Abxay Charan De
Abxay Charan De (1896-1977) - toʻliq ismi Abxay Charanaravi nda Bxaktivedanta Svami Prabxupda, shuningdek Shrila Prabxupa da nomi bilan ham tanilgan. 1896-yil 1-sentyabrda Kalkuttada tugʻilgan. Hinduiy-vayshnaviylik diniy arbobi. U1947-yilda“Veda” falsafasi bilimdoni sifatida “Bxaktivedanta” (sanskr. “sodiqlik”, “fidokorona xizmat”) unvoniga sazovor boʻladi. Sanskrit tilidan ingliz tiliga koʻpgina “Veda” matnlari, jumladan, “Bxagavadgita” (“Xudo qoʻshiqlari”)ni sharxlar bilan tarjima qildi. 1959-yilda 63 yoshida dunyodan voz kechishga axd qiladi va Svami (“Aql va xissiyotlar egasi”) unvoniga erishadi.
1965-yilda A.Ch.Bxaktivedanta Svami AQSHga koʻchib oʻtdi va “Xalqaro Krishnani anglash jamiyati”ga asos soldi. Bu davrda Sharq mistik taʼlimotiga nisbatan katta qiziqish Krishnani anglash falsafasini targʻib qilish uchun qulay shart-sharoit yaratdi va harakat tez rivoj topdi
[1].
Manbalar
tahrir- ↑ Najmiddinov, Karimov, Turdiyeva 2017, s. 9-10.
Adabiyotlar
tahrir- Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480-bet. ISBN 978-9943-5105-3-1.