Advanced Grammar in Use
„Advanced Grammar in Use“ („Yetuk amaliy grammatika“), toʻliq nomi „Advanced Grammar in Use: A Self-study Reference and Practice Book for Advanced Learners of English“ („Yetuk amaliy grammatika: Ingliz tilini yetuk darajada oʻzlashtirgan oʻrganuvchilar uchun mustaqil oʻrganish uchun spravochnik va mashq kitobi“) — Martin Hewings qalamiga mansub ingliz tili grammatikasi boʻyicha kitob. Ilk bor 1999-yil Cambridge shahrida Cambridge universiteti nashriyotida chop etilgan. Asarga qoʻshimcha ravishda alohida mashqlar toʻplami ham tayyorlangan.
Muallif | Martin Hewings |
---|---|
Janr | grammatika |
Til | ingliz |
Nashriyot | Cambridge universiteti nashriyoti |
Nashr etilgan | 1999 |
„Advanced Grammar in Use“ bir necha marta qayta nashr qilingan. Kitob ingliz tilini oʻrganishda eng keng qoʻllaniladigan asarlar qatoriga kiradi.
NashrlariTahrirlash
Birinchi nashrTahrirlash
„Advanced Grammar in Use“ kitobining ilk nashri 1999-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor hamda mashqlar javoblari yoʻq versiyalari bor.
Ikkinchi nashrTahrirlash
„Advanced Grammar in Use“ kitobining ikkinchi nashri 2005-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq, CD-ROM diskli, bir foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat, koʻp foydalanuvchi uchun moʻljallangan CD-ROMdan iborat versiyalari mavjud
Uchinchi nashrTahrirlash
„Advanced Grammar in Use“ kitobining uchinchi nashri 2013-yil chop etilgan. Mazkur nashrning mashqlar javoblari bor, mashqlar javoblari yoʻq hamda mashqlar javoblari hamda CD-ROM diskli versiyalari mavjud.