Abu Zurʼa ad-Damashqiy

hadis hofizi

Abu Zur’a ad-Damashqiy (arabcha: أبو زرعة الدمشقي — Abdurrahmon ibn Amr ibn Abdulloh ibn Safvon ibn Amr an-Nasriy ad-Dimashqiy) — hadis hofizi.

Abdurrahmon ibn Amr ibn Abdulloh ibn Safvon ibn Amr an-Nasriy ad-Dimashqiy
Shaxsiy maʼlumotlar
Vafoti milodiy 894-yil (hijriy 281-yil)
Dini Islom
Tanilgan sohasi hadis hofizi

Hayoti va faoliyati tahrir

IX asrda Shomning buyuk shayxlaridan bo‘lgan Abu Zur’a ad-Damashqiy ko‘p shaharlarga safar qilib, hadislarni o‘rgangan. Ibn Abu Hotim olim haqida: „Abu Zur’a otamning do‘sti edi. U otamdan, otam esa undan hadis yozardi. Juda rostgo‘y va ishonchli roviy bo‘lgan. Otamdan u haqida so‘raganimda yaxshi fikr­­larni bildirgan edi“, deydi. Bundan tashqari, yana ko‘plab muhaddislar Abu Zur’a ad-Damashqiy haqida ijobiy fikrda bo‘lganlar.

Hadislari tahrir

Abu Zur’a ad-Damashqiy o‘z navbatida Muhammad ibn al-Muborak as-Savriy, Sulaymon ibn Abdurrahmon, Abdulloh ibn Jaʼfar ar-Raqqiy, Abu Musahhir, Ali ibn Iyosh, Abu Naʼim, Ahmad ibn Hanbal, Abu Gʻasson Molik ibn Ismoil, Abu Ibn Solih al-Misriy, Ahmad ibn Xolid al-Vahbiy va boshqalardan hadislar rivoyat qilgan.

Vafoti tahrir

Abu Zur’a ad-Damashqiy 894-yil (hijriy 281-yil)da vafot etgan[1].

Adabiyotlar tahrir

  1. Ibn Hajar. Tahzӣb at-tahzӣb. — Bayrut: „Dor al-kutub al-’ilmiyya“, 1994. VI, 214-215.

Manbalar tahrir

  1. Ислом энциклопедияси (oʻzbekcha,), 2020-yil. ISBN 978-9943-59-267-4.