Abu Bakr Jug‘iy Samarqandiy (arabcha: أبو بكر جوغي سمرقندي — Abu Bakr Jug‘iy Samarqandiy — Toʻliq ismi Abulmahosin Ruknulislom Muhammad ibn Abu Bakr Jug‘iy Samarqandiy (1098-1177)) — Qonunshunos olim.

Abu Bakr Jug‘iy Samarqandiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Dini Islom
Tanilgan sohasi Qonunshunos olim

Hayoti

tahrir

O‘z davrida „Islomning ustuni“, „Dining ustuni“ „Imomzoda“, „Buxoro aholisiinng muftiysi“ kabi sharafli unvonlarga sazovor bo‘lgan Muhammad ibn Abu Bakr Jug‘iy Buxoriy Hanafiy bo‘lib, bu kishi Imomzoda taxallusi bilan tanilgan. U „Ajraʼ“, „jur'“ yoki „jug‘“ nomli qishloqda 491/1098-yil robi’ul avval oyida tavallud topgan. Uning hayoti, oilaviy ahvoli haqida manbalardagi maʼlumot juda oz bo‘lib, Sam’oniy uning Mas’ud ismli o‘g‘li bo‘lganligi va u ham otasidek hanafiy olimlardan bo‘lgani va yoshligidan otasi taʼlif etgan kitoblarni ko‘p mutolaa qilgani haqida maʼlumotlar keltirgan.

Faoliyati

tahrir

Uning O‘rta Osiyo va Xurosonning yirik madaniyat va maʼrifat o‘choqlari bo‘lgan Samarqand va Buxoro kabi shaharlarda yashab, ijod etgani uchun Samarqandiy, Buxoriy va Qummiy kabi nisbiy nomlarni olgan. Manbalarda keltirilishicha, alloma mo‘g‘ullarning Buxoroni bosib olgan ilk kezlarda shahid bo‘lgan. Bu voqea haqida tarix kitoblarida shunday yoziladi. Mo‘g‘ullar Buxoroni qo‘lga olgach, xalqni mol-dunyosini talab, o‘ldirib, ayollarni erlarining ko‘z o‘ngida zo‘rlab-xo‘rlashgan. Bu haqoratga chidab turolmagan baʼzi musulmonlar ojiz bo‘lishsada, dushmanga qurol ko‘tarib, shahid bo‘lishni afzal ko‘rishgan. Imomzoda va o‘g‘li Mas’ud ham mo‘g‘ullar qo‘lida shahid bo‘lgan.[1]

Ustozlari

tahrir

Alloma ilmni Buxoro faqihlaridan olgan va asosan Abulfazl Bakr ibn Muhammad ibn Ali Zaranjariy va Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh ibn Foil Surxakatiyning shogirdi bo‘lgan.

Asarlari

tahrir

Shir’atu-l-islom ila dori-s-salom“, "Uqudu-l-aqoid fi fununi-l-favaid" va "G‘aroibu-l-Qur’on".

Manbalar

tahrir
  1. O‘rta asr sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy-falsafiy merosi ensiklopediyasi. – Samarqand. Imom Buxoriy xalqaro markazi, 2016. – B. 563.