Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi

Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi — Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Gulshan MFYda joylashgan madaniy meros obyekti, diqqatga sazovor joy. Obyekt davri: XIV asr. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ 2018-yil 19-dekabrdagi PQ-4068-son qaroriga muvofiq Oʻzbekiston moddiy va madaniy merosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan — davlat muhofazasiga olingan[1][2].

Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Abu Ubayda ibn al-Jarroh
Umumiy maʼlumot
Shahar Qarshi
Mamlakat O‘zbekiston
Qurilishi tugagan XIV asr

Tarixi

tahrir

Abu Ubayda ibn al-Jarroh yodgorlik majmuasi XIV asrda Qarshi shahrining janubiy-sharqiy qismida barpo etilgan. 1965—1973-yillarga oid arxiv hujjatlarida qayd qilinishicha, ziyoratgohda hech qanday yozuvi va belgisi boʻlmagan qabr toshi topilgan. XIX asr oxirlari XX asr boshlarida qabrning shimoli-gʻarbiy tomonida qorilar ibodat qiladigan masjid yonida pastroq naqshin mi­nora joylashgan boʻlgan. Masjid 1926-yilda buzib tashlangan. Masjidning janubida yuzasi 16 kvadrat metrni tashkil etgan hovuz boʻlib, u osti zinali, betolashtirilgan holda hozirgi kungacha saqlangan. Jumladan, xaroba boʻlib yotgan mazkur ziyoratgoh 2000-yilda qayta tiklandi, qabr ustida maqbara bunyod qilindi, kirish joylariga darvozaxona qurilib, yoʻlaklar taʼmirlandi, atrofi obodonlashtirildi, ziyoratchilar uchun jamoatxonalar barpo qilindi[3].

Abu Ubayda bin al-Jarroh haqida rivoyat

tahrir

Qadimiy mozorotga, nakql etilishicha, Amir Temur arab mamlakatlariga (Iordaniya) qilgan yurishlarida mashhur tabib Abu Ubayda bin al-Jarroh xokini olib kelib dafn etgan. Rivoyatlarning birinchisida Xoja Ubayda Jarroh Amir Temur saroyida jarroh boʻlib xizmat qilgan, deb naql etilgan. Ikkinchi rivoyatda esa, Xoja Ubayda Xudoyzod qishlogʻida yashaganligi va kishilarni jarrohlik usuli bilan davolaganligi kursatilgan[4].

Abu Ubayda bin al-Jarroh nomiga islomiy manbalarda munosib urin berilgan. Abdulaziz Mansur tarjimasidagi „Sifot us-Soffa“ kitobida ul zoti tarif haqida shunday yozilgan „Bu zot paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom tomonidan bashorat berilgan oʻnta jannatiylardan biridir. Rasululloh bilan barcha gʻazotlarda qagnashgan. Ikki oʻgli Yazid va Umar yosh oʻlib ketganlar. Onasining nomi Xind binti Jobir. Nasabi Fexr ibn Molikka borib, Rasulullohning bobolariga qoʻshilib ketadi. Iordaniyaning Amavos degan joyida 58 yoshida vabo kasali bilan vafot etib, Bason degan qabristonga dafn etilgan[5].

Adabiyotlar

tahrir

Poyon Ravshanov. Qarshi tarixi, Yangi asr avlodi nashriyoti, Toshkent, 2006 — 647 bet-bet. ISBN 5-633-01899-0. 

Nasriddinov K, Xujayarov U. Qarshi shahrining me'moriy yodgorliklari, Yangi asr avlodi, Toshkent, 2011 — 136-bet. ISBN 978-9943-08-629-6. 

Manbalar

tahrir
  1. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Lex.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  2. „Moddiy madaniy merosning koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 4-oktyabrdagi 846-sonli qarori“. Backend.madaniymeros.uz. Qaraldi: 2022-yil 21-iyul.
  3. Qarshi shahrining meʼmoriy yodgorliklari, 52-53-betlar
  4. Qashqadaryo viloyati davlat arxivi 527-f.. Yur.. 4-y/j. 26-27-betlar
  5. “Sifot us-Soffa". A.Mansur tarjimasi. 1-jild 365-bet.