Afrosiyob mahallasi
Afrosiyob mahallasi— (Afrosiyob koʻchasi, 41) Mirobod tumanidagi mahalla. Sharof Rashidov, Oybek, „Oʻzbekiston“, „Mingoʻrik“ mahallalari bilan chegaradosh. 1983-yil Oybek nomi bilan tashkil etilgan. 1937—1938 yillarda buyuk adib shu mavzeda yashab ijod qilgan. 1990-yil 4-mayda mahalla idorasida Oybek uy-muzeyi filiali ochilgan. 1991-yilda qoʻshni mahalla oldinroq roʻyhatdan oʻtib „Oybek“ deb atalgani uchun, 1991-yildan rasman „Muso Toshmuhammad“ mahallasi deb atalib kelingan. 2005-yil oktyabrda „Afrosiyob“ nomini oldi. Mahalla hududidan Afrosiyob koʻchasi oʻtganligi sababli mahalla shunday nomlangan. Aholisi 2721 kishi (20080. Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, ruslar, tatarlar va boshqalar yashaydi. Mahalla hududida 4 koʻcha, Milliy xavfsizlik xizmatiga qarashli bino, shoira Zulfiya haykali, Turkmaniston elchixonasi, „Oʻzbegim“ supermarketi va boshqalar mavjud[1].
Afrosiyob Afrosiyob mahallasi | |
---|---|
Mahalla | |
Mamlakat | O'zbekiston |
Shahar | Toshkent |
Tuman | Mirobod |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 (71) |
Pochta indeks(lar)i | 700001 |
Avtomobil kodi | 01 |
Manbalar
tahrir- ↑ Toshkent.Ensikopediya. Toshkent: Oʻzbekiston, 2009 — 87-bet.