Shaʼroniy (yoki ash-Shaʼroviy), Abdulvahhob ibn Axmad—misrlik mashhur soʻfiy va ilohiyotchi.

Faoliyati

tahrir

Saqiyat – Abu Shaʼra qishlogʻida 1493-yilda tugʻilgan, oʻz shajarasini (asossiz ravishda) Ziyoniylar sulolasidan chiqqan Tlemsen hukmdorlariga, ular orqali alaviy Muhammad ibn al-Hanafiyaga bogʻlagan. Qohirada yashab, ijod etgan. Shofi’iylik fiqhini u Misrning atoqli faqihi Zakariyo al-Ansoriydan oʻrgangan. Ibn Arabiy qarashlari unga katta taʼsir koʻrsatgan. Qohirada Shaʼroniy soʻfiy vaʼzxon sifatida tezda shuhrat qozongan, tarafdorlari koʻpaygan. Badavlat qozi Abdulqodir al-Magʻoziliy unga atab madrasa kurdirgan va vaqf sifatida bir qancha yer mulklari ajratib bergan. Shaʼroniy va uning avlodlari undan merosiy foydalanish huquqini olganlar. Shu tufayli Shaʼroniy koʻp xayr-u sadaqalar qilgan, kambagʻallar, mayib-majruhlar, shuningdek, koʻp sonli muridlarini boqqan, bular uning shuhrati yanada ortishiga sabab boʻlgan. Shaʼroniy 1565-yilda vafot etadi. 1774-yilda uning sagʻanasi ustiga uning nomi bilan ataladigan masjid bunyod etilgan, u hozir ham saqlangan. Masjid joylashgan koʻcha va yaqin atrofdagi mavze ham uning nomi bilan ataladi.

Taʼlimoti

tahrir

Shaʼroniy hadis, fiqh, soʻfiylik va boshqalarga oid 60 dan ziyod asar yozgan. Ibn Arabiyning kuchli taʼsiriga qaramay, Shaʼroniy uning vahdat al-vujud taʼlimotini qabul qilmagan. U „maʼrifatli“ soʻfiylik tarafdori boʻlib, fiqh va islom aqidalarini chuqur bilish har bir soʻfiy uchun shart deb hisoblagan. U tavakkulni bir taraflama -har bir ishni Allohning irodasiga tashlab qoʻyishni, bu bilan „qashshoqlikda kun kechiruvchi bekorchilar va tekinxoʻrlarni“ soʻfiylikda ortib borishiga qarshi chiqqan. Fiqh sohasida Shaʼroniy mezon nazariyasini ishlab chiqqan, unga koʻra, islomdagi 4 asosiy mazhab oʻrtasidagi ixtiloflar asosan shariat qoidalariga amal qilishga oid. Shaʼroniy fikrig koʻra, barcha mazhab asoschilari haq boʻlib, diniy qonun negazida sobitqadam boʻlganlar. Ular oʻrtasidagi farq faqatgana shariatning u yoki bu qoidasini „murakkablashtirish“ (tashdid) yoki „engillashtirish“ (taxfif)dan iborat boʻlgan.

Adabiyotlar

tahrir
  • Husniddinov, Zuhriddin. Islom ensiklopediyasi. Toshkent: „O’zbekiston milliy entsiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2004.