ALGOL
ALGOL (inglizcha: Algorithmic language — „algoritmik til“)[1] — bir qancha dasturlash tillarining qisqartirilgan nomi. EHMda ilmiy-texnik masalalarni hal qilish uchun dastur tuzishda qoʻllanadi. ALGOL inson tili bilan mashina tili oʻrtasida vositachidir. 1958-1960-yillarda ishlab chiqilgan (A-58, A-60), 1964-1968-yillarda takomillashtirilgan (A-68). Asosiy belgilari — oʻnli raqamlar, lotincha kichik va bosh harflar, tinish belgilari, arifmetik va mantiqiy amallar belgilari, boshqa maxsus belgilar, ingliz soʻzlari. ALGOLni mashina tiliga oʻtkazish uchun maxsus translator tuzilgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Manbalar
tahrir- ↑ (Algol 60 (Wayback Machine saytida 25 June 2007 sanasida arxivlangan)), and sometimes in all uppercase (ALGOL68 (Wayback Machine saytida 13 September 2014 sanasida arxivlangan)
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |