Abdukodir Tashkulov

Abduqodir Hamidovich Toshqulov

Abduqodir Hamidovich Toshqulov (1976-yil 29-avgust, Surxondaryo viloyati Boysun tumani) — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri. [1] [2] [3]. Iqtisodiyot fanlari doktori.

Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Toshqulov Abduqodir Hamidovich
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri
2021-yil 14-yanvardan
Hukumat boshlig‘i: Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident: Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi: Madjidov Inomjon Urishyevich
Termiz davlat universiteti
2017-yildan — 2021-yilgacha
Vorisi: Maraximov Avazjon Raximovich
 
Fuqaroligi: Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavalludi: 29-avgust 1976-yil (1976-08-29) (44 yosh)
Surxondaryo viloyati Boysun tumani
Maʼlumoti: Termiz davlat universiteti
 
Mukofotlari:

Doʻstlik ordeni

[4][5][6]

Tarjimai holiTahrirlash

Mehnat faoliyati xronologiyasiTahrirlash

Ilmiy-pedagogik faoliyatiTahrirlash

Oliy taʼlim tizimida o‘qituvchi vazifasidan rektor lavozimigacha ishlagan. Termiz davlat universitetida moliya va soliq tizimi kafedrasi o‘qituvchisi, katta oʻqituvchisi (1998 – 2020 yy.), iqtisodiyot-moliya fakulteti dekani oʻrinbosari (2004 – 2005 yy.), moliya kafedrasi mudiri (oʻrindoshlik asosida, 2006 – 2010 yy.) vazifalarida ishlagan. 2002 – 2003-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti ilmiy tadqiqotchisi, 2003 – 2004-yillarda Bozor islohotlari ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimi sifatida ilmiy izlanishlar olib borgan. 2017 – 2021-yillarda Termiz davlat universiteti rektori lavozimida ishlagan. AQSH, Yevropaning qator davlatlari, Yaponiya, Turkiya va Rossiya Federatsiyasida ilmiy malaka oʻtagan. Germaniya, Yaponiya, Xitoy va Polsha kabi davlatlarda oʻtkazilgan ilmiy anjuman va simpoziumlarda oʻz ilmiy maʼruzalari bilan ishtirok etgan. 100 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, 3 ta monografiya, 4 ta oʻquv va uslubiy qoʻllanma, 70 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi, 20 dan ortiq xalqaro sertifikatga ega. Iqtisodiyot fanlari doktori.

Siyosiy faoliyatiTahrirlash

Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi (OʻzLiDeP) aʼzosi. 2005-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga ketma-ket ikki marta deputat boʻlib saylangan. (70-Termiz saylov okrugidan saylangan). Qonunchilik palatasining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi aʼzosi (2010- 2017-yillar). 2016-yilgi saylov oldi jarayonlarida prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyevning Surxondaryo viloyatidagi ishonchli vakili boʻlgan. 2018-2019-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi. 2020-2021-yillarda ikkinchi marta Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi. 2013-yilda oʻtkazilgan Tojikiston Respublikasi Prezidenti saylovida hamda 2020-yil 20-fevralda Tojikiston Respublikasi Parlamenti deputatligiga oʻtkazilgan saylovda Shanxay hamkorlik tashkilotining xalqaro kuzatuvchisi (Dushanbe shahri) sifatida qatnashgan. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglament va odob komissiyasi hamda Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi aʼzosi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi jamoatchilik Kengashi aʼzosi, Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi huzuridagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasiga yordam beruvchi viloyat Ishchi guruhi rahbari, Xalk deputatlari viloyat Kengashi, Mahalliy byudjetni shakllantirish va ijro etish, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari boʻyicha doimiy komissiya raisi hamda Xalq deputatlari Surxondaryo viloyat Kengashi huzuridagi ijtimoiy sheriklik boʻyicha jamoat komissiyaci raisi sifatida jamoatchilik ishlarida faol boʻlgan.

OilasiTahrirlash

Oilali. Toʻrt nafar farzandning otasi.

MukofotlariTahrirlash

“Doʻstlik” ordeni (2020-yilda)

ManbalarTahrirlash

HavolalarTahrirlash