Abdurrahmon ibn al-Horis
Abdurrahmon ibn al-Horis (arabcha: عبد الرحمن بن الحارث — Abu Muhammad Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Hishom ibn al-Mug‘iyra ibn Abdulloh ibn Umar al-Qurashiy al-Maxzumiy, 1/622,? — 43/663-64, Madina) — tobeʼin.
Abu Muhammad Abdurrahmon ibn al-Horis ibn Hishom ibn al-Mug‘iyra ibn Abdulloh ibn Umar al-Qurashiy al-Maxzumiy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Tavalludi | milodiy 622-yil (hijriy 1-yil) |
Vafoti |
milodiy 663-664-yil (hijriy 43-yil) |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | tobeʼin |
Hayoti va faoliyati
tahrirOtasining vafotidan keyin onasi Fotima bint al-Valid Umar bilan turmush qurgach, Abdurrahmon ibn al-Horis Umarning himoyasida bo‘ladi. Oldin ismi Ibrohim bo‘lgan, biroq xalifaligi davrida payg‘ambarlar nomi bilan atalganlarning ismini o‘zgartirishni o‘ylagan Umar, uning ismini Abdurrahmonga almashtirgan. Fotima bint al-Valid olimligi va saxiyligi bilan mashhur bo‘lgan. Xalifa Usmonning qiziga uylangan. Jamal voqeasida Oysha tomonida turib jang qilgan. Oysha uni maqtab „Abdurrahmon ibn al-Horisga o‘xshagan o‘nta farzandim bo‘lganida, uyimda o‘tirib ularni tarbiyalashni hamma narsadan ustun tutgan bo‘lardim“, degan.
Usmon Mushaf nusxalarini ko‘paytirib, turli mintaqalarga tarqatishga qaror qilgach, bu ishni amalga oshirishni Zayd ibn Sobit, Saʼid ibn Os, Abdulloh ibn Zubayr va kuyovi Fotima bint al-Validga topshirgan. Usmon shahid qilinganida Fotima bint al-Valid o‘sha yerda bo‘lgani sababli yaralangan.
Hadislari
tahrirUmar, Usmon, Abu Hurayra, Oysha, Ummu Salamalar kabi sahobalardan hadis rivoyat qilgan. Undan esa fuqahoi sab’adan biri bo‘lgan o‘g‘li Abu Bakr, shuningdek, Abu Qiloba, Shaʼbiy singari muhaddislar hadis rivoyat qilganlar. Rivoyat qilgan hadislari „Sahӣh al-Buxārӣ“ va to‘rtta buyuk „Sunan“ kitoblarida zikr qilingan. Fotima bint al-Valid Muoviyaning xalifaligi davrida vafot etgan[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. — Bayrut: 1388/1968. V, 5-6;
- Al-Buxoriy. At-Tarӣx al-kabӣr. — Haydarobod: 1360-80/1941-60. V, 272;
- Ibn Abdulbar. Al-Istӣ’āb. — Qohira: 1328. II, 426;
- Ibn al-Asir. Usd al-g‘āba. — Qohira: 1390-93/1970-73. III, 431-432;
- Az-Zahabiy. Siyar. III, 484-485;
- Ibn Hajar. Al-Isāba. — Qohira: 1328. II, 394; III, 66.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |