Akobir Qurbonov

oʻzbek kurashchisi

Akobir Sobirovich Qurbonov (1975-yil 29-iyulda Buxoro viloyati Buxoro tumanida tugʻilgan) — oʻzbek sambochisi va kurashchi. 1999-yil kurash boʻyicha jahon chempioni, sambo boʻyicha jahon kubogi gʻolibi (2002) va bronza medali (1998), sambo boʻyicha jahon chempionatining kumush (1998, 2001, 2004) va bronza (2002, 2004) medallari sovrindori. 2010-yilda Pekindagi Jahon oʻyinlarida sambo boʻyicha musobaqalar gʻolibi. Xalqaro toifadagi Oʻzbekiston sport ustasi. U ikkinchi yarim oʻrta vazn (74 kilogrammgacha), birinchi oʻrta (82 kilogrammgacha) va ikkinchi oʻrta (90 kilogrammgacha) vazn toifalarida ishtirok etgan. 1996-yil Oʻzbekiston IIV Akademiyasini tamomlagan. 1996-yilda Oʻzbekiston IIV Akademiyasi „Jismoniy tarbiya“ kafedrasi katta oʻqituvchisi.

Akobir Qurbonov
Shaxsiy ma'lumotlar
Millati  Oʻzbekiston SSSR
Tug'ilishi 29-iyul 1975 (47 yosh)
Buxoro tumani
o'g'irligi 74–90 kg (163–198 lb)
Medallari va yutuqlari
Jahon chempionati
Kumush Каliningrad 1998 74 kg
Kumush Кrаsnоyarsk 2001 74 kg
Bronza Panama 2002 82 kg
Kumush Кishinyov 2004 82 kg
Bronza Praga 2007 90 kg
Jahon kubogi
Bronza Кstоvо 1998 74 kg
Oltin Urаlsk 2002 82 kg
Jahon oʻyinlari
Oltin Pekin 2010 90 kg
Jahon chempionati
Oltin 1999 74 kg

Oilasi tahrir

Otasi Sobir Qurbonov — sovet sambochisi, SSSRda xizmat koʻrsatgan sport ustasi, SSSR, Yevropa va jahon chempioni.

Havolalar tahrir