Afrika oʻyinlari — Xalqaro Olimpiya qoʻmitasi shafeligidagi yirik mintaqaviy sport musobaqalari. 1965-yildan Afrika sporti Oliy kengashi (KSSA; 1965-yil Afrika sporti Doimiy kumitasi oʻrniga tuzilgan) tomonidan oʻtkazib kelinadi. Bu Oliy kengashga 50 ga yaqin mamlakat aʼzo (1989). A.oʻ. dastu-rida basketbol, boks, kurash, velosport, voleybol, qoʻl toʻpi, dzyudo, yengil atle-tika, suvda suzish, futbol va sportning boshqa turlari bor.