Abdushams ibn Abdumanof
Abdushams ibn Abdumanof (arabcha: عبد شمس بن عبد مناف – Quraysh qabilasining yirik urugʻlaridan Abdushams farzandlari shajarasining (Bani Abdushams) asoschisi.
Abdushams ibn Abdumanof | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Dini | Islom |
Ota-onasi |
|
Tanilgan sohasi | Bani Abdushams asoschisi |
Hayoti va faoliyati
tahrirOtasi – Abdumanof ibn Qusay, onasi – Otika bint Murra boʻlib, tavallud va vafot etgan sanasi nomaʼlum.
Tavalludi
tahrirIbn Hishomning keltirishicha, Abdushams ibn Abdumanof bila Hoshim egizak boʻlib, terisining bir qismi bir-biriga yopishgan holatda tugʻilgan va Abdumanof qilichi bilan ikkovini orasini ajratgan.
Abdushams ibn Abdumanofning egizi Hoshimdan hoshimiylar, oʻgʻli Umayyadan esa umaviylar urugʻlari tarqagan. Abdushams ibn Abdumanof otasi Abdumanof va egizi Hoshim vafotidan keyin oʻz urugʻiga yetakchilik qilgan hamda Abduddor urugʻidan Kaʼba va hojilarga koʻrsatiladigan xizmatlarning bir qismini egallashga erishib, Quraysh qabilasiga katta taʼsir oʻtkaza boshlagan. Karvonboshilik va qoʻmondonlik vazifasi hisoblangan qiyoda ham shu tarzda Abdushams avlodi qoʻliga jamlangan. Bu vazifa Abdushamsdan keyin oʻgʻli Umayyaga, keyinchalik nabirasi Abu Sufyon ibn Harbga oʻtgan.
„Iylof“ uyushmasi
tahrirAbdushams ibn Abdumanof aka-ukalari Muttalib va Navfal bilan birgalikda Hoshim boshchiligida tuzilgan mavsumiy savdo karvonlarini uyushtiruvchi „iylof“ uyushmasida qatnashib, tijorat bilan jiddiy shugʻullangan va umrining asosiy qismini safarlarda oʻtkazgan. Hoshim va Muttalibning vafotidan soʻng „iylof“ga ham boshchilik qilishni boshlagan Abdushams ibn Abdumanof savdo bitimlarini tuzish maqsadida Yaman orqali Habashistonga safar qilib, Makka va Habashiston oʻrtasida savdo aloqalari yoʻlga qoʻyilishiga erishdi.
Vafoti
tahrirAbdushams ibn Abdumanof ushbu safardan qaytgach, koʻp oʻtmay vafot etdi va Safo togʻi yonbagʻridagi Ajyod nomli tepalikka dafn etilgan. Abdushams ibn Abdumanof Makkada Tuvo, Jaʼfar, Rum va Hum nomli quduqlarni qazdirgani rivoyat qilingan.
Urugʻi
tahrirAbdushams ibn Abdumanofning oʻn ikkita farzandi boʻlgan. Shomda istiqomat qilgan Umayya va Navfal ismli ikki oʻgʻlidan tashqari barcha farzandlari Makkada yashagan va Bani Abdushams ibn Abdumanof nomi bilan Quraysh qabilasining muhim va obroʻli urugʻini tashkil qilganlar[1].
Adabiyotlar
tahrir- Ibn al-Kalbiy. Jamhara an-nasab. – Quvayt: 1403/1983. I, 94, 148;
- Ibn Hishom. Sӣra. – Qohira: 1375/1955. I, 106, 131, 135, 137, 139;
- Ibn Saʼd. At-Tabaqāt al-kubrā. – Bayrut: 1388/1968. I, 75, 77, 79, 85;
- Az-Zubayriy. Nasab Quraysh. – Qohira: 1953. 14, 97;
- Ibn Habib. Al-Muxabbar. – Haydarobod: 1361/1942. 163, 169, 399, 456;
- At-Tabariy. Tarӣx. – Leiden: 1879-1901, I, 1089, 1092;
- Ibn Durayd. Al-Istiqāq. – Qohira: 1378/1958. 17, 73, 155, 165-167;
- M. Hamîdullah, İslâm Peygamberi (trc. Salih Tuğ). – İstanbul: 1980. I, 318, 477;
- Kahhola. Mu’jam qabāil al-’arab. – Bayrut: 1402/1982. II, 724;
- Mustafa Fayda. „Abdüşems b. Abdümenâf“. TDV İA. – İstanbul: 1988. I, 304.
Manbalar
tahrir- ↑ Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.
Ushbu maqolada Islom ensiklopediyasi (2020) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |