Aksiyadorlik kapitali
Aksiyadorlik kapitali — aksiyadorlar jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan kor-porativ mulk hisoblanadi. Aksiyadorlik kapitali tarkibi Nizom (Ustav) kapitali, qoʻshimcha kapi-tal, rezerv fondidan va taqsimlanmagan foydadan iborat. Aksiyadorlik kapitali asosini Nizom kapitali tashkil etadi. Nizom kapita-li jamiyat tashkil etilgan chogʻda uning mol-mulkiga aksiyadorlar qoʻshgan ulush boʻlib, pulga chaqib hisoblanadi. Bu kapital maʼlum miqdordagi aksiyalardan iborat boʻlib, uning taʼsischilari orasida taqsimlanadi. Aksiyadorlik kapitali Nizom kapita-lidan tashqari qoʻshimcha aksiya chiqarib, jalb etilgan kapitaldan va kapitallashgan daromad hisobiga oʻsib boradi. Aksiyadorlik jamiyat beradigan dividend kapitallashganda Aksiyadorlik kapitali ga kelib qoʻshiladi. Aksiyadorlik kapitali pul shaklida chiqarilgan aksiyalar summasidan, moddiy shaklda jamiyat faoliyatini taʼminlovchi mol-mulkdan iborat boʻladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |