Abulhusayn Ishtixoniy (arabcha: أبو الحسين اشتيخاني— Abulhusayn Tohir ibn Voris Ishtixoniy) — roviy.

Abulhusayn Ishtixoniy
Tavalludi IX asr oxiri va X asr boshlari
Samarqandga qarashli Ishtixon shahrida tug‘ilgan.

Abulhusayn Ishtixoniy IX asr oxiri va X asr boshlarida yashab? hadis roviysi boʻlgan.

Ustozi

tahrir

Abulhusayn Ishtixoniy hadis ilmi sir-asrorlarini ustozi Yahyo ibn Xolid Mahlabiydan oʻrgangan.

Shogirdi

tahrir

Abulhusayn Ishtixoniydan Zohir ibn Abdulloh Soʻgʻdiy (vaf. 321/933 y.) hadis rivoyat qilgan[1].

Rivoyat qilgan hadis

tahrir

Najmiddin Umar Nasafiyning „Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand“ kitobida Abulhusayn Ishtixoniy ustozi Yahyo ibn Xolid Mahlabiydan rivoyat qilgan quyidagi hadisi sharif keltirilgan: Abulhusayn Tohir ibn Voris Ishtixoniy: Bizga Yahyo ibn Xolid Mahlabiy, u esa Mansurdan, u esa Anas ibn Molik roziyallohu anhudan hadis aytdi, — dedi. U: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Roʻzadorning ogʻzidan chiqqan hid Alloh taoloning huzurida Miskning hididan ham xushboʻyroqdir, hatto ogʻzini ochganicha farishtalar u uchun istigʻfor aytib turadi", — dedilar, deb aytdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam albatta, suv yoki sut yoki sharbat (Meva, bugʻdoy va arpa kabi narsalardan siqib olingan suvi) bilan ogʻiz ochar edilar. Uning barcha ashoblari ham shunday qilar edi[2].

Manbalar

tahrir
  1. Isaev Y., Abbosov A. Ishtixoniy allomalar. Imom Buxoriy xalqaro markazi. 2016. — B. 30.
  2. Najmiddin Umar ibn Muhammad ibn Ahmad Nasafiy Al-qand fiy zikri ulamoi Samarqand. — Tehron, 1999. 279.