2018-yil Ion dengizidagi zilzila
Bu maqola hozirgi vaqtda foydalanuvchi Саминова Нилуфар (munozara) 11:26, 11-Dekabr 2022 (UTC) tomonidan faol tahrirlanyapti. |
Magnitudali kuchli zilzila 2018-yilda 25-oktyabrda 26-oktyabrda oʻtar kechasi sodir etgan UTC soat 22:54:51 (Gretsiyada esa 01:54:51) da va Gretsiya qirgʻoqlari yaqinidagi Ion dengizida sodir boʻlgan, uning zilzila kuchi 6.8 boʻlgan edi.[1]. Dengiz sathining oʻzgarishi va bashorat qilingandek tsunami haqida ogohlantirish berilgan edi. Gretsiyadagi va Italiyadagi dengiz sathining 20 santimetrgacha boʻlganini va uni oʻzgargani haqida xabar qilingan edi.
Zilzila epitsentri taxminan 133 km dan joylashgan boʻlib Patra dan[2]. Zilzila 14 km sodir etgan. Zakintos orolida elektr taʼminotida uzilishlar kuzatilgan, Strofades orollarida XV asrda qurilgan monastir ham zarar koʻrgan. Zakintos portiga ham katta zarar yetgan, munitsipalitetda favqulodda holat eʼlon qilingan. Zakintos atrofidagi xizmatlar taʼsir koʻrsatdi va maktablar 26-oktyabrda yopildi Mahalliy turizm industriyasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari yanvargacha ham uzaytirildi.
Boshqa tuzilmalarga zarar yetgan edi ham, biroq hodisa kattaligiga qaramay, jiddiy jarohatlar va qurbonlar bo‘lmagan. Zilzila natijasida 120 ga yaqin uy va yashash uchun yaroqsiz boʻlib qolgan edi, shahar yon tomondan 5 santimetrga siljigan edi. Cheklangan miqdordagi zararning mumkin boʻlgan sababi sifatida qattiq qurilish qoidalari keltirildi, chunki Zakintos 1953-yildagi zilziladan katta zarar koʻrgan edi.
Voqea sakkiz mamlakatda, jumladan Bolqonda, Italiyada, Maltada, shuningdek, Afrikada hamda Turkiyada qirgʻoqlarida sezilgan edi.
Asosiy zilziladan kegn keyingi kunlarda ko‘plab zilzilalar hosil boʻlib, jumladan, dastlabki zilziladan keyin bir hafta ichida 4,4 va 5 magnitudali dengiz osti silkinishlari kuzatildi. Xabar qilingandek eng katta zilzila 5,6 balli boʻllib magnitudali birinchi zilzila kuni hisoblangan.
ManbalarTahrirlash
- ↑ „Earthquake, Magnitude 6.8 - IONIAN SEA - 2018 October 25, 22:54:51 UTC“ (inglizcha). EMSC-CSEM. Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.
- ↑ Reuters Editorial. „Strong quake off Greece, no early reports of damage, injuries“ (inglizcha). U.K.. Qaraldi: 26-oktabr 2018-yil.