Akademik litsey — oʻrta maxsus oʻquv yurti. Oʻzbekiston Respublikasida 1997-yilda qabul qilingan „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va „Taʼlim toʻgʻrisida“gi konunga muvofiq umumiy oʻrta taʼlim maktablari (9sinf)ni tugatgan oʻquvchilar qabul qilinadi. Taʼlim muddati 2 yil Akademik litsey oʻrta maxsus maʼlumot beradi. Oʻquvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal oʻstirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunarga yoʻnaltirilgan bilim olishlarini taʼminlaydi. Akademik litseyda oʻquvchilar oʻzlari tanlab olgan taʼlim yoʻnalishi (gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) boʻyicha bilim saviyalarini oshirish hamda fanlarni chuqur oʻrganishga qaratilgan maxsus bilim olish imkoniyatiga ega boʻladilar. Akademik litseyni bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiklangan diplom beriladi va u taʼlimning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish yoki egallagan ixtisoslik boʻyicha ishlash imkoniyatini beradi.[1]

Manbalar tahrir

  1. "Akademik litsey" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil