Ahmad al-Rifoiy majmuasi
Ahmad al-Rifoiy majmuasi (arabcha:ضريح أحمد الرفاعي), shuningdek Dargoh Sayid Ahmad Kabir Rifoiy (forscha ::درگاه سید احمد کبیر رفاعی) nomi bilan ham tanilgan, Ahmad al-Rifoiyga bagʻishlangan soʻfiy diniy majmuasi. Iroqning Maysan viloyati, Ar-Rifoiy tumanida joylashgan. U Rifoiy soʻfiylik tariqati asoschisiga atab qurilgan[1]. Inshoot masjid, hadra xonasi va Ahmad ar-Rifoiy maqbarasidan iborat[2].
Ahmad al-Rifoiy majmuasi | |
---|---|
Arabcha:ضريح أحمد الرفاعي | |
Umumiy maʼlumot | |
Maqomi | ochiq |
Turi | maqbara, ziyoratgoh |
Koordinatalar | 31°41′37.932″N 46°40′28.421″E / 31.69387000°N 46.67456139°E |
Tarixi
tahrirBino Ahmad ar-Rifoiyning ziyoratgohi sifatida qurilgan, biroq binoning tarixi haqida koʻp narsa maʼlum emas. Bino haqidagi dastlabki maʼlumotlardan biri musulmon sayyohi Ibn Battutaga tegishli boʻlib, u 1326-yilda qabrni ziyorat qilgan[3] va Ahmad ar-Rifoiyning avlodi boʻlgan vasiy Shayx Ahmad Kavjak bilan uchrashgan[4][3]. Shuningdek, u ziyoratgohni keng yoʻlakka ega deb taʼriflaydi. Koʻp yillar oʻtgach, Usmonli sultoni Abdulhamid II diniy majmuani qayta tiklashga buyruq bergan[4].
Arxitekturasi
tahrirBinoning asosiy kirish eshigi ikkita yaxlit ark bilan oʻralgan. Hovli oldida ziyoratgohning oʻng va chap tomonida xonalar joylashtirilgan[5]. Ziyoratgohning asosiy eshigi temirdan yasalgan[5]. Ahmad ar-Rifoiy qabri ziyoratgohning oʻrtasida, tik yogʻochdan yasalgan va bronza toʻr bilan qoplangan yogʻoch zarih ostida joylashgan[5]. Ziyoratgohning devorlari italyan alebastri bilan qoplangan. Hadra xonasining maydoni 10 kvadrat metrni tashkil qiladi[5].
Yana qarang
tahrir- Al-Rifaʼiy masjidi Misrdagi xuddi shunday ziyoratgoh vazifasini bajaradigan masjid
- Iroqdagi masjidlar roʻyxati
Manbalar
tahrir- ↑ „مرقد السيد احمد الرفاعي – Iraq Guide“ (ar). Qaraldi: 2023-yil 22-noyabr.
- ↑ https://www.alquds.co.uk/%D8%A7%D9%84%D8%B1%D9%81%D8%A7%D8%B9%D9%8A-%D8%A7%D9%84%D8%B9%D8%B1%D8%A7%D9%82%D9%8A%D8%A9-%D9%85%D8%AF%D9%8A%D9%86%D8%A9-%D8%A7%D9%84%D9%82%D8%B7%D8%A8-%D8%A7%D9%84%D8%B5%D9%88%D9%81%D9%8A/
- ↑ 3,0 3,1 Ibn Battuta, The Travels of Ibn Battuta, Chapter 5 (Iraq), Reverend Samuel Leeʼs 1829 translation. From the Carnegie Mellon University archives.
- ↑ 4,0 4,1 https://www.alquds.co.uk/%D8%A7%D9%84%D8%B1%D9%81%D8%A7%D8%B9%D9%8A-%D8%A7%D9%84%D8%B9%D8%B1%D8%A7%D9%82%D9%8A%D8%A9-%D9%85%D8%AF%D9%8A%D9%86%D8%A9-%D8%A7%D9%84%D9%82%D8%B7%D8%A8-%D8%A7%D9%84%D8%B5%D9%88%D9%81%D9%8A/
- ↑ 5,0 5,1 5,2 5,3 https://www.alquds.co.uk/%D8%A7%D9%84%D8%B1%D9%81%D8%A7%D8%B9%D9%8A-%D8%A7%D9%84%D8%B9%D8%B1%D8%A7%D9%82%D9%8A%D8%A9-%D9%85%D8%AF%D9%8A%D9%86%D8%A9-%D8%A7%D9%84%D9%82%D8%B7%D8%A8-%D8%A7%D9%84%D8%B5%D9%88%D9%81%D9%8A/