Adiz Rajabov (6-yanvar, 1984-yil, Buxoro, Oʻzbekiston) — oʻzbek aktyori[1][2].

Adiz Rajabov
Tavalludi
Adiz Radjabov

6-yanvar 1984-yil (1984-01-06) (40 yosh)
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi aktyor
Filmlari Superkelinchak
Faoliyat yillari 2005-

Adiz Rajabov sanʼatdagi faoliyatini 2005-yilda boshlagan. Kinodagi debyutini 2007-yilda „Boʻrilar“ va „Super qiz“ filmlarida qilgan, shundan soʻng u koʻplab teleseriallar va filmlarda rol oʻynagan.

Hayoti tahrir

Adiz Rajabov 1984-yil 6-yanvarda Oʻzbekiston SSSRning Buxoro shahrida tugʻilgan[3]. Otasi oʻqituvchi, onasi esa oddiy uy bekasi Oʻrta maktabni tugatgach, Toshkent davlat teatr va rassomlik institutiga qabul qilingan. U yerni 2005 yilda bitirgan. 2005-yildan hozirgacha „O‘zbekfilm“ truppasining aktyori. „Nahotki sen“ filmida ilk bor bosh qahramon rolini ijro etadi. 2006-yilda rejissyor Sohib Abbosxon tomonidan suratga olingan „Sen meni sevasanmi“ filmi suratga olinadi. Rajabov bu filmdan ortidan taniladi. 2007-yilda Rajabov „Boʻrilar“ filmida salbiy obrazni gavdalantirdi, bu rol unga katta shuhrat keltirdi. 2008-yilda rejissyor Bahrom Yoqubov tomonidan suratga olingan „Super kelinchak“ filmida bosh qahramonlardan biri — Sardor rolini ijro etadi. 2014-yilda rejissyor Dilmurod Masagatov „Geolog“[4] filmida suratga tushadi. 2018-yilda Radjabov Qirg‘iziston va O‘zbekiston bilan hamkorlikda suratga olingan „Qizil ro‘moldagi terakim“ filmida rol o‘ynadi va bu film katta eʼtiroflarga sazovor bo‘ldi[5][6]. 2019-yilda yapon kinoijodkorlari O‘zbekistonda To the Ends of the Earth (tarjimasi: Yerning oxirigacha) filmini suratga olishadi. Ushbu filmda Rajabov bosh qahramonlardan birini o‘ynaydi[7]. 2020-yilda Rajabiv „Muqimiy“ tarixiy filmida suratga tushadi. Rajabov 35 dan ortiq film va seriallarda rol oʻynagan[8]. 2016-yildan buyon „Diydor“ teatrida aktyor boʻlib ishlaydi[9].

Filmografiyasi tahrir

Adiz Rajabov suratga tushgan filmlar xronologik tartibda keltirilgan[10][11]

Yil Film Manba
2005 Sen meni sevasanmi
2007 Boʻrilar
2008 Superkelinchak
2009 Ichkuyov
Poyma-poy
Uqubat
Oʻzimdan-oʻzimgacha
Qalbim oʻgʻrisi
2010 24-soat
Qalb koʻzi
Uchar qiz
Xafli sarguzasht
Dinozavr qoldirgan iz
2011 Farzandim
Visol
Devona farishta
2012 Avgʻon
Hay-hay qizaloq
Zulm
Dunyo
Akajon xizmatingizdamiz
Salom Sevgi Xayr Sevgi
Taqdir
2013 Munchogʻim
Farzandim 2
Layloyimsan
Toʻqlikka shoʻxlik
Papagandus
2014 Kechir farzandim
Geolog
2016 Ustyurtga yoʻl
Maʼsuma
2017 Oh, Salima, Salima!
Hamroh
2019 Ota rozi
To the Ends of the Earth
2020 Muqumiy

Seriallar tahrir

Yil Film Manba
2015 Mehmonxina
2016 Saodat
2017 Mexmonxina 2
2019 Sensiz oʻtmaydi kunlarim
2022 Qora quti

Spektakllar tahrir

Spektakl Rol
Yulduzli tunlar Bobur
Arshin mal alan Sulaymon
Mono lok Abduraxmon

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir