Abulhasan Ishtixoniy
Abulhasan Ishtixoniy (arabcha: أبو الحسن اشتيخاني — Abulhasan Ali ibn Ahmad ibn Nasr ibn Muhammad ibn Ibrohim ibn Hamdavayh ibn Qatan ibn Farazdaq ibn Tarxon Salamiy Hamdavayhiy Ishtixoniy) — roviy.
Abulhasan Ishtixoniy | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlar | |
Vafoti | 1130-yil |
Dini | Islom |
Tanilgan sohasi | Roviy |
Tugʻilgan yili va joyi
tahrirAbulhasan Ishtixoniy 411/1020-yilda Ishtixonda tavallud topgan[1].
Hayoti
tahrirNajmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ („Samarqand allomalari haqida (qanddek) shirin kitob“) nomli kitobida Hamduya deb ham keltirilgan[2]. Abulhasan Ishtixoniy IX asrning oxirlari va X asrning boshlarida yashab oʻtgan roviy Abu Ibrohim Hamdavayh ibn Qutn ibn Farazdaq ibn Tarxon Salamiy Ishtixoniyning avlodlaridan boʻlganligi bois, uning nomiga nisbat berilib Hamdavayhiy ham deyilgan. Ammo alloma xalq orasida Abulhasan Ishtixoniy nomi bilan mashhur boʻlgan. Abulhasan Ishtixoniy bilimdon va dono ekanligidan „shayx“ va „imom“ rutbalariga sazovor boʻlgan. Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida shunday keltirilgan: „Yuqorida nomi zikr etilgan Qatan ibn Farazdaqning bir qancha birodarlari boʻlgan. Ulardan biri — Abdurrahmon Sulamiy boʻlib, u Hasan va Husaynning muallimi edi, uning qabri Soʻgʻddadir. Ikkinchi birodari — Mahfuz Sulamiy boʻlib, u Balxlik boʻlgan. Uchinchi birodari — Muhammad esa Iroqdagi Xoniqin shahrida yashagan. Ibn Manda Isfahoniy oʻzining tarixga doir kitobida mazkur Muhammad nomini zikr qilib oʻtgan“[3]. Abulhasan Ishtixoniy asosan oʻz vatani hududida faoliyat yuritgan, oʻz davrining muhaddislaridan hadislar rivoyat qilgan va xalqparvar ulamolardan biri sifatida tanilgan.
Ustozi
tahrirU hadis ilmi sir-asrorlarini, asosan oʻsha davrining mashhur allomasi Shayx Abu Muhammad Abdulmalik ibn Abdurahmon Asiriydan oʻrgangan.
Shogirdi
tahrirOʻz navbatida, Abulhasan Ishtixoniydan hofiz Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy (461/1069-537/1142) kabi bir qancha allomalar taʼlim olgan va hadis rivoyat qilgan[4].
Vafoti
tahrirManbalarda Abulhasan Ishtixoniyning vafot etgan yili haqida maʼlumotlar turlicha keltirilgan. Shulardan Abdulkarim Samʼoniyning „Ansob“ („Nasablar“) va hofiz Abu Abdulloh ibn Mandah Asbahoniyning „Tarix“ kitoblarida: Xatib Abulhasan Ishtixoniy hijriy 524-yili zulqaʼda oyining boshlarida (milodiy 1130-yil) 113 yoshida Ishtixonda vafot etgan[5], deb keltirilgan.
Manbalar
tahrir- ↑ Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 20.
- ↑ Hamduya, Hamdaviy deb keltirilgan. M: Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fi zikri ulamoi Samarqand. — T.: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. — B. 171, 172.
- ↑ Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2001. — B. 172.
- ↑ Abulhasan Ali ibn Muhammad Shayboniy Jazariy. Al-lubob fi tahzib al-ansob. — Bayrut. 1980. -B. 387.
- ↑ Najmiddin Umar Nasafiy. Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — T.: Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. 2001. -B.172.