Abdulloh ibn Munir

Abdulloh ibn Munir hadis hofizi

Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy ([[arabcha:عبد الله بن منير — Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy, ? — 241/856, Firabr) — hadis hofizi

Abu Abdurrahmon Abdulloh ibn Munir al-Marvaziy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 856-yil (hijriy 241-yil)
Firabr
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Hayoti tahrir

Manbalarda zamonasining imom-pesh­vosi, hadisga boy, so‘z va rivoyatlari ishonchli hofiz Abdulloh ibn Munirning tavallud sanasi haqida maʼlumot mavjud emas. Firabrda yashagan va shu yerda vafot etgan. Olimning vafot sanasi sifatida yuqoridagidan tashqari 243-yil rabi’ul-oxir/857-yil iyul-avgust oylari ham ko‘rsatilgan. Abdulloh ibn Munir ilm talabida yurt kezib, hadis eshitgan. Nazr ibn Shumayl, Abdurrazzoq, Yazid ibn Horun, Saʼid ibn Omir, Abdulloh ibn Bakr as-Sahmiy, Vahb ibn Jarir, Abu Nazr, Ashhal ibn Hotim, Ali ibn al-Hasan ibn Shafiq, Yazid ibn Abu Hakim va ularning safdoshlaridan hadis rivoyat qilgan. O‘z navbatida, Abdulloh ibn Munirdan Imom al-Buxoriy, Abu Iso at-Termiziy, an-Nasoiy, Isroil ibn Samaydaʼ, Abdon ibn Muhammad al-Marvaziy, Hubayra ibn al-Hasan al-Bag‘aviy, Yahyo ibn Badr al-Qurashiy va boshqalar hadis rivoyat qilganlar. Imom an-Nasoiy Abdulloh ibn Munirni siqa (so‘z va rivoyatlari ishonchli) degan. Al-Firabriy aytadi: "Do‘stlarimizdan biri Imom al-Buxoriyning: „Abdulloh ibn Munirdek shaxsni ko‘rmadim“, deganini eshitgan ekan". Ibn Hibbon Abdulloh ibn Munirni o‘zining „As-Siqāt“ asarida nomlari zikr qilingan hadis hofizlari qatorida sanagan[1].

Adabiyotlar tahrir

  1. Az-Zahabiy. Siyar. 1985. XII, 611;
  2. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. „Doira al-maʼorif an-nizomiyya“, 1910. VI, 43;
  3. Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: „Doira al-maʼorif al-usmoniyya“. V, 212;
  4. Imom Shamsiddin Zahabiy. Mashhur daholar siyrati. — T.: „Hilol-nashr“, 2017. 45.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.