Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov (1965-yil 15-noyabrda, Termiz[1]) – sovet va oʻzbek sobiq futbolchisi, Fargʻonaning „Neftchi“ klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan.

Abdusamat Chorshanbiyevich Doʻrmonov
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Abdusomad Chorshanbiyevich Doʻrmonov
Tavallud sanasi 15-noyabr 1965-yil (1965-11-15) (58 yosh)
Tavallud joyi Sovet Ittifoqi Termiz Oʻzbekiston SSR
Boʻyi 1.77 cm (12 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1982—1984 Sovet Ittifoqi Surxon 64 (7)
1985—1986 Sovet Ittifoqi Lokomotiv (Chita) 45 (3)
1987 Sovet Ittifoqi Surxon 22 (7)
1987—1989 Sovet Ittifoqi Paxtakor 64 (3)
1990—1991 Sovet Ittifoqi Surxon 72 (19)
1992—2002 OʻzbekistonNeftchi (Fargʻona) 274 (15)
Milliy terma jamoa
1992—1994 Oʻzbekiston Oʻzbekiston 7 (0)
Boshqargan klublari
2003—2014 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
2014—2015 Oʻzbekiston Yozyovon Lochinlari
2015—2020 Oʻzbekiston Neftchi (Fargʻona)
2021 Oʻzbekiston Istiqlol Fargʻona
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Faoliyati tahrir

1982-yildan „Avtomobilist“ (Termiz) jamoasida oʻynay boshlagan.

1985-yilda „Surxon“ jamoasidagi sherigi Shuhrat Xoʻjaqulov bilan birga „Lokomotiv“ (Chita) klubiga oʻtgan. Yangi jamoada 2 yil davomida 45 ta oʻyin oʻtkazib, 3 ta gol urgan asosiy oʻyinchilaridan biri boʻlgan.

"Paxtakor" (Toshkent) va "Neftchi" (Fargʻona) jamoalarida oʻynagan.

„Neftchi“ jamoasi tarkibida besh karra Oʻzbekiston chempioni (1992, 1993, 1994, 1995, 2001), ikki karra Oʻzbekiston kubogi sohibi (1994, 1996), shuningdek, Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori boʻlgan (1996, 1997, 1998, 1999, 2000, 2002, 2003).

Oʻzbekiston terma jamoasida oʻynagan. 7 ta oʻyin oʻtkazgan, shundan 4 tasi 1994-yilgi yozgi Osiyo oʻyinlarining final turnirida boʻlgan. Finalda Xitoy termasiga qarshi kechgan oʻyinda barcha 90 daqiqani maydonda oʻtkazgan va jamoa bilan musobaqaning bosh sovrinini qoʻlga kiritgan.

2002-yilda faoliyatini yakunlagan.

2014-yil oktyabr oyida Oʻzbekiston chempionati ikkinchi devizionida oʻynagan „Yozyovon Lochinlari“ jamoasiga bosh murabbiy sifatida qabul qilingan[2]. Unda bor-yoʻgʻi bir oy vaqt mobaynida, u jamoani birinchi ligaga bir qator „oʻq kabi“ oʻyinlari orqali olib chiqgan.

2015-yilning aprel oyi boshida Doʻrmonov boshchiligidagi jamoa mavsumni „Sharq“ hududiy zonasida birinchi ligada boshladi. Birinchi bosqich yakuniga koʻra, „Yozyovon Lochinlari“ Sharqiy zona turniri jadvalida sakkizinchi oʻrinni egalladi va shu tariqa birinchi liganing ikkinchi bosqichida ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritdi. Biroq, bu vazifa muvaffaqiyatli hal etilganiga qaramay, 2015-yilning avgustida bosh murabbiylikdan ozod etildi[3].

2015-yilning dekabr oyidan ukasi Rustam Doʻrmonov bilan „Neftchi“da murabbiy sifatida ishlab kelmoqda[4][5][6][7][8][9][10].

Davlat mukofotlari tahrir

Shaxsiy hayot tahrir

Abdusamad Doʻrmonovning ukasi Rustam Doʻrmonov ham asosan akasi bilan bir vaqtda "Neftchi" (Fargʻona) klubi va Oʻzbekiston milliy terma jamoasida oʻynagan. Yana bir ukasi Ravshan asosan Termizning "Surxon" klubidagi oʻyinlari bilan tanilgan, keyinchalik u boshqargan.

Manbalar tahrir

Havolar tahrir