Abdulla Kiyamovich Sagitov (1918, Ulyanov viloyati) — biolog olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgʻan fan arbobi (1977), biol. fanlari doktori (1966), professor (1968). Oʻzbekiston Davlat universiteti (Sam-DU)ni tugatgan (1941). urush qatnashchisi (1941—45). SamDU biologiya fakulteti zoologiya kafedrasida assistent (1948—50), dotsent (1950-68), professor (1968), mudir, fakultet dekani (1945—2001). Umurt-qali hayvonlarni muhofaza qilish, qushlarning nerv sistemasi va eshitish organlarining solishtirma anatomiyasi ustida ilmiy ish olib borgan. 4 jildli "Oʻzbekiston qushlari" va "Oʻzbekistonning Qizil kitobi" bosh muharri-ri. Oʻzbekiston ornitologlar jamiyati prezidenti (1951—92).