyachi Augustin Chantrel esa oʻyinning qolgan qismini darvozabon sifatida davom ettirdi. Fransuzlar Marcel Langiller va André Maschinotning saʼy-harakatlari bilan yana ikki bor gol urishga muvaffaq boʻlishdi. 70-daqiqada Juan Carreño hisobdagi farqni qisqartirdi. 17 daqiqadan soʻng André Maschinot jahon chempionatlari tarixidagi ilk dubl muallifiga aylandi va oradagi ikki golli farq tiklandi[58].

Meksika ustidan qozonilgan g‘alabadan ikki kun o‘tib fransuzlar guruh favoriti – Argentina bilan to‘qnash kelishdi. Darvozabon Thépot Argentinaga qarshi bahsga qadar jarohatdan tiklanishga ulgurdi. Biroq, 83-daqiqada Luis Monti tomonidan amalga oshirilgan jarima zarbasidan gol oʻtkazib yubordi va ushbu gol oʻyinda yagona boʻlib qoldi[59]. Uchrashuv bosh hakami Gilberto de Almeida Rêgo oʻyinning asosiy vaqti yakunlanishiga 6 daqiqa qolganda bahs yakunlanganini bildiruvchi hushtagini chaldi. Bu qaror muxlislarga yoqmadi va ular maydonga yugurib chiqishdi. Maydonda yuzaga kelgan tartibsizlikni bartaraf etish uchun otliq politsiya yordamidan foydalanishga toʻgʻri keldi. Kiyinish xonasiga kirayotgan paytda fransuzlar ham hakamning qaroriga eʼtiroz bildirishdi va uni qolgan 6 daqiqani yakunlab qoʻyishga koʻndirishdi[60]. O‘yin qolgan joyidan davom etdi va oxirigacha hisob oʻzgarmadi. Urugvayliklar raqiblarini olqishlar bilan kuzatib qoʻyishdi. Argentina final hushtagi yangraganidan keyin ancha vaqt oʻtib oʻyinni davom ettirish qaroriga qarshi FIFAga norozilik bildirgan va hattoki turnirdan chiqishi mumkinligini ham istisno qilmagan[53]. Ertasi kuni Chili va Meksika terma jamoalari oʻrtasida oʻyin boʻlib oʻtdi va chililiklarning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi[61].

Fransiya terma jamoasining ushbu turnirdagi so‘nggi o‘yini (Chiliga qarshi) jahon chempionati tarixidagi ilk penalti belgilanganligi bilan yodda qoldi. Belgilangan penaltini chililik Carlos Vidal oʻyinning 30-daqiqasida amalga oshirdi. Biroq, darvozabon Thépot zarbani qaytardi[62]. Argentina va Meksika terma jamoalari oʻrtasidagi bahsda uchta penalti belgilandi va ulardan birida meksikalik darvozabon Óscar Bonfiglio argentinalik Fernando Paternosterning zarbasini qaytardi[62]. „Albiseleste“ futbolchisi Guillermo Stábile xalqaro maydondagi debyut uchrashuvida xet-trikka erishdi[63]. Argentinaliklar jamoa sardori Manuel Ferreira ishtirok etmagan bahsda Meksika terma jamoasini 6:3 hisobida magʻlub etdi. Manuel Ferreira haydovchilik guvohnomasi imtihoni uchun Buenos-Ayres shahriga ketganligi sababli Argentina – Meksika oʻyinida ishtirok eta olmagan[64]. 3-turdagi Argentina – Chili uchrashuvi guruh gʻolibini aniqlab bergan. Oʻyin nafaqat Argentinaning 3:1 hisobidagi gʻalabasi va yarim finalga yoʻl olishi, balki Montining meksikalik Arturo Torresga nisbatan oʻyin davomidagi qoʻpol harakatlari bilan ham yodda qoldi[60].

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1   Argentina 3 3 0 0 10 4 +6 6
2   Chili 3 2 0 1 5 3 +2 4
3   Fransiya 3 1 0 2 4 3 +1 2
4   Meksika 3 0 0 3 4 13 −9 0
Manba: RSSSF
13-iyul 1930
15:00
  Fransiya 4:1   Meksika „Pocitos“, Montevideo
Tomoshabin: 4444
Hakam:   Domingo Lombardi
Lucien Laurent   19'
Marcel Langiller   40'
André Maschinot   43'   87'
Bayonnoma Juan Carreño   70'

15-iyul 1930
16:00
  Argentina 1:0   Fransiya „Gran Parque Central“, Montevideo
Tomoshabin: 23 409
Hakam:   Gilberto Rêgo
Luis Monti   81' Bayonnoma

16-iyul 1930
14:45
  Chili 3:0   Meksika „Gran Parque Central“, Montevideo
Tomoshabin: 9249
Hakam:   Henri Christophe
Carlos Vidal   3'  65'
Manuel Rosas   51' (ag)
Bayonnoma

19-iyul 1930
12:50
  Fransiya 0:1[lower-alpha 1]   Chili „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 2000
Hakam:   Anibal Tejada
Bayonnoma Guillermo Subiabre   65'

19-iyul 1930
15:00
  Meksika 3:6[lower-alpha 2]   Argentina „Pocitos“, Montevideo
Tomoshabin: 42 100
Hakam:   Ulises Saucedo
Manuel Rosas   42' (pen)  65'
Roberto Gayón   75'
Bayonnoma Guillermo Stábile   8'  17'  80'
Adolfo Zumelzú  12'  55'
Francisco Varallo  53'

22-iyul 1930
14:45
  Argentina 3:1   Chili „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 41 459
Hakam:   John Langenus
Guillermo Stábile  12'  13'
Mario Evaristo   51'
Bayonnoma Guillermo Subiabre   15'

B guruhi

tahrir
 
Yugoslaviya-Braziliya uchrashuvi. Suratda Milovan Jakšić, Dragoslav Mihajlović va Teóphilo

Ikkinchi guruhdan Yugoslaviya, Braziliya va Boliviya terma jamoalari oʻrin oldi. Qurʼa vaqtida saralangan va jahon chempionati favoriti hisoblangan Braziliya turnirning birinchi oʻyinida Yugoslaviya terma jamoasiga 1:2 hisobida magʻlub boʻldi[65]. Guruh bahslarining birortasida ham gʻalaba qozona olmagan Boliviya terma jamoasi „Olgʻa Urugvay“ (ispancha: Viva Uruguay) shiori tushirilgan futbolkalarda harakat qilish uchun chempionat boshlanishidan oldin tashkilotchilarga maʼlum miqdorda toʻlov qilgan[66]. Birinchi uchrashuvda boliviyaliklar Yugoslaviyaga yutqazdi. Boliviyaliklar so‘nggi yarim soat ichida to‘rt marta gol o‘tkazib yuborishdi va shu tariqa Yugoslaviya yarim finalga yo‘llanma oldi[61]. Bundan tashqari ushbu turnirda Boliviyaliklarning bir nechta goli hisobga olinmadi[66]. Yarim finalga chiqish imkoniyatini yo‘qotgan Braziliya va Boliviya jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan guruhning uchinchi o‘yinida Braziliya birinchi bo‘limda bitta, ikkinchi bo‘limda esa yana uchta gol urdi. Preguinho dubl qayd etdi[67]. Uchrashuvga kelgan muxlislar uchun oʻyinni kuzatish juda qiyin boʻldi. Chunki 45 daqiqa davomida jamoalar bir xil rangli formalarda harakat qilishdi. Tanaffusda Ulises Saucedo boshchiligidagi Boliviya terma jamoasi aʼzolari oʻz formalarini oʻzgartirishdi[68].

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1   Yugoslaviya 2 2 0 0 6 1 +5 4
2   Braziliya 2 1 0 1 5 2 +3 2
3   Boliviya 2 0 0 2 0 8 −8 0
Manba: RSSSF
16-iyul 1930
12:45
  Braziliya 1:2   Yugoslaviya „Gran Parque Central“, Montevideo
Tomoshabin: 24 059
Hakam:   Anibal Tejada
Preguinho   65' Bayonnoma Aleksandar Tirnanić   21'
Ivan Bek   30'

14-iyul 1930
12:45
  Yugoslaviya 4:0   Boliviya „Gran Parque Central“, Montevideo
Tomoshabin: 18 306
Hakam:   Francisco Matteucci
Ivan Bek   60'  67'
Blagoje Marjanović   65'
Đorđe Vujadinović   85'
Bayonnoma

20-iyul 1930
13:00
  Braziliya 4:0   Boliviya „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 25 466
Hakam:   Thomas Balvay
Moderato   37'  73'
Preguinho   67'  83'
Bayonnoma

C guruhi

tahrir

Ushbu guruhdan turnir mezbonlari — Urugvay, Peru va Ruminiya terma jamoalari oʻrin olishdi. Guruhdagi Peru va Ruminiya terma jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyinda turnirdagi eng tezkor gol urildi: 50-soniyadayoq Adalbert Deșu raqib darvozasiga toʻp kiritdi[69]. Peru – Ruminiya bahsida jahon chempionatlari tarixidagi ilk chetlatilish qayd etildi: uchrashuvning 56-daqiqasida Plácido Galindo chililik hakam Alberto Warnken tomonidan László Raffinskyga nisbatan qoʻpollik ishlatgani uchun maydondan chetlatildi. Peruliklar 75-daqiqada Luis de Souzaning saʼy-harakatlari evaziga hisobni tenglashtirishdi. Lekin oradan toʻrt daqiqa oʻtib Constantin Stanciu Ruminiya terma jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi. Darhol peruliklar qoidaga zid holatda oʻzgarish amalga oshirib, Souzaning oʻrniga Nue Rodrigesni maydonga tushirdi. Mutasaddilarning hech biri buni payqamadi. Chunki bu paytda futbolchilarning formalariga raqamlar yozish yoʻlga qoʻyilmagan edi. Shuning uchun koʻpchilik muxlislar va uchrashuv rasmiylari futbolchilarni yaxshi tanimagan. Peruliklar esa bundan unumli foydalanishdi[70]. Ammo bu oʻzgarish Ruminiya terma jamoasining uchinchi golini kiritishiga va yakunda 3:1 hisobida g‘alaba qozonishiga to‘sqinlik qila olmadi. Mazkur uchrashuv eng kam muxlis tashrif buyurgan oʻyin sifatida jahon chempionati tarixida qoldi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, oʻyinga atigi 2549 tomoshabin tashrif buyurgan[71].

„Centenario“ stadioni qurilishi yakunlanmaganligi uchun Urugvay terma jamoasining birinchi o‘yini 5 kunga kechiktirildi. Chunki tashkilotchilar stadionni urugvayliklar ishtirokidagi o‘yin bilan ochmoqchi edi. Birinchi o‘yin oldidan „Centenario“da Urugvay Konstitutsiyasi qabul qilinganining 100 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Turnirdan toʻrt hafta oldin urugvayliklar qattiq nazorat ostida yigʻin oʻtkazishdi. Rafiqasi bilan uchrashish uchun murabbiyning ruxsatisiz mashgʻulot maydonini tark etgan urugvaylik darvozabon Andrés Mazali jamoadan chetlatildi[72]. Urugvayning birinchi konstitutsiyasi qabul qilinganidan roppa-rosa 100 yil o‘tib, Urugvay terma jamoasi ishtirokida jahon chempionatining ilk o‘yini bo‘lib o‘tdi: turnir mezbonlari peruliklarga qarshi kechgan shiddatli bahsda 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi[73]. Uchrashuvga tashrif buyurgan tomoshabinlar Peruning himoya chizigʻini alohida taʼkidlab oʻtishdi. Peru bu turnirda urugvayliklardan atigi 1 ta toʻp oʻtkazib yuborgan yagona jamoa boʻldi[74]. Urugvay matbuotida terma jamoa yaxshi oʻyin koʻrsatmaganligi uchun tanqid qilindi. Peruda esa terma jamoa turnirni tark etganiga qaramay ular koʻrsatgan oʻyin shov-shuvga sabab boʻldi[73]. Keyingi o‘yinda Urugvay birinchi bo‘limning oʻzida ruminiyaliklar darvozasiga 4 ta gol urdi va Ruminiyani 4:0 hisobida hech qanday qiyinchiliksiz magʻlub etdi.

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1   Urugvay 2 2 0 0 5 0 +5 4
2   Ruminiya 2 1 0 1 3 5 −2 2
3   Peru 2 0 0 2 1 4 −3 0
Manba: RSSSF


14-iyul 1930
14:50
  Ruminiya 3:1   Peru „Pocitos“, Montevideo
Tomoshabin: 2549
Hakam:   Alberto Warnken
Adalbert Deșu   1'
Constantin Stanciu  79'
Nicolae Kovács   89'
Bayonnoma Luis de Souza   75'

18-iyul 1930
14:30
  Urugvay 1:0   Peru „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 57 736
Hakam:   John Langenus
Héctor Castro   60' Bayonnoma

21-iyul 1930
14:50
  Urugvay 4:0   Ruminiya „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 70 022
Hakam:   Gilberto Rêgo
Pablo Dorado   7'
Héctor Scarone  24'
Peregrino Anselmo   30'
Pedro Cea  35'
Bayonnoma

D guruhi

tahrir
 
Paragvay – Belgiya uchrashuvi. Uchrashuvda paragvayliklar 1:0 hisobida gʻalaba qozondi.

Bu guruhda birinchi oʻyinda belgiyaliklarni 3:0 hisobida magʻlub etgan AQSh terma jamoasi yetakchilik qildi. Bu holat koʻpchilik uchun kutilmagan boʻldi va Urugvayning „Imparcial“ nashri holatga nisbatan shunday munosabat bildirdi: „Amerikaliklarning faolligi koʻpchilik mutaxassislarni hayratda qoldirdi“[75]. Belgiya terma jamoasi vakillari o‘z mag‘lubiyatiga sifatsiz futbol maydoni va noxolis hakamlikni sabab qilib koʻrsatishgan. Belgiya darvozasiga ikkinchi gol urilganda hakamlar ofsaydni payqamaganligini iddao qilishgan[75]. Kuchli shamol ostida kechgan guruhning ikkinchi oʻyini amerikalik futbolchi Bert Patenaud tomonidan amalga oshirilgan jahon chempionati tarixidagi ilk xet-trik bilan yodda qoldi[76]. 2006-yil 10-noyabrga qadar turnir tarixidagi birinchi xet-trik argentinalik Guillermo Stábilega emas, undan 2 kun keyin bu ishni amalga oshirgan Bert Patenaudga tegishli deb hisoblangan. Keyinchalik maʻlum boʻlishicha, gollardan biri Bert emas balki uning jamoadoshi Tom Florie tomonidan kiritilgan[77][78]. AQSh terma jamoasi guruhdagi ikkala oʻyinda ham gʻalaba qozonib, birinchi oʻrinni egalladi va pley-offda oʻynash huquqini muddatidan oldin qoʻlga kiritdi. Shu sababli Paragvay va Belgiya oʻrtasidagi soʻnggi oʻyin (Paragvay 1:0 hisobida gʻalaba qozondi) oʻz ahamiyatini yoʻqotdi[61].

Oʻrin Jamoa Oʻyn Dur M GU GOʻ GF O
1   AQSh 2 2 0 0 6 0 +6 4
2   Paragvay 2 1 0 1 1 3 −2 2
3   Belgiya 2 0 0 2 0 4 −4 0
Manba: RSSSF
13-iyul 1930
15:00
  AQSh 3:0   Belgiya „Gran Parque Central“, Montevideo
Tomoshabin: 18 306
Hakam:   Jose Maciaas
Bart McGhee   23'
Tom Florie  45'
Bert Patenaude  69'
Bayonnoma

17-iyul 1930
14:45
  AQSh 4:0   Paragvay „Gran Parque Central“, Montevideo
Tomoshabin: 18 346
Hakam:   Jose Maciaas
Bert Patenaude  10'  15'  50' Bayonnoma

20-iyul 1930
15:00
  Paragvay 1:0   Belgiya „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 12 000
Hakam:   Ricardo Vallarino
Luis Vargas Peña   40' Bayonnoma

Pley-off bosqichi

tahrir
 
Yarim finalFinal
 
      
 
27-iyul — Montevideo (Centenario)
 
 
  Urugvay6
 
30-iyul — Montevideo (Centenario)
 
  Yugoslaviya1
 
  Urugvay4
 
26-iyul — Montevideo (Centenario)
 
  Argentina2
 
  Argentina6
 
 
  AQSh1
 
 
Urugvaylik Pedro Cea Yugoslaviya bilan oʻyinda hisobni tenglashtirdigan vaziyat

Yarim finallar

tahrir

Guruh g‘oliblari Argentina, Yugoslaviya, Urugvay va AQSh yarim finalga yo‘l oldi. Yarim finalning ikkala uchrashuvi ham bir xil — 6:1 hisobida yakunlandi. AQSh va Argentina terma jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyin kuchli yomgʻir ostida oʻtdi. Tarkibida 6 nafar Britaniya fuqarosi boʻlgan AQSh terma jamoasi yarim himoyachisi Raphael Tracey birinchi boʻlimda jiddiy jarohat oldi. Futbolchi tanaffusga qadar oʻynadi. Kiyim almashtirish xonasidan toʻgʻri kasalxonaga joʻnatildi. Futbolchi birinchi boʻlimning soʻnggi 15 daqiqasida oyogʻi singan holda maydonda harakat qilganligi aniqlandi[79].

Shu vaziyatdan soʻng oʻyinning qolgan qismi ham toʻqnashuvlarga boy tarzda oʻtishi aniq boʻldi[80]. 20-daqiqada Luis Monti hisobni ochdi va shu tariqa Argentinani oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda amerikaliklar umuman qarshilik qila olishmadi va argentinaliklar yana 5 ta gol urib, finalga yo‘l olishdi[81].

Ikkinchi oʻyinda 1924-yilgi olimpiadadagi Yugoslaviya – Urugvay uchrashuvi deyarli takrorlandi (olimpiadada janubiy amerikaliklar 7:0 hisobida gʻalaba qozonishgan). Jahon chempionatining yarim finalida yugoslavlar Đorđe Vujadinovićning goli bilan hisobni ochishdi. Biroq, urugvayliklar tezda hisobni tenglashtirishdi va 2:1 hisobida oldinga chiqib olishdi. Keyin esa hisobni 3:1 koʻrinishiga keltirishdi. Mezbonlarning ustunligiga qaramay bahs eʼtirozlardan xoli boʻlmadi. Hisob 2:1 boʻlib turgan paytda Urugvay terma jamoasining hujumi vaqtida toʻp maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Darvoza ortida turgan politsiyachi toʻpni Anselmoga uzatib berdi. Shundan soʻng futbolchi xotirjamlik bilan toʻpni darvozaga kiritdi[82]. Tanaffusga biroz vaqt qolganda Yugoslaviyaning goli bahsli ofsayd sabab hisobga olinmadi[65]. Mezbonlar ikkinchi bo‘limda yana 3 ta gol urib, finalga yo‘l olishdi. Urugvaylik Pedro Cea xet-trik qayd etdi[81].


26-iyul 1930
14:45
  Argentina 6:1   AQSh „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 72 886
Hakam:   John Langenus
Luis Monti   20'
Alejandro Scopelli   56'
Guillermo Stábile   69'  87'
Carlos Peucelle   80'  85'
Bayonnoma Jim Brown   89'

27-iyul 1930
14:45
  Urugvay 6:1   Yugoslaviya „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 79 867
Hakam:   Gilberto Rêgo
Pedro Cea   18'  67'  72'
Peregrino Anselmo   20'  31'
Santos Iriarte   61'
Bayonnoma Đorđe Vujadinović  4'

Uchinchi va toʻrtinchi oʻrinlarning taqsimlanishi

tahrir

Uchinchi oʻrin uchun bahs 1934-yilgi jahon chempionatidan boshlab oʻtkazilgan. Baʼzi manbalarda birinchi jahon chempionatining 3-oʻrin uchun boʻlib oʻtgan oʻyinida Yugoslaviya AQShni 3:1 hisobida magʻlub etganligi haqida notoʻgʻri maʼlumotlar mavjud[83]. Boshqa manbalar esa o‘yin bekor qilinganligini taʼkidlashgan: Haydar Javad nashr etgan kitobdagi maʼlumotlarga ko‘ra, Yugoslaviya terma jamoasi futbolchilari Urugvayga qarshi yarim final bahsidagi hakamlik darajasidan qoniqmaganligi sababli AQShga qarshi oʻyinda ishtirok etishdan bosh tortishgan[84].

Chempionat yakunida AQSh (Tom Florie)[85] va Yugoslaviya (Milutin Ivković)[86] jamoalarining sardorlari bronza medallarini qabul qilib olishgan. FIFA texnik qoʻmitasi 1986-yilgi jahon chempionati haqidagi bayonnomaga qoʻshimcha tarzda reytinglarni ham eʼlon qildi va avvalgi barcha chempionatlar uchun ham shunday maʼlumotlar eʼlon qilinishi haqida qaror chiqardi[87]. FIFA tomonidan eʼlon qilingan hisobotda AQSh jamoasi 3-oʻrinni, Yugoslaviya esa 4-oʻrinni egallaganligi qayd etilgan[88]. Boshqa manbalarda esa Yugoslaviyaliklar yarim finalda turnir chempioni – Urugvayga magʻlub boʻlganligi uchun 3-oʻrinni egallaganligi qayd etilgan[89][90].

 
10 000 nafar argentinalik muxlis final oʻyiniga borish uchun La Plata qoʻltigʻini kesib oʻtgan.
 
Final uchrashuvida foydalanilgan toʻplar.

Final 30-iyul kuni Centenario stadionida boʻlib oʻtdi. Oʻsha kuni hamma hayajonda edi. Ayniqsa, 10–15 ming argentinalik muxlis „gʻalaba yoki oʻlim“ (ispancha: Victoria o muerte ) shiori bilan Urugvayga yetib borishdi. Ulardan baʼzilari toʻgʻridan-toʻgʻri Buenos-Ayresdan Montevideoga suzib borgan. Bu holat Montevideo portida faoliyat yuritayotgan xizmatchilarni hayratda qoldirdi. Lekin hech kim argentinaliklarning stadionga yetib borishiga toʻsqinlik qila olmadi[65][91]. Oʻyindan 6 soat oldin, soat 8:00 da stadionning kirish eshiklari ochildi va tushlik paytigacha stadionga 93 mingga yaqin odam yigʻilib boʻldi[65][92]. Argentina chegarasida muxlislardan qurollar yigʻib olinganligi haqida xabar berilgan. Lekin stadionga kiraverishdagi xavfsizlik xodimlari muxlislardan 1600 ta toʻpponcha topilgani va olib qoʻyilganini maʼlum qilgan. Biroq, kiritilgan birinchi goldan soʻng tribunalar tarafdan oʻq ovozlari eshitilgan[93].

Shahardagi notinch vaziyatga qaramay finalni boshqarib borishga rozi boʻlgan yagona hakam belgiyalik John Langenus edi va u finalga bosh hakam etib tayinlandi[94]. Uchrashuvga bir necha daqiqa qolganda finalda foydalaniladigan toʻp borasida bahs boshlandi. Ikkala jamoa ham toʻp taqdim etganligi uchun final bahsi qaysi toʻpda oʻynalishi aniq emas edi. Langenus tanga tashlab, qurʼa boʻyicha birinchi boʻlimni Argentina jamoasi xohlagan toʻp bilan, ikkinchi boʻlimni esa urugvayliklar xohlagan toʻp bilan oʻtkazishga qaror qildi[16]. Urugvayliklar boshlangʻich tarkibda bitta oʻzgarishni amalga oshirishdi: yarim finalda oʻynagan Anselmo oʻrnida Hector Castro finalni asosiy tarkibda boshladi[81].

Urugvayliklar Pablo Doradoning pastki oʻng burchakka yoʻllagan zarbasidan soʻng hisobni ochishdi[95]. Oʻtkazib yuborilgan goldan 8 daqiqa oʻtib Argentina hisobni tenglashtirdi: gol muallifi — Carlos Peucelle[95]. Tanaffusga oz vaqt qolganda turnirning eng yaxshi toʻpurari Guillermo Stábile turnirdagi 8-golini urdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Urugvayliklar sardori Jose Nasazzi esa John Langenusga Stábilening ofsaydda ekanligini isbotlashga harakat qildi. Lekin uning urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi[94]. Ikkinchi boʻlimda urugvayliklar bor eʼtiborini hujumga qaratishdi. Argentinalik futbolchi Luis Monti gollar farqini ikkitaga yetkazish imkoniyatidan foydalana olmaganidan soʻng Urugvay pozitsion hujum amalga oshirdi va bu hujumni Pedro Cea muvaffaqiyatli yakunlab, hisobni tenglashtirdi[95]. Oradan 10 daqiqa o‘tib Santos Iriartening goli Urugvayni hisobda oldinga olib chiqdi va o‘yin tugashiga biroz vaqt qolganida Hector Castro ilk jahon chempionati finalidagi soʻnggi gol muallifiga aylandi [94]. Hakam John Langenus uchrashuvni kutilganidan bir daqiqa kechroq yakunladi. Urugvay terma jamoasi esa ikkita olimpiada chempionligi yoniga jahon chempionligini ham qoʻshib qoʻydi.

FIFA prezidenti Jules Rimet jahon chempionati kubogini Urugvay futbol assotsiatsiyasi rahbari Raúl Judega topshirdi[96]. Ertasi kuni Urugvayda milliy terma jamoa gʻalabasi munosabati bilan bayram eʼlon qilindi[92]. Argentina poytaxti Buenos-Ayresda esa gʻazablangan muxlislar Urugvay elchixonasiga tosh otishdi[97].

30-iyul 1930
15:30
  Urugvay 4:2   Argentina „Centenario“, Montevideo
Tomoshabin: 68 346 {Rasmiy versiya)[98].
~93 000 (Maksimal.)[92]
Hakam:   John Langenus
Pablo Dorado  12'
Pedro Cea   57'
Santos Iriarte   68'
Héctor Castro   89'
Bayonnoma Carlos Peucelle  20'
Guillermo Stábile  37'

Statistika

tahrir

Turnirning 18 o‘yinida jami 70 ta gol kiritildi (har bir o‘yinga o‘rtacha 3,9 tadan). Argentina 18 ta gol bilan butun turnirda eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi. Braziliya terma jamoasi eng kam gol oʻtkazib yubordi (2 ta). Belgiya va Boliviya esa turnirda birorta ham gol ura olmadi. Urugvayda toʻplar nisbati +12 (har bir oʻyin uchun oʻrtacha +3)ni tashkil etgan.

Musobaqa toʻpurarlari

tahrir

Argentinalik Guillermo Stábile 8 ta gol bilan ushbu jahon chempionatining eng yaxshi toʻpurari boʻldi. Chempionatda 37 nafar futbolchi tomonidan jami boʻlib 70 ta toʻp kiritildi. Shuningdek, ushbu mundialda bitta avtogol kiritildi.

8 gol

5 gol

4 gol

3 gol

2 gol

1 gol

Avtogol

Manba: RSSSF

Muxlislar tashrifi

tahrir

Turnirning 18 ta o‘yiniga jami 549 090 nafar tomoshabin tashrif buyurdi (har bir o‘yinga o‘rtacha 30 505 tomoshabin)[lower-alpha 3]. FIFA maʼlumotlariga koʻra, chempionatning eng koʻp muxlis tashrif buyurgan oʻyini — Urugvay va Yugoslaviya terma jamoalari oʻrtasidagi yarim final. Oʻyinga 79 867 tomoshabin tashrif buyurgan. Urugvay terma jamoasi ishtirokidagi barcha oʻyinlar muxlislarning tashrifi boʻyicha reytingda kuchli beshlikdan joy oldi. Eng kam tomoshabin Yevropa jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarga tashrif buyurgan: FransiyaMeksika bahsiga 4444 tomoshabin; Chili – Fransiya qarama-qarshiligi jahon chempionati tarixidagi eng kam tomoshabin tashrif buyurgan uchrashuv hisoblanadi (2000 nafar tomoshabin)[69].

Biroq, yuqorida keltirilgan raqamlar kamaytirib koʻrsatilgan. Masalan: final oʻyiniga taxminan 90 000 tomoshabin tashrif buyurgan[99]. Lekin rasmiy maʼlumotlarda 68 346 nafar deya qayd etilgan. Baʼzi oʻyinlarda tomoshabinlar sonini koʻpaytirib koʻrsatish holatlari ham boʻlgan: FIFA tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, Ruminiya va Peru oʻrtasidagi oʻyinga 2549 tomoshabin tashrif buyurgan. Lekin guvohlar (stadionga borgan muxlislar)ning aytishicha, stadion tribunalaridan koʻpi bilan 300 nafar atrofida muxlis oʻyinni kuzatib borgan[71].

Muxlislar tashrifi[lower-alpha 4]
Oʻrin Oʻyin Bosqich Tomoshabin (nafar)
1   Urugvay  Yugoslaviya 1/2 final 79 867
2   Argentina —   AQSh 1/2 final 72 886
3   Urugvay  ROU Guruh bosqichi 70 022
4   Urugvay —   Argentina Final 68 346
5   Urugvay —   Peru Guruh bosqichi 57 735
6   Argentina  Meksika Guruh bosqichi 42 100
7   Argentina  Chili Guruh bosqichi 41 459
8   Braziliya —   Boliviya Guruh bosqichi 25 466
9   Yugoslaviya  Braziliya Guruh bosqichi 24 059
10   Argentina  Fransiya Guruh bosqichi 23 409
11   AQSh —   Belgiya Guruh bosqichi 18 346
12   Yugoslaviya —   Boliviya Guruh bosqichi 18 306
13   AQSh  Paragvay Guruh bosqichi 18 306
14   Paragvay —   Belgiya Guruh bosqichi 12 000
15   Chili  Meksika Guruh bosqichi 9249
16   Fransiya —   Meksika Guruh bosqichi 4444
17   Ruminiya —   Peru Guruh bosqichi 2549
18   Chili —   Fransiya Guruh bosqichi 2000

Jahon chempionatlari tarixida ilk marta sodir boʻlgan voqealar

tahrir
 
Lucien Laurent — FIFA jahon chempionati tarixidagi birinchi gol muallifi

Jahon chempionati tarixidagi birinchi golni 13-iyul kuni fransiyalik Lucien Laurent Meksika bilan bahsning 19-daqiqasida Óscar Bonfiglio darvozasiga kiritdi. Shu tariqa Óscar Bonfiglio jahon chempionatida gol o‘tkazib yuborgan birinchi darvozabonga aylandi. Oʻsha oʻyinda yana bir fransuz André Maschinot jahon chempionati tarixidagi ilk dublga erishdi. Amerikalik darvozabon Jimmy Douglas Belgiyaga qarshi oʻyindan soʻng jahon chempionati doirasidagi uchrashuvda birorta ham gol oʻtkazib yubormagan birinchi darvozabonga aylandi[100].

Guillermo Stábile 19-iyul kuni Meksikaga qarshi o‘yinda jahon chempionatlari tarixida ilk xet-trik qayd etdi. Biroq, 2006-yil 10-noyabrdan boshlab, 17-iyul kuni Paragvayga qarshi oʻyinda uchta gol urgan amerikalik Bert Patenaude birinchi xet-trik muallifi hisoblanadi. Bungacha uchinchi golni Patenaude emas Tom Florie kiritgan deb hisoblangan[77][78]. „Football History Symposium“ gazetasining Patenaude bilan bir jamoada harakat qilgan Billy Gonsalves va Jim Brownlardan olgan intervyulari hamda Argentinaning La Prensa gazetasi va Braziliyaning O Estadio do San Paulo nashri bergan maʼlumotlar asosida FIFA uchinchi golni Patenaude hisobiga rasmiylashtirdi. Shunday qilib Bert Patenaude jahon chempionatlari tarixidagi ilk xet-trik muallifi hisoblanadi[101].

Plácido Galindo — jahon chempionati doirasidagi bahsda maydondan chetlatilgan ilk futbolchi. Peru terma jamoasi sardori Ruminiyaga qarshi oʻyinda maydondan chetlatilgan[102]. Biroq, unga qizil kartochka koʻrsatilmagan. Chunki oʻsha paytda futbolda kartochkalar hali joriy etilmagan edi. Shuning uchun ushbu turnirda futbolchilar sariq kartochka ham olishmagan. Futbolchilarga jazo tariqasida kartochka koʻrsatish 1970-yilgi jahon chempionatidan boshlab amalga kiritilgan[103].

Turnir sarhisobi

tahrir

Ishtirokchi jamoalar sonining kamligi va bir qator tashkiliy muammolarga qaramay birinchi jahon chempionati muvaffaqiyatli o‘tdi. Uchta asosiy favoritdan faqat Braziliya terma jamoasi guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, musobaqadagi ishtirokini yakunladi. Qolgan ikki favorit — Urugvay va Argentina kutilganidek finalga chiqdi. Yevropa jamoalari ham hayratlanarli darajada yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Yugoslaviya yarim finalgacha yetib bordi. Fransiya ham Argentina bilan tengma-teng oʻynadi[104].

Iqtisodiy nuqtayi nazardan ham turnir muvaffaqiyatli oʻtdi: Jahon chempionati oʻyinlariga tashrif buyurgan 500 000 dan ortiq tomoshabinlar tufayli FIFA taxminan 233 000 Urugvay pesosi miqdorida daromadga ega boʻldi. Bu oʻsha paytda 255 107 AQSh dollariga teng edi[48].

Oʻrinlar taqsimoti

tahrir

1986-yilda FIFA shu yilgacha boʻlgan barcha turnirlardagi jamoalarning oʻrinlarini oʻzida aks ettirgan hisobotini eʼlon qildi[105][106]. Hisobotga koʻra, 1930-yilgi jahon chempionatida yakuniy jadval quyidagi koʻrinishda boʻlgan:

Oʻrin Jamoa Guruh Oʻyn Dur M GU GOʻ TN O
1   Urugvay C 4 4 0 0 15 3 +12 8
2   Argentina A 5 4 0 1 18 9 +9 8
3   AQSh[lower-alpha 5]

[lower-alpha 6].

D 3 2 0 1 7 6 +1 4
4   Yugoslaviya B 3 2 0 1 7 7 0 4
Guruh bosqichidan soʻng musobaqani tark etgan jamoalar
5   Chili A 3 2 0 1 5 3 +2 4
6   Braziliya B 2 1 0 1 5 2 +3 2
7   Fransiya A 3 1 0 2 4 3 +1 2
8   Ruminiya C 2 1 0 1 3 5 −2 2
9   Paragvay D 2 1 0 1 1 3 −2 2
10   Peru C 2 0 0 2 1 4 −3 0
11   Belgiya D 2 0 0 2 0 4 −4 0
12   Boliviya B 2 0 0 2 0 8 −8 0
13   Meksika A 3 0 0 3 4 13 −9 0

Turnirdan keyin

tahrir

Janubiy Amerikadagi turnirdan keyingi o‘rtoqlik uchrashuvlarida Fransiya, Yugoslaviya va AQSH terma jamoalari ishtirok etishdi. Braziliya 1-avgustda Fransiya, 10-avgustda Yugoslaviya va 17-avgustda AQSH terma jamoalariga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etgan[109]. Argentina 3-avgustda Yugoslaviyani oʻz uyida qabul qilgan[110].

Toʻrt yil oʻtib Italiyada boʻlib oʻtgan ikkinchi jahon chempionati oldidan turnir tarixida birinchi marta saralash bosqichi boʻlib oʻtdi. Chunki turnirda qatnashish istagini bildirgan jamoalar soni FIFA rejalashtirganidan (16 nafar) ikki baravar koʻp edi. Biroq, 1930-yilgi turnirda ishtirok etgan oʻn uchta jamoadan faqat sakkiztasi Italiyadagi jahon chempionatiga qatnashish istagini bildirdi. Urugvay terma jamoasi Yevropa jamoalari (jumladan, italiyaliklar) 1930-yilgi jahon chempionining turnirda ishtirok etishini xohlamaganligidan gʻazablandi va boykot eʼlon qildi. Boliviya va Paragvay terma jamoalari ham Urugvay tarafida boʻlishdi. Keyin Chili va Peru terma jamoalari saralash turniridan chiqib ketishdi. Bu esa Argentina va Braziliya jamoalarining togʻridan toʻgʻri guruh bosqichiga yoʻllanma olishiga sabab boʻldi. Meksika va Yugoslaviya jamoalari saralashdan oʻta olmadilar. Shuning uchun 1930-yilgi jahon chempionatida qatnashgan atigi oltita jamoa 1934-yilgi turnirning guruh bosqichiga yoʻllanma oldi. Bular: Argentina, Belgiya, Braziliya, Ruminiya, AQSh va Fransiya. Ushbu jamoalarning barchasi birinchi bosqichdayoq musobaqani tark etishdi. Lekin bu holat Argentinalik Luis Montiga jahon chempionatlari tarixida ikkita finalda ishtirok etgan birinchi futbolchi boʻlishiga toʻsqinlik qila olmadi. Monti Italiya fuqaroligini oldi va 1934-yilda Italiya terma jamoasi safida jahon chempioni boʻldi[93].

Turnirning soʻnggi ishtirokchilari

tahrir

1984-yilning 3-iyul kuni 76 yoshida vafot etgan Ernesto Mascheroni 1930-yilgi Urugvay terma jamoasining asosiy tarkibida harakat qilgan soʻnggi futbolchi edi. Urugvay terma jamoasining birorta oʻyinda maydonga tushmagan himoyachisiEmilio Rekoba 1992-yil 12-sentyabrda (87 yoshida) vafot etgan. 1930-yilgi jahon chempionatida ishtirok etgan soʻnggi futbolchi — Francisco Varallo 2010-yilning 30-avgust kuni (100 yoshida) vafot etdi[111].

Izohlar

tahrir
  1. Guillermo Subiabre penaltidan foydalana olmadi (30', darvozabon).
  2. RSSF saytidagi maʼlumotlarga koʻra, Fernando Paternoster (Argentina) penaltini aniq amalga oshira olmadi (23' - darvozabon). Uchrashuvning 65-daqiqasida Manuel Rosas (Meksika) ham penaltini aniq amalga oshira olmadi (darvozabon zarbani qaytardi). Ammo yakunda Rosas baribir gol urdi. Ushbu oʻyinda amalga oshirilgan penaltilar haqida turli saytlarda farqli maʼlumotlar mavjud. Koʻpchiligida meksikalik darvozabon Oskar Bonfillo tomonidan ketma-ket 2ta zarba qaytarilganligi haqida yozilgan. B.Talinovskiy va A.Frankovning „Futbol bo'yicha barcha jahon chempionatlari“ kitobida birinchi zarbani Fernando Paternoster emas, balki Francisco Varallo amalga oshirgani va ikkinchi penalti darvozabon qaytargan toʻp himoyachi Gutierrezning qoʻliga tegganidan soʻng belgilanganligi aytilgan. Cup2002.ru saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʻra, argentinalik Adolfo Zumelzú oʻyinning 30-daqiqasida ikki marta penaltini golga aylantira olmagan. Birinchi penalti jarima maydonchasi ichida qoʻl bilan oʻyin uchun, ikkinchisi esa darvozabondan qaytgan toʻpga zarba berish uchun borayotgan Zumelzúga nisbatan amalga oshirilgan qoʻpollik sababli belgilangan. Boshqa manbalar esa bu maʼlumotlarni inkor etgan.
  3. FIFA tomonidan taqdim etilgan rasmiy maʻlumot
  4. Raqamlar FIFA tomonidan berilgan rasmiy maʼlumotlar asosida keltirilgan.
  5. 3-oʻrin uchun oʻyin oʻtkazilmagan. Yarim finalda ikkala terma jamoa ham 6:1 hisobida raqiblariga magʻlub boʻlgan. Guruh bosqichidagi toʻplar nisbatining yaxshiligi hisobiga FIFA rasmiy saytidagi maʼlumotda 3-oʻringa AQSh terma jamoasi joylashtirilgan[107].
  6. Bronza medali AQSh sardori Tom Florie va Yugoslaviya sardori Milutin Ivkovićga topshirilgan[108]

Manbalar

tahrir
  1. „England National Football Team Match No. 1“. England Football Online. Qaraldi: 2007-yil 19-noyabr.
  2. Søren Elbech, Karel Stokkermans. „Intermediate Games of the IV. Olympiad“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2008-yil 26-iyun).
  3. „History of FIFA — FIFA takes shape“. FIFA. 2015-yil 19-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  4. Футбольный турнир на летних Олимпийских играх 1912 года на сайте rsssf.com
  5. „'The First World Cup'. The Sir Thomas Lipton Trophy“. Shrewsbury and Atcham Borough Council (2003-yil 10-oktyabr). 2003-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 11-aprel.
  6. „West Auckland's World Cup Rematch“. BBC (2009-yil 27-iyul). Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
  7. 7,0 7,1 Результаты турниров 1909 и 1911 годов на сайте rsssf.com
  8. Martín Tabeira. „Copa Centenario Revolución de Mayo 1910“ (en). Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (2007-yil 23-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
  9. 9,0 9,1 „History of FIFA — More associations follow“. FIFA. 2018-yil 18-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  10. Macario Reyes. „VII. Olympiad Antwerp 1920 Football Tournament“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (1999-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2006-yil 10-iyun.
  11. Crouch 2002, s. 2.
  12. „History of FIFA — The first FIFA World Cup“. FIFA. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-iyul.
  13. „The Olympic Odyssey so far… (Part 1: 1908–1964)“ (en). FIFA. 2019-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 27-sentyabr.
  14. Slimani Hassen. La professionnalisation du football français, 2000 — 20 bet.  (Wayback Machine saytida 2010-07-06 sanasida arxivlangan) „Архивированная копия“ (deadlink). 2010-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 26-avgust.
  15. 15,0 15,1 „History of FIFA — The first FIFA World Cup“ (en). FIFA. 2019-yil 8-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-sentyabr.
  16. 16,0 16,1 „World Cup History — Uruguay 1930“ (en). BBC Sport (2002-yil 11-aprel). Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
  17. 17,0 17,1 Glanville 2005, s. 16.
  18. Crouch 2002, ss. 2–3.
  19. Freddi 2006, s. 1.
  20. 20,0 20,1 20,2 20,3 Goldblatt 2008.
  21. FIFA. „Jules Rimet Cup“. fifaworldcup.com. 2006-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 5-iyul.
  22. Hunt 2006, s. 10.
  23. „Uruguay 1930“. Fourfourtwo magazine. 2009-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  24. 24,0 24,1 „FIFA World Cup — Classic Moments from FIFA World Cup History“. FIFA. 2006-yil 26-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
  25. Seddon 2005, ss. 8–9.
  26. 26,0 26,1 Goldblatt 2008, s. 248.
  27. 27,0 27,1 Vautrot, Michel „A historical link with the Franche-Comté“. FIFA (1998-yil 17-iyun). 2008-yil 8-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
  28. „1930 FIFA World Cup Uruguay“. FIFA. 2013-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 15-iyun.
  29. 29,0 29,1 Lara, Miguel A. „Uruguay, allí nació la historia“ (es). Marca.com Archive. Marca.com. 2014-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
  30. Prilike i okolnosti. montevideoproject.com. 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-may.
  31. montevideoproject: Prilike i okolnosti
  32. montevideoproject: Zanimljivosti iz 1930
  33. André Luís Nery. „1930 — Uruguai“ (pt). Folha de S.Paulo (2006-yil 22-mart). Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.
  34. „Briga de paulistas e cariocas enfraquece Brasil“ (pt). UOL (2006). Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.
  35. „O Brasil na primeira Copa do Mundo de futebol“ (pt). Braziliya futbol konfederatsiyasi (2015-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.
  36. „Copa do Mundo 1930 — Uruguai“ (pt). Globo (2014). Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.
  37. Historical Football Kits: „FIFA World Cup 1930 Group 1“. historicalkits.co.uk.
  38. Historical Football Kits: „FIFA World Cup 1930 Group 2“ (en). historicalkits.co.uk.
  39. Historical Football Kits: „FIFA World Cup 1930 Group 3“. historicalkits.co.uk.
  40. Historical Football Kits: „FIFA World Cup 1930 Group 4“ (deadlink). historicalkits.co.uk. 2016-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-oktyabr.
  41. „Carvalho Leite“. FIFA. 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  42. 42,0 42,1 Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation: World Cup 1930 (en). rsssf.com.
  43. FIFA: „Jean De Bie“. fifa.com. 2015-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  44. „Ulises Poirier“. FIFA. 2015-yil 6-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  45. FIFA: „Rafael Garza“. fifa.com. 2015-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  46. „Yvan Beck“ (fr). Fransiya futbol federatsiyasi.
  47. „Colo Colo“. FIFA. 2015-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 25-avgust.
  48. 48,0 48,1 „Histoire de la Coupe du monde 1930“ (fr). om4ever.com.
  49. Dunning 2003.
  50. 50,0 50,1 „25 datos sobre la Copa Mundial de la FIFA“ (es) (PDF). 2016-yil 4-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 20-avgust.
  51. Талиновский Б. Х. Франков А. В.. Серия «Все чемпионаты мира по футболу». Том 1. 1930, 1934, 1938, 1950. ООО «Издательский Дом Украинский Медиа Холдинг», 2010 — 20 bet. ISBN 978-966-23-20-02-2. 
  52. „I Campeonato «Uruguay 1930»“. 2007-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  53. 53,0 53,1 53,2 „I Campeonato «Uruguay 1930»“ (es). elfutbolmundial.com.ar. 2007-yil 23-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 21-avgust.
  54. (ingl.)History of the World Cup Final Draw. FIFA. 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 29-yanvar.
  55. Olivier De los Bueis. „L'Uruguay pour une première“ (fr). football365.fr (2006-yil 13-fevral). Qaraldi: 2009-yil 26-iyun.
  56. Glanville 2005, s. 17
  57. John F. last. „Lucien Laurent: The World Cup's First Goal Scorer“. Canadian Broadcasting Corporation. Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
  58. 58,0 58,1 „Mexique-France 1930“ (fr). Fransiya futbol federatsiyasi.
  59. Freddi 2006, s. 3.
  60. 60,0 60,1 Glanville 2005, s. 18.
  61. 61,0 61,1 61,2 Crouch 2002, s. 6.
  62. 62,0 62,1 „Millingstein’s History of World Cup“. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 1-fevral.
  63. „1930 Golden Boot – Guillermo Stabile“. Sky Sports. 2006-yil 29-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  64. Seddon 2005, s. 5.
  65. 65,0 65,1 65,2 65,3 Glanville 2005, s. 19.
  66. 66,0 66,1 Freddi 2006, s. 5.
  67. Freddi 2006, s. 6.
  68. Игровые формы сборных групп B на сайте historicalkits.co.uk
  69. 69,0 69,1 FIFA World Cup Superlatives. FIFA. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.
  70. Талиновский Б. Х. Франков А. В.. Серия «Все чемпионаты мира по футболу». Том 1. 1930, 1934, 1938, 1950. ООО «Издательский Дом Украинский Медиа Холдинг», 2010 — 27 bet. ISBN 978-966-23-20-02-2. 
  71. 71,0 71,1 Freddi 2006, s. 7.
  72. Freddi 2006, s. 8.
  73. 73,0 73,1 Almeida 2006.
  74. Jaime Pulgar-Vidal Otálora. „Peru en El Mundial del 30“ (es). Jaimepulgarvidal.blogspot.com (2007-yil 24-fevral). 2013-yil 6-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 21-iyun.
  75. 75,0 75,1 Almeida 2006, s. 91.
  76. Freddi 2006, s. 9.
  77. 77,0 77,1 „American Bert Patenaude credited with first hat trick in FIFA World Cup history“. FIFA. 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
  78. 78,0 78,1 „The first World Cup hat trick“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF). 2009-yil 4-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 3-dekabr.
  79. Талиновский Б. Х. Франков А. В.. Серия «Все чемпионаты мира по футболу». Том 1. 1930, 1934, 1938, 1950. ООО «Издательский Дом Украинский Медиа Холдинг», 2010 — 30 bet. ISBN 978-966-23-20-02-2. 
  80. Lisi 2007, ss. 16–17.
  81. 81,0 81,1 81,2 Crouch 2002, s. 11.
  82. Талиновский Б. Х. Франков А. В.. Серия «Все чемпионаты мира по футболу». Том 1. 1930, 1934, 1938, 1950. ООО «Издательский Дом Украинский Медиа Холдинг», 2010 — 31 bet. ISBN 978-966-23-20-02-2. 
  83. „World Cup 1930 finals“. Rec.Sport.Soccer Statistics Foundation (RSSSF). 2009-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
  84. Jawad 2009, s. 105.
  85. Florie medal — Where the Legend Began
  86. Marjanović medal — Sačuvana medalja Moše Marjanovića
  87. FIFA World Cup México '86 – Technical Report. 
  88. „Final Tournament Standings“. 1930 FIFA World Cup Uruguay. FIFA. 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
  89. „Медаља из дома Хаџијевих сведочи да смо били трећи на Мундијалу“ (sr). Politika. 2010-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 1-may.
  90. „Još uvek sjaji bronza iz Montevidea“ (sr). Blic. 2010-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 25-may.
  91. Goldblatt 2008, s. 250.
  92. 92,0 92,1 92,2 „FIFA World Cup Origin“ (PDF). FIFA. 2010-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 17-noyabr.
  93. 93,0 93,1 Талиновский Б. Х. Франков А. В.. Серия «Все чемпионаты мира». Том 1. 1930, 1934, 1938, 1950. ООО «Издательский Дом Украинский Медиа Холдинг», 2010 — 34 bet. ISBN 978-966-2320-02-2. 
  94. 94,0 94,1 94,2 Glanville 2005, s. 20.
  95. 95,0 95,1 95,2 Freddi 2006, s. 12.
  96. Freddi 2006, s. 13.
  97. Glanville 2005, s. 21.
  98. „FIFA rasmiy saytidagi bayonnoma“. 2016-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  99. Un siècle de football. Andoza:Нп3, 2005 — 48–49 bet. ISBN 2-7021-3616-8. 
  100. Протокол матча США — Бельгия (Wayback Machine saytida 2018-07-06 sanasida arxivlangan) на сайте fifa.com
  101. FIFA: „American Bert Patenaude credited with first hat trick in FIFA World Cup™ history“ (en). fifa.com. 2018-yil 17-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-sentyabr.
  102. Протокол матча Румыния — Перу (Wayback Machine saytida 2019-06-09 sanasida arxivlangan) на сайте fifa.com
  103. FIFA: „Ken Aston — the inventor of yellow and red cards“ (en). fifa.com. 2018-yil 25-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-oktyabr.
  104. „L'Uruguay remporte le premier titre mondial“. FIFA. 2009-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 25-iyun.
  105. „page 45“ (PDF). 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.
  106. „FIFA World Cup: Milestones, facts & figures. Statistical Kit 7“. FIFA (2013-yil 26-mart). 2013-yil 21-mayda asl nusxadan arxivlangan.
  107. „Архивированная копия“ (deadlink). 2013-yil 26-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 8-fevral.
  108. Where the Legend Began - Rony J. Almeida - Google Books
  109. „Seleção Brasileira (Brazilian National Team) 1923–1932“. RSSSF Brazil. 2007-yil 14-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 20-iyun.
  110. „Argentina national Team archive“. RSSSF. 2009-yil 3-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 14-iyun.
  111. Mail Foreign Service. „Francisco Varallo: Last surviving player from first World Cup final dies aged 100“. Dailymail.co.uk (2010-yil 31-avgust). Qaraldi: 2014-yil 29-iyun.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir