Bosh menuni ochish

Agressiya (lot. agressio – hujum qilish), tajovuz – bir davlat (davlatlar guruhi) tomonidan boshqa davlatning yoki xalqning (millatning) suve-reniteti, hududiy daxlsizligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi BMT Ustavi nuqtai nazaridan g‘ayriqonuniy bo‘lgan har qanday kuch ishlatish. A.ning eng xavfli ko‘rinishi qurolli kuch ishla-tishdir; bir davlatning boshqa davlatga qurolli hujumi tinchlik va xalqlar xavfsizligiga qarshi og‘ir xalqaro jlnoyat hisoblanadi. BMT Bosh Assam-bleyasining 29-sessiyasi (1974) "Agressiyani belgilash to‘g‘risida"gi rezolyutsiya yakdillik bilan ma’qullagan. Bilvosita, iqtisodiy va g‘oyaviy A. tushunchalari ham bor.

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil