Afgʻoniston

Markaziy va Janubiy Osiyodagi davlat
(Afgʻoniston Islom Amirligidan yoʻnaltirildi)

Afgʻoniston, Afgʻoniston islom amirligi (2021-yilning 15-avgustigacha Afgʻoniston islom respublikasi) — Janubi-Gʻarbiy Osiyoning eng chekka sharqiy qismida joylashgan mamlakat. Geografik oʻrniga koʻra Yaqin Sharq mamlakatlari qatoriga ham kiritiladi. Maydoni 652,2 ming km2. Aholisi 32 mln. 225 ming 560 kishi (2019-y). Poytaxti — Kobul shahri. Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy tuzilishiga koʻra 34 viloyatga boʻlinadi. Eron, Pokiston, Xitoy, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston bilan chegaradosh. Afgʻoniston bilan Oʻzbekiston oʻrtasidagi chegaraning uzunligi — 137 km. Shuningdek, Afg'onistonning yutuq tomonlaridan biri, qorako'l terisi tayyorlash bo'yicha dunyoda 1-o'rinda turadi.

Afgʻoniston islom amirligi
امارت اسلامی افغانستان
Imorati Eslomiyi Afgʻoniston
(forscha)
د افغانستان اسلامي امارت
Da Afgʻoniston Islomi imorat
(pashtucha)

Shiorlā ʾilāha ʾillà l-Lāh, Muḥammadun rasūlu l-Lāh

لا إله إلا الله محمد رسول الله (arabcha)
(Allohdan oʻzga iloh yoʻq. Muhammad uning rasulidir)
Madhiya: pushtucha: دا د باتورانو کور
Dā də bātorāno kor
tarjimasi: Bu botirlar uyidir
Location of Afgʻoniston
Poytaxt Kobul (shahar)
Eng katta shahar Kobul (shahar), Qandahor (shahar)
Rasmiy til(lar) dariy, pashtu 9 viloyatda rasmiy oʻzbek tili
Hukumat Amirlik
Islomiy davlatlar
• Amir
Haybatulloh Oxundzoda
Hasan Oxund (Bosh vazir vazifasini bajaruvchi)
Mustaqillik (Birinchi Afgʻon Davlati
1747-yil oktabrda
- Mustaqil
(Birlashgan Qirollikdan)
1919-yil 19-avgustda)
Maydon
• Butun
652,864[1] km2 km2 (41-oʻrin)
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat
32,225,560[2] (43-oʻrin)
• Zichlik 46/km2/km2
YIM (XQT) 2018-yil roʻyxati
• Butun
$72,911 milliard (96-oʻrin)
• Jon boshiga
$2,024
Pul birligi afgʻoni (AFN)
Vaqt mintaqasi UTC+4:30 D†
• Yoz (DST)
UTC+6
Qisqartma AF
Telefon prefiksi 93
Internet domeni .af

Tabiati

tahrir

Afgʻoniston hududining 4/5 qismini togʻlar va yassitogʻliklar egallagan. Shimoli-Gʻarbida Paropamiz, Safedkoʻh, Bandi Turkiston, Shimoli-Sharqida Hindikush togʻ tizmalari, asosan, kenglik boʻylab yoʻnalgan. Markazining asosiy qismini Hazorajat va Gʻazni-Qandahor yassitogʻliklari egallagan boʻlib, ularga gʻarbiy hamda janubiy tomonlardan boshqa togʻliklarning tizmalari qoʻshilib ketgan (Bandi Bayon, Chixilabadalon, Zang tizmasi, Koʻhi Xurd, Mazor va boshqa). Mamlakat hududining janubiy va janubi-gʻarbiy qismlari baland tekisliklardan iborat boʻlib, ularda Registon va Garmsir qumli hamda tosh-gilli Dashti Morgʻo choʻllari joylashgan. Botiqlarda koʻllar va shoʻrxoklar mavjud (Sabari, Puzak, Gaudi-Zira va boshqalar). Afgʻonistonning janubi-sharqiy chegarasi boʻylab Sulaymon togʻlarining gʻarbiy tizmalari choʻzilgan. Afgʻonistonda foydali qazilmalar kam oʻrganilganiga qaramay, u yerda toshkoʻmir (Ish pushta, Kar kar, Darayi Soʻf, Karux va boshqa konlar), tabiiy gaz (Xoʻja gugurtak), temir rudasi (Palangsor), xrom rudasi (Shadal ketkay), oltin (Argandab, Sanglech, Nuraba), berilliy (Darayi-Pech, Darayi-Nur), qoʻrgʻoshin-rux (Farinjol, Mirzaka), mis rudasi (Jigdalay), osh va tosh tuzlari, oltingugurt hamda qimmatbaho tosh konlari mavjud. Hirot va Bomiyon viloyatlarida maʼdanli suv buloqlari ochilgan. Afgʻoniston hududining katta qismi quruq subtropik iqlim mintaqasida joylashgan boʻlib, iqlimi kontinental. Yozi issiq va quruq (iyulning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 32—35 °C, togʻlarda 10— 14 °C), kishi iliq, togʻlarda sovuq (yanvarning oʻrtacha temperaturasi tekisliklarda 0ye dan 8 °C gacha; — 30 °C sovuqlar ham kuzatiladi, togʻlarda 0 °C dan past, ayozli kunlar koʻp boʻladi). Yillik yogʻin miqdori shimoliy hududlarda 170 — 280 mm, choʻl hududlarida 40 — 50 mm, togʻ yon bagʻirlarida 800 mm gacha boradi. Yirik daryolari — Amudaryo va uning irmogʻi — Panj hamda Hilmand, Farrohrud, Herirud, Murgʻob va boshqa Qobul daryosi Hind okeani havzasiga quyiladi. Daryolarning suvlaridan sunʼiy sugʻorishda hamda elektr energiya hosil qilishda foydalaniladi. Mamlakat sugʻorma dehqonchilik hududlarida boʻz va toʻq boʻz tuproq hamda sur-koʻngʻir tuproklar tarqalgan. Katta qismini qumli tuproq egallagan. Asosan choʻl va dasht oʻsimliklari oʻsadi. Shimoli-sharqiy va sharqiy qismlaridagi togʻlarda keng bargli (2000-2400 m li balandlikda) hamda ignabargli (3300 — 3400 m gacha boʻlgan balandlikda) oʻrmonlar mavjud. Afgʻonistonda yovvoyi hayvonlardan boʻri, sirtlon, tulki, qoplon, ayiq, jayron va boshqalar uchraydi.

Afgʻoniston maʼmuriy-hududiy boʻlinishi

tahrir

 

Viloyat dariy/pushtu tilida ISO 3166-2 Maʼmuriy markazi Aholisi,
(2016 — 2017) kishi
Maydoni,
km²
Zichligi,
kishi/km²
1 Badaxshon Badakhshān بدخشان BDS Fayzobod Fayābād / Fayābād 966 789 44 059 20,08
2 Badgʻis Bādghīs بادﻏﻴﺲ BDG Qal’ayi Nav Qala i Naw 504 185 20 591 25,36
3 Bagʻlon Baghlān بغلان BGL Puli Xumri Pol-e Khomrī 926 969 21 118 38,81
4 Balx Balkh بلخ BAL Mozori Sharif Mazār-e Sharīf 1 353 656 17 249 68,50
5 Bomiyon Bāmiyān بامیان BAM Bomiyon Bāmīān 454 643 14 175 29,01
6 Daykundi Dāykondī ﺩﺍﻳﻜﻨﺪﻱ DAY Nili Nīlī 468 178 8 088 50,69
7 Faroh Farāh فراه FRA Farah (shahar) Farāh 515 973 48 471 10,07
8 Foryob Fāryāb فارياب FYB Maymana Meymaneh 1 013 535 20 293 47,02
9 Gur Ghowr غور GHO Chag'charon Chaghcharān 701 653 36 479 18,65
10 Hilmand Helmand هلمند HEL Lashkargoh Lashkar Gāh 942 037 58 584 14,67
11 Hirot Herāt هرات HER Hirot Herāt 1 928 737 54 778 32,76
12 Juzjon Jowzjān جوزجان JOW Shibirgʻon Sheberghān 549 900 11 798 40,39
13 Kapisa Kāpīsā کاپیسا KAP Mahmud-i Raqi Mahmūd-e-Rāqī 448 245 1 842 217,64
14 Kobul Kābul کابل KAB Kobul Kābul 3 839 580 4 462 790,68
15 Kunar Konar / Kunar کُنَر / کونر KNR Asadobod Asadābād 458 130 4 942 84,44
16 Lagʻmon Laghmān لغمان LAG Mehtarlam Mehtarlām 452 942 3 843 114,75
17 Luvgar Lowgar لوګر LOG Pulialam Pol-e 'Alam 398 535 3 880 105,64
18 Nangarhor Nangarhār ننگرهار NAN Jalolobod Jalālābād 1 545 448 7 727 196,72
19 Nimroʻz Nīmrūz نیمروز NIM Zaranj Zaranj 167 873 41 005 3,78
20 Nuriston Nūrestān نورستان NUR Parun Parun 150 391 9 225 14,31
21 Paktika Paktīkā پکتیکا PKA Sharan Sharan 448 843 19 482 22,53
22 Paktiya Paktīā لویه پکتیا PIA Gardiz Gardīz 561 200 6 432 85,57
23 Panjsher Panjshīr پنج شیر PAN Bazarak Bāzārak 156 001 3 610 40,00
24 Parvon Parvān پروان PAR Chorikor Chārīkār 675 975 5 974 105,37
25 Qandahor Kandahār قندھار KAN Qandahor Kandahār 1 252 786 54 022 19,81
26 Qunduz Kondōz / Kunduz كندوز KDZ Qunduz shahar Kondōz 1 029 473 8 040 121,67
27 Samangan Samangān سمنگان SAM Samangan Āybak 394 887 11 262 30,64
28 Saripul Sar-e Pol سر پل SAR Saripul Sar-e Pol 569 046 15 999 32,16
29 Toxar Takhār تخار TAK Talukan Tāloqān 1 000 939 12 333 75,41
30 Vardak Vardak وردک WAR Maydonshahr Meydān Shahr 606 077 8 938 65,09
31 Xost Khowst / Khost خوست KHO Xost Khowst 584 075 4 152 131,45
32 Zobul Zābol زابل ZAB Qalat Qalāt 309 192 17 343 18,46
33 Uroʻzgon Orūzgān اروزگان URU Tarinkot Tarīn Kowt 356 354 22 696 15,09
34 Gʻazni Ghaznī غزنى GHA Gʻazni Ghaznī 1 249 736 22 915 47,65
Jami 651 745 27 651 745 645 807 36,98

Aholisi

tahrir
 
Etnik xarita

Shimoliy Afgʻonistonda baʼzi viloyatlarda oʻzbeklar keng tarqalgan boʻlib ular hozirgacha oʻzbek tilida gaplashishadi. Bunday shahar va viloyatlarga misol:

Afgʻoniston — koʻp millatli mamlakat. Unda turli til guruhiga kiradigan 30 dan ortiq millat va elatlar yashaydi. Aholining deyarli yarmi afgʻon (pushtun) lar (8 mln.dan ortiq kishi). Tojiklar (4,5 mln.), oʻzbeklar (3 mln.ga yaqin), hazoralar (1,5 mln.dan ortiq), turkmanlar, qirgʻizlar, choraymoqlar, balujlar ham bor. Oʻzbeklar asosan Juzjon, Balx, Foryob, Qunduz, Taxor, Samangon, Hirot va qisman Bagʻlon viloyatlarida istiqomat qiladi. Shaharlarda kam joylashgan. Mozori-Sharif, Shibirgʻon, Maymana, Oybak, Toluqon, Qunduz hamda Toshqoʻrgʻon shaharlarida aholining koʻpchiligini tashkil etadi. Aholining oʻrtacha zichligi — 1 km2 da salkam 30 kishi. Davlat tili pushtu va dariyil Aholining 85 % islom dinining sunniylik va 15 % shialik yoʻnalishlariga mansub. Aholiningʻ 18 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Qobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot, Jalolobod, Qunduz, Bag`lon[3].

Tarixi

tahrir
 

Hozirgi Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 1-mingʻ yillikda bir qancha mayda davlatlar boʻlgan. Baqtriya ularning eng kuchlisi edi. Ular uzoq asrlar davomida Ahamoniylar, salavkiylar, Arab xalifaligi, g`aznaviylar, moʻgʻullar, temuriylar, boburiylar, safaviylar hukmronligi ostida boʻlgan. 1747-yilda Ahmadshoh Durroniy Xuroson, Seiston, Sind, Balujiston, Panjob, Kashmir va Balxni, shuningdek Amudaryoning soʻl sohilidagi ayrim hududlarni egallab, birinchi bor mustaqil Afgʻoniston davlatiga asos soldi. Lekin u 1818-yilda bir qator xonliklar (Kobul, Qandahor, Hirot va Peshovar)ga boʻlinib ketdi. 1825-yilda Kobul hokimi Doʻstmuhammad afgʻon yerlarini bir butun davlat qilib birlashtirishga harakat qildi, lekin bunga Angliyaning bosqinchilik urushlari toʻsqinlik qildi (1838 — 42, 1878 — 80 yillardagi urushlar). Angliya Afgʻonistonni oʻz mustamlakasiga aylantira olmadi, lekin 1879-yilda tashqi siyosat uning nazorati ostiga oʻtdi. 19-asr oxiri — 20 — asr boshlarida Afgʻonistonda markazlashgan davlatni shakllantirish jarayoni yakunlandi. Birinchi Jahon urushida Afgʻoniston oʻzini betaraf deb eʼlon qildi. Qulay xalqaro sharoitning vujudga kelishi Afgʻoniston amiri Omonulloxonga 1919-yil 28-fevralda Afgʻonistonni mustaqil deb eʼlon qilishga imkon berdi. 1919 — 28 yillarda Omonulloxon mamlakatda qoloqlikni bartaraf qilish va ishlab chiqarish munosabatlarini rivojlantirishga yoʻnaltirilgan bir qancha islohotlarni amalga oshirdi. 1923-yilda Afgʻonistonning birinchi konstitutsiyasi eʼlon qilindi. 1929-yilda Angliya tomonidan uyushtirilgan isyon natijasida Omonulloxon taxtdan ketdi. Hokimiyatni muxolifat kuchlari rahbarlaridan biri, Bachai Saqo (amir Habibullo nomi bilan) egalladi va u barcha islohotlarni bekor qildi. Lekin shu yilning oʻzida Bachai Saqo hokimiyati agʻdarib tashlandi. Taxtga oʻtirgan Nodirshoh hukumati mamlakatni jadal rivojlantirish yoʻlini davom ettirdi. 1933-yil taxtga uning oʻgʻli Muhammad Zohirshoh oʻtirdi. II Jahon urushi davrida Afgʻoniston betaraflikni saqlab qoldi. Urushdan keyingi yillarda davlat tizimini demokratlashtirish, mamlakat iqtisodiy taraqqiyotini jadallashtirish uchun muxolifat harakati kuchaydi (1947, 1950 — 51 yillardagi chiqishlar, 1965 — 66 yil Kobul shahridagi namoyishlar). 1973-yil 17-iyuldagi qon toʻkilmay oʻtkazilgan davlat toʻntarishi natijasida monarxiya tugatildi va mamlakat respublika deb eʼlon qilindi. Chuqur islohotlarni oʻtkazishga soʻz bergan Muhammad Dovud hukumati oʻz vaʼdasini bajarmadi. Mana shunday sharoitda 1978-yilning 27-aprelda yana davlat toʻntarishi amalga oshirildi. Hokimiyatga Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasining rahbari Nurmuhammad Taraqqiy boshchiligidagi kuchlar keldi va mamlakat Afgʻoniston Demokratik Respublikasi, 1987-yildan Afgʻoniston Respublikasi nomini oldi. N. Taraqqiy hokimiyati salkam bir yarim yildan keyin H. Amin tomonidan agʻdarildi, uning oʻzi oʻldirildi. Mamlakatda qirgʻinbarot boshlandi. Lekin H. Amin hokimiyati ham uzoqqa bormadi. U 1979-yil 27-dekabrda agʻdarildi hamda hokimiyat avval B. Karmal, 1986-yildan Najibullo rahbarligidagi Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi va Inqilobiy kengash qoʻliga oʻtdi. 1978-yil aprel toʻntarishidan keyin Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi mavjud sharoitni hisobga olmasdan amalga oshira boshlagan islohotlar afgʻonlarning asrlar davomida shakllangan anʼanalari va urf-odatlariga zid edi. Bu, ayniqsa, yerga egalik qilishda va undan foydalanishda, taʼlim tizimida hamda ayollarning jamiyatda tutgan oʻrnida yaqqol koʻzga tashlanar edi. Shuning uchun ham islohotlarning aksariyati xalqqa chuqur norozilik tugʻdira boshladi. Bu esa mamlakatdagi hamda Pokiston va Erondan boshpana toptan afgʻon muxolifat kuchlariga qoʻl keldi. Keyinchalik Afgʻoniston Xalq demokratik partiyasi yuqoridagi xatoliklarini tuzatishga harakat qildi. Lekin vaqt qoʻldan boy berilgan, mamlakat ichidagi nizolar chuqurlashgan edi. Mana shunday sharoitda Afgʻoniston hukumatini qoʻllab kelayotgan, shuningdek oʻz tashqi siyosatini kommunistik mafkurani dunyo boʻylab yoyish orqali taʼsir doirasini kengaytirish asosida qurgan SSSR qoʻshinlarining 1979-yil 25-dekabrda. Afgʻoniston ga kiritilishi dunyodagi barcha taraqqiyparvar xalqlar tomonidan keskin qoralandi. Koʻp yillik urush mamlakatga 20 mlrd. dollar zarar yetkazdi. 1 mln. afgʻon halok boʻldi, 4 mln. kishi chet ellarga bosh olib ketdi. 1989-y, fevralda sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan olib chiqib ketildi. 1992-yil aprelda Najibullo hokimiyati agʻdarildi. Islomiy kuchlar hokimiyatni qoʻlga oldi. Shu yildan mamlakat Afgʻoniston Islom Davlati deb atala boshladi. Sobiq sovet qoʻshinlari Afgʻonistondan chiqib ketgandan keyin ham mamlakat juda muhtoj boʻlib turgan siyosiy tinchlik va iqtisodiy qayta qurish davriga oʻta olmadi. Mamlakatda ichki fuqarolar urushi boshlanib, u sovet bosqinchilaridan koʻra kattaroq vayronagarchilik olib keldi. „Tolibon“ harakatining oʻzaro kurashga qoʻshilishi Afgʻonistonda yangi vaziyatni vujudga keltirdi. Bu harakatning harbiy kuchlari 1994-yil kuzida dastlabki muvaffaqiyatga erishdi. 1996-yil 27-sentabrda ular Kobulni ishgʻol qilib, prezident B. Rabboniy va G. Hikmatyor hukumati agʻdarib tashlanganini, mamlakatda shariat qonun-qoidalariga asoslangan „chin islom boshqaruvi“ joriy etilganini bildirdi. B. Rabboniy bilan Hikmatyor hukumati Mozori Sharifga borib oʻrnashdi. 1996-yil 27-sentabr kuni Afgʻonistonning sobiq prezidenta M. Najibullo sud qilinmay qatl etildi. 1996-yil 10-oktabrda mamlakat shimolida toliblarga qarshi koalitsiya tuzildi. Xinjon shahrida harbiy rahbarlar — Afgʻoniston R. Doʻstum, Afgʻoniston Sh. Masʼud, Afgʻoniston K. Xaliliy harbiy ittifoq haqida bitam imzoladilar va Oliy mudofaa kengashi (OMK) tuzdilar. OMK shimolidagi 9 viloyatning oʻziga xos hukumati boʻlib, uning qarorgohi Mozori Sharif edi. Bu hukumat avvalgi barcha davlat tuzilmalari ishlay berishini, chet ellardagi diplomatiya va konsullik vakolatxonalari Afgʻoniston manfaatlarini himoya qilishini maʼlum qildi. 1997-yil iyunida OMK tarqatilib, uning oʻrniga Afgʻoniston Birlashgan islom najot fronti tuzildi. Front toliblar bilan muzokara oʻtkazishga tayyor ekanini bildirdi. 1997-yil oktabrda „Tolibon“ harakati mamlakatning nomi Afgʻoniston amirligi deb oʻzgartirilganini rasmiy eʼlon qildi. 1999-yil oxirida toliblar mamlakat hududining 80 % dan ortigʻini nazorat qilar edi. Toliblar maʼmuriyatini 3 davlat: Pokiston, Saudiya Arabistoni va Birlashgan Arab Amirliklari tan olgan. Jahon hamjamiyati prezident B. Rabboniy boshchiligidagi Afgʻoniston hokimiyatini hamon birdan-bir qonuniy hukumat deb tan oladi. BMT da ham B. Rabboniy hukumatidan vakil qatnashadi. Iqtisodiy raqobatchilik va etnik kelishmovchilik kabi omillar ham Afgʻonistondagi har xil jamoa va qabilalar oʻrtasidagi qarama-qarshiliklarni chuqurlashtirdi. Soʻnggi 20 yil ichida boʻlib oʻtgan voqealar Afgʻonistonda kuch bilan hech nimaga erishib boʻlmasligini, faqat oʻzaro kelishuv natijasida tinchlikka erishish va mamlakatdagi barcha siyosiy kuchlarni qanoatlantiruvchi hokimiyat oʻrnatish mumkinligini koʻrsatdi[4].

Afgʻonistonning yaqin qoʻshnilaridan boʻlmish Oʻzbekiston ana shularni eʼtiborga olib, Afgʻoniston muammosini tinch bartaraf etishga intilib keldi. Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta I. Karimov 1993-yil BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida bu mamlakatdagi chigal ahvolga jahon jamoatchiligining eʼtiborini qaratdi, 1995-yil 50-sessiyada bu muammoni bartaraf qilish xususidagi takliflarini bayon etdi. 1997-yil Oʻzbekiston Respublikasi prezidenta Afgʻonistonga chegaradosh 6 mamlakat hamda AQSH va Rossiya ishtirokida muloqot oʻtkazish tashabbusi bilan chikdi. Shu tashabbus amalga oshib, „6+2“ guruhi tashkil etildi. Uning birinchi uchrashuvi oʻsha yil 16-oktabr da Nyu-Yorkda boʻldi. Nihoyat, 1999-yil 19-iyulda Toshkentda shu guruhning navbatdagi uchrashuvi oʻtkazildi. Unda Eron, Xitoy, Pokiston, Tojikiston, Turkmaniston, Oʻzbekiston, shuningdek AQSh va Rossiya vakillari qatnashdi, BMT shafelik qildi. Unda Afgʻonistondagi nizolashayotgan tomonlar: „Tolibon“ harakati va Afgʻoniston Birlashgan fronti moʻtabar namoyandalari ishtirok etishi katta voqea boʻldi. Anjuman nihoyasida „Afgʻonistondagi mojaroni tinch yoʻl bilan bartaraf etishning asosiy tamoyillari toʻgʻrisida“ Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi. Deklaratsiya „Tolibon“ bilan Birlashgan front oʻrtasida va ular b-i „6+2“ guruhi aʼzolari oʻrtasida bevosita muloqatni yoʻlga qoʻyishga asos boʻldi. BMT Xavfsizlik Kengashi „6+2“ guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlarini yuqori baholadi. Qabul qilingan Toshkent deklaratsiyasi BMT hujjati maqomini olgan. Afgʻoniston— 1946-yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan Afgʻoniston oʻrtasida diplomatiya munosabatlari 1992-yil oktabrda oʻrnatilgan.

Asosiy siyosiy partiya va tashkilotlari. Afgʻoniston islom jamiyati (Rahbari — Burhoniddin Rabboniy);
Afgʻoniston islom partiyasi (Rahbari — Gulbiddin Hikmatyor);
„Tolibon“ harakati (Rahbari — Mulla Muhammad Umar);
Afgʻoniston Milliy islom harakati (Rahbari — Abdul Rashid Do`stum);
Afgʻoniston milliy najot jabhasi (Rahbari — Sibg`atulloh Mujaddadiy);
Afgʻoniston ozodlik islom harakati (Rahbari — Abdu Rasul Sayyof);
Afgʻoniston milliy islom jabhasi (Rahbari — Sayid Ahmad Giyloniy);
Afgʻoniston islom birligi partiyasi (Rahbari — Muhammad Haliliy).
Ammo hozirgi kunda zikr etilgan partayalarning aksariyati Pokiston hududida joylashgan boʻlib, Afgʻoniston hududida esa „Tolibon“ harakati bilan Shimoliy Ittifoq qolgan. Shimoliy Ittifoq tarkibiga „Afgʻoniston islom jamiyati“, „Afgʻoniston islom birligi partiyasi“, „Afgʻoniston ozodlik ittifoqi harakati partiyasi“, „Afgʻoniston milliy islom harakati“ siyosiy partiyalari va ularga qarashli kuchlar kirgan.

Xoʻjaligi

tahrir

Afgʻoniston — Agrar mamlakat. Uning xoʻjaligi koʻp tarmoqli. Mamlakatning shimoliy viloyatlarida, Kobul atroflarida hamda Qandahor va Hirot viloyatlarida kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlari bir oz rivojlangan. Afgʻoniston iqtisodiy jihatdan dunyoda eng qoloq va kambagʻal mamlakatlarning biridir. Yalpi milliy mahsulotning 4/5 qismi qishloq xoʻjaligida yaratiladi. Afgʻoniston iqtisodiyotining asosini sugʻorma dehqonchilik va yaylov chorvachiligi tashkil etadi. Sugʻorma dehqonchilik Qunduz, Ko`kcha, Balx, Daryoyi-Safed, Murg`ob daryolarining vodiylarida rivojlangan boʻlib, u yerlarda bugʻdoy, arpa, sholi, joʻxori, paxta, kunjut, qand lavlagi yetishtiriladi. Nangarhar viloyatida sholi, joʻxori bilan bir qatorda shakarqamish, sitrus mevalari ham yetishtiriladi. Bogʻ va tokzorlarning asosiy qismi Qobul, Hirot, Argandab hamda shimoliy va gʻarbiy viloyatlardagi daryo vodiylariga toʻgʻri keladi. Sabzavotchilik va polizchilik keng tarqalgan. Mamlakatda qishloq xoʻjaligiga yaroqli 17 mln. gektar yer boʻlib, uning 8 mln. gektari haydaladigan yerlardir. Sugorma yerlar 2,5 mln. gektarni tashkil etadi. Gʻallaning yalpi hosili 4 — 5 mln. tonna boʻlib, uning deyarli yarmi bugʻdoy, 1/6 qismi — arpa. Paxta (yiliga 200 ming t), sabzavot va poliz ekinlari (yiliga 200 ming t), uzum (yiliga 500 ming t), meva, zaytun (yiliga 150 ming t) yetishtiriladi. Chorvachilikda qoʻychilik asosiy oʻrin egallaydi. Qoʻylarning 1/4 qismi qorakoʻl qoʻylaridan iborat. Echkichilik, yilqichilik, tuyachilik ham rivojlangan. Parrandachilik xam mavjud. Sugorma dehqonchilik hududlarida pillachilik rivojlangan. Mamlakatda 3 mln.ga yaqin kishi koʻchmanchilik bilan turmush kechiradi.

Sanoat asosan mahalliy xom ashyoga asoslangan boʻlib, aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan yengil va oziq-ovqat sanoati barpo qilingan. Elektr energiyasi Mozori Sharifdagi quvvati 36 ming kVt li, Kobul, Gulbahor, Qandahor, Hirot va Bagʻlondagi quvvati 2 ming kVt li issiklik elektr stansiyalarda hosil qilinadi. Kobul daryosida GES kaskadi (har biri 100 ming kVt li uchta va 15 ming kVt li bitta) mavjud, janubida Hilmand daryosida (100 ming kVt gacha boʻlgan), uning irmogʻi Argandabda 15 ming kVt li, Qunduz daryosida 15 ming kVtli „Puli-Xumri“ elektr stansiyalar barpo etilgan. Shim.dagi sanoat (gaz, neft, koʻmir, tosh tuzi va boshqalar) korxonalari 1997-yilning oʻrtalarigacha mahsulot ishlab chiqardi. Kobulda metallsozlik, yogʻochni qayta ishlash, qurilish mate-riallari, ip gazlama, charm poyabzal korxonalari, Mozori Sharifda azot oʻgʻitlari zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Puli-Xumrida sement zavodi, toʻqimachilik korxonasi, Jalolobod, Balx, Qandahorda jun gazlama fabrikasi, Aqcha-da charm poyabzal korxonasi mavjud. Oziq-ovqat sanoati korxonalari deyarli barcha shaharlarda joylashgan. Sanoat markazlari — Kobul, Mozori Sharif, Qandahor, Hirot. Afgʻonistonda gilamdoʻzlik yaxshi rivojlangan. Balx, Jauzjon, Faryob, Badxiz, Hirot, Farroh viloyatlirida qoʻlda gilam toʻqiladi. Afgʻoniston chetga hoʻl va quruq mevalar, teri va charm, qorakoʻl, paxta, jun, gilam, moyli urugʻlar, shifobaxsh oʻtlar, tabiiy gaz chiqaradi. Chetdan turli mashina va jihozlar, neft mahsulotlari, shinalar, toʻqimachilik mollari, dori-darmon, tamaki, qand, choy, bugʻdoy, tayyor kiyimlar oladi.

Temir yoʻl transporti rivojlanmagan (bundan uzunligi 11 km boʻlgan Kushka-Torgundi temir yoʻl istisno). Asosiy transport turi —avtomobil transporta. Avtomobil yoʻllarining umumiy uzunligi 20 ming km boʻlib, uning 3 ming km asfaltlangan. Transport vositasi sifatida ot-eshak hamda tuyalardan keng foydalaniladi. Kobul va Qandahor shaharlarida xalqaro aeroportlar mavjud. Pul birligi — Afg`oni.

Maorif, matbuot, tibbiy xizmat va ichki hayotga tegashli boshqa sohalarga soʻnggi yillardagi urush sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Shu bois hozirgi kunda bu sohalarga oid biron bir maʼlumot mavjud emas.

Adabiyoti

tahrir
 
Mazori Sharifdagi masjid

Afgʻoniston adabiyotining rivojida pushtu va fors-kobuliy tilidagi xalq ogʻzaki ijodining taʼsiri katta. 10 — 15 — asrlar mumtoz adabiyotining namoyandalari Rudakiy, Firdavsiy, Saʼdiy va boshqa shoirlar ijodiyotini Eron, A, Tojikiston xalqlari oʻzlarining umumiy adabiy merosi deb hisoblaydilar. 15-asrda yashab ijod etgan Boyazid Ansoriy saj (qofiyali nasr) uslubidagi asarlarida diniy-falsafiy, ijtimoiy fikrlarini bayon etdi. Uning izdoshlari, „ravshaniy shoirlar“ nomi bilan mashhur boʻlgan Davlat Lohoniy, Mulla Arzoniy, Mirzaxon Ansoriylar 17-asrda Afgʻoniston adabiyotida ijtimoiy va demokratik mayllarni targʻib qildilar. 17 — 18-asrlarda Xushholxon Hattak, Abdurahmon Rahmonbobo, Abdulhamid, Abdulqodirxon Hattak, Kozimxon Shaydo, Pirmuhammad Kokar, Ahmadshoh Durroniy kabi zabardast shoirlar yetishib chiqdi va Afgʻoniston adabiyoti rivojida sermahsul davr boshlandi. Afgʻoniston adabiyotaga fors-tojik va oʻzbek adiblaridan Umar Xayyom, Hofiz, Jomiy, Xisrav Dehlaviy, Alisher Navoiy, Bedil ijodi barakali taʼsir oʻtkazdi. 19-asrda afgʻonlarning ingliz bosqinchilariga qarshi qahramonona kurashi Hyp Sohib, Nuriddin, Hamid Kashmiriy kabi yozuvchilar ijodida aks ettirildi. Mahmud Tarziy 20-asr boshlarida taniqli maʼrifatparvar boʻlgan. Oʻsha paytda Solih Muhammad, Gʻulom Muhiddin Afgʻoniy va boshqa muhim ijtimoiy muammolar xaqida yozdilar. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Peshovarda nasrchilik rivojlana boshladi. Mavlaviy Axmad afgʻon adabiyotida hikoyanavislikka asos solganlardan biri boʻladi. U pushtu tilida „Odamxon va Durxoniy“ ertagi asosida qissa va „Afgʻon ganjinasi“ hikoyalar toʻplamini yezdi. Ahmadshoh Rizvoniy sheʼr va hikoyalar ijod etdi. Afgʻoniston mustaqillika erishgach (1919), adabiyotda maʼrifatparvarlik mavzui ustun boʻldi, vatanparvarlik ruhidagi asarlar dunyoga keldi. Turli adabiy uslub va yoʻnalishlar bir-biri bilan qoʻshila bordi. 1937-yilda Kobuldagi „Anjumane adabiy“, Qandahordagi „Pushtu“ jamiyatlari birlashuvi natijasida „Pashtu tolina“ (Afgʻon akademiyasi) tashkil topdi. Akademiya olimlari pushtu tilidagi adabiyot va sanʼatni rivojlantirish bilan shugʻullandilar. Ikkinchi jahon urushidan keyin tuzilgan „Bedor yoshlar“ tashkiloti aʼzolari matbuotda va adabiy asarlarda jamiyatda jiddiy oʻzgarishlar qilish va mamlakatni ogʻir iqtisodiy ahvoldan qugkarish talablarini ilgari surdilar. Aning mashhur yozuvchilari: Abdurauf Benavo, Gul Pocho Ulfat, Nurmuhammad Taraqqiy, Gʻulom Hasan Sofiy, Qiyomiddin Xodim, Sadikulla Rishgin, Abdulhaq Betob, Xalilulla Xaliliyil

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Afgʻoniston hududida miloddan avvalgi 4 — 3 ming yillarda barpo etilgan Mundigak manzilgohi qoldiqlari saqlanib qolgan. Yunon-Baqtriya podshohligi davri meʼmorligi va sanʼatida ellinizm taʼsiri seziladi. Baqtra yaqinida, Bomiyon daryosi vodiysida 1 — 8- asrlarga mansub budda ibodatxonalari, ehrom va haykallari saqlanib qolgan. Bomiyon majmuining eng eʼtiborli qismi Buddaning qoyaga ishlangan bahaybat haykalidir. Bu davrda zargarlik, shisha va metalldan badiiy buyumlar yasash ham rivojlandi. Afgʻoniston oʻrta asrlar meʼmorligi va sanʼatida Eron hamda Turkiston meʼmorligi va sanʼati bilan oʻxshashligi koʻp. Gʻaznaviylar davri (977— 1186)dagi mahobatli binolarda ayvonlar, peshtoqlar paydo boʻldi. Istyohkom shaharlar, hashamatli saroylar, masjidlar, makbaralar qurildi. 12-asr meʼmoriy obidalaridan Gʻazna atrofidagi minoralar alohida ahamiyatga ega. Jom qishlogʻi yaqinidagi minoraning ulugʻvorligi, mutanosibligi, undagi nafis naqshni meʼmorlik durdonasi desa boʻladi. Temuriylar hukmronligi davrida qurilish ishlari avj oldi. Shaharlar qurish doirasining kengligi, binolarning dabdabali shakllari, ularning bezaqdorligi — bu davr meʼmorligi va sanʼatining asosiy xususiyatidir. Hirotda katta qurilish ishlari olib borildi. Jome masjidi tiklandi, shahar atrofida bogʻlar, saroylar qurildi. Masjid, Madrasa, maqbara, minora va boshqalardan iborat kurkam Musallo majmuasi tashkil topdi. Balxdagi Xoʻja Abu Nasr Porso maq-barasi (15-asr) mashhur. 11 — 15-asrlarda amaliy-badiiy bezak sanʼati ravnaq toddi. Metall, yogʻoch oʻymakorligi, kulolchilik, gilam toʻqish keng rivojlandi. Hirot, Qandahorda ishlangan patnis, latan, koʻza, shamdon, qalamdon, qurol-aslaxa, egar-jabduklar kurkam va nafis. Hirotning gilamlari oʻzining koʻp rangli geometrik va oʻsimliksimon naqshlari bilan mashhur. Bu yerda miniatyura sanʼati juda rivojlandi. Shoxrux va uning oʻgʻli Boysungʻur homiyligidagi kutubxonada Firdavsiyning „Shohnoma“, Nizomiyning „Xamsa“, Saʼdiyning „Boʻston“ kabi mumtoz asarlarini Turkiston va Erondan keltirilgan xattotlar koʻchirdi, musavvirlar bezadi. Hirot miniatyura maktabi rasmlari koʻrkamligi, nafisligi, rangdorligi va mohirona tuzilgan kompozitsion qurilishi bilan ajralib turadi. Hirotda Mirak Naqqosh (Behzodning ustozi), Behzod kabi mashhur musavvirlar ijod qildilar. 16- asr obidalari orasida Bobur maqbarasi diqqatga sazovor. 18- asr obidalaridan Ahmadshoh Durroniy maqbarasi mashhur. Milliy sanʼatning rivojlanishida 1921-yilda Kobulda tashkil etilgan tasviriy, amaliy sanʼat va hunar maktabi katta rol oʻynadi. Abdulgʻofur Breshna va uning shogirdlari, Gʻavsiddin, Xayr Muxammad, Vafo va boshqa ijodida manzara, maxalliy ozodlik kurashi tarixidan olingan voqealar, xalq hayotini koʻrsatuvchi lavhalar katta oʻrin egallaydi. Portretchi rassom Humoyun E`timodiy ijodida koʻproq oʻrta asr miniatyurachiligi oʻrin olgan. Afgʻon xalqi amaliy sanʼatining anʼanalari xam saqlanib kelmoqda.

Teatri

tahrir
 
Qobul

10 — 12-asrlarda Gʻaznaviy shohlar saroyida ommaviy tomoshalar qoʻyish rasm boʻlgan edi. Xalq orasida ayiqboz, maymunboz va qoʻgʻirchoqbozlar tomosha koʻrsatib kelishgan. Afgʻoniston mustaqillikka erishgach, havaskorlik teatr truppalari paydo boʻldi, keyinroq Kobulda Yevropa tipidagi birinchi teatr ochildi. Ichki siyosiy ziddiyat kuchayishi natijasida 20-yillar oxirida teatr yopildi. 1941-yil xalq tomoshalari boshqarmasi tashkil etildi. Koʻchma truppalar asosida „Poxini nindore“ (40-yillarning oʻrtalarida) va „Di Kobul nindore“ (1947) maydonga keldi. Kobul teatrlari tarixiy mavzuda Afgʻoniston Karimiyning „Vatanga sadoqat“, Y. Koʻhzodaning „Ahmadshoh bobo“, zamonaviy mavzuda Afgʻoniston Breshnaning „Soliqchi“, G. M. Ayyubiyning „Nomaʼlum odat qurbonlari“, Afgʻoniston Benovaning „Maktabdosh doʻstlar“. Afgʻoniston Ixlosning „Akramxon va Laʼlixon“, R. Latifiyning „Kumush shamdonlar“ asarlarini sahnalashtirdi. Afgʻon xalqi orasidan M. Afgʻoniston Ravnaq, Besad, Isir, Mash`al, Habiba, Jayla, Raʼno singari aktyorlar yetishib chiqdi. 1956-yil Kobulda teatr maktabi ochilgan.

Musiqasi

tahrir

Afgʻoniston musiqasi rang-barang taronalarga boy Xalq musiqasida bir ovozli, bayt qoʻshiqlar keng tarqalgan; chorbayt, gʻazal kabi anʼanaviy va yangi shakldagi janrlar mavjud. Afgʻon va qashqar ruboblari, dilrabo, dilnavoz va tanbur kabi torli sozlar koʻp. Sanʼat arboblaridan — sozanda-xonanda Usto Gʻulom Husayn va Usto Mamad Umar, shoir, xonanda-bastakor Hofizulla Hiyol va Jamil Zalond, Salim Sarmast va Faqir Nangolay kabi bastakor-mehtarlar, Xadicha Parvin, Hamida Ruxshona, Qubra Jilo, Abduraim Sarbon, Abduvahob Mamadiy, Sora Zalond singari xonandalarning nomi koʻp mamlakatlarda maʼlum. 1965-yil mamlakatda birinchi musiqa maktabi ochildi. Kobuldagi Akademiya birinchi afgʻon qoʻshiqlari toʻplami („Pashtani san-diri“)ni nashr etdi. Oʻzbekiston sanʼatkorlari Afgʻonistonda, afgʻon artistlari (Usto Gʻulom Husayn, Hofizulla Hiyol) Oʻzbekistonda koʻp marta gastrollarda boʻlishgan. Mamlakatning taniqli musiqachilari orasida Qosim Afgʻon, Muhammadin Zayxeya va boshqa bor[5]. 2021-yil mart oyida Afgʻoniston taʼlim vazirligi tomonidan 12 yoshdan katta boʻlgan qizlarga erkaklar oldida qoʻshiq kuylash taqiqlandi[6].

Manbalar

tahrir