Adolat va Taraqqiyot Partiyasi

Adolat va Taraqqiyot Partiyasi (turkchasi: Adalet ve Kalkınma Partisi, AKP) Turkiyaning markaz-oʻng[1] siyosat yurituvchi partiyasidir. Turkiya parlamentida eng koʻp oʻrinni egallab turgan bu partiyadan mamlakat bosh vaziri Recep Tayyip Erdoğan va prezident Abdullah Gül chiqqan.

AK Parti posteri, unda "Tashakkurlar, Turkiya" deb yozilgan. Gaziantep, 2007.

Partiya 2001-yili 14-avgustda tuzilgan. Kelasi yiliyoq parlament saylovlarida koʻpchilik mandatga ega boʻlgan. Shundan beri har parlament saylovlarida koʻp ovoz yigʻadi. Jumladan, 2011-yilgi saylovda ham AKP 49,91% bilan koʻpchilik oʻringa sohib chiqdi.

AKP oʻzini konservator, deb taʼriflaydi,[2] liberal iqtisodiyot yuritish va Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga kirishi tarafdoridir.[3]

ManbalarTahrirlash

External linksTahrirlash