Aerostatika — Aeromexanikaiint gazlar (ayniqsa, havo)ning muvozanat shartlarini va ularga botirilgan qattiq jismlarga taʼsirini oʻrganuvchi boʻlimi. Gidrostatikaniig baʼzi qonunlari Aerostatika uchun ham umumiydir. Suyuqliklardan farqli ravishda gazlar oʻzoʻzidan cheksiz kengayish va tashqi bosim ostida siqilish xususiyatiga ega. Yer sirtidan yuqorilashgan sari havo zichligi kamaya boradi. Yer sirtida havo zichligi eng koʻp boʻladi. Havo va gaz zichligi koʻtarish kuchiga taʼsir qiladi. Temperatura pasayganda va bosim koʻtarilganda zichlik ortadi va, aksincha, Yer sirtidan yuqorilashgan sari atmosferaning fizik xususiyatlari oʻzgara boradi: havo zichligi kamayadi, temperatura, namlik oʻzgaradi va hokazo Havo bosimi dengiz sathidan boshlab hisoblanadigan balandlikdan yuqori koʻtarilgan sari (havo temperaturasi balandlik boʻyicha oʻzgarmasa) koʻrsatkichli (Eksponensial) muayyan qonun boʻyicha oʻzgaradi. Bu qonun quyidagi formula bilan ifodalanadi: Bu barometrik formula deb yuritiladi. Bunda — havoning h = 0 dagi solishtirma ogʻirligi; />0- bosimning h = 0 dagi qiymati, r 0 esa h balandikdagi bosim. Atmosfera temperaturasining balandlik boʻyicha oʻzgarishi tufayli Barometrik formulax tuzatmalar kiritish zarur.[1]

Havo shari

Manbalar tahrir

  1. "Aerostatika" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil