Afagiya (grekcha: а — inkor qoʻshimchasi va phago — yeyish) — rivojlanishning ayrim davrlarida va yilning noqulay mavsumida hayvonlarning oziqlanmasligi. Afagiya hayvon tanasida zaxira oziq (asosan yogʻlar) toʻplanganida turli davrlarda sodir boʻlishi mumkin. Masalan, digenetik soʻrgʻichlilar miratsidiy lichinka, hasharotlar gʻumbak davrida, oʻtkinchi baliqlar (losossimonlar) jinsiy voyaga yetish va tuxum qoʻyishga tayyorgarlik davrida, kunliklar, koʻpchilik kapalaklar, buloqchilar voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Afagiya oldidan koʻpincha ovqat hazm qilish organlarining regressiv oʻzgarishi kuzatiladi. Afagiya uyqu, karaxtlik va diapauza bilan birga boradi[1].

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent 2000-yil

Havolalar tahrir