Alaa Abdelnaby (arabcha: علاء عبد النبي), (1968-yil 24-iyunda tugʻilgan) – misrlik-amerikalik sobiq professional basketbolchi. U Duke universiteti jamoasida oʻynagan va keyin boshqa ligalar qatori Milliy Basketbol Assotsiatsiyasi (NBA) va Qitʼalar aro Basketbol Assotsiatsiyasida ham (CBA) oʻynagan. Hozirda Abdelnaby NBCS Filadelfiya, CBS Sports Network va Westwood One Radioda basketbol teleradiokompaniyasi xodimi/tahlilchisi.

Yoshligi tahrir

McDonald’s All-AmericanAbdelnabiy Misrning Iskandariya shahrida tugʻilgan va 1971-yilda ikki yoshida oilasi bilan AQShga koʻchib oʻtgan. [1] Abdulnabiy musulmon oilasida tugʻilgan va oʻzi ham musilmonlikni qabul qilgan.[2] U Nyu-Jersi shtatining Nutli va Bloomfild shahrida oʻsgan va Bloomfild oʻrta maktabining basketbol jamoasida oʻynagan. [3]

Abdelnaby McDonald’s All-American hamda Parade All-American tomonidan amerikalik eng yaxshi oʻrta maktab sportchisi sifatida tan olingan.

Kollej faoliyati tahrir

Abdelnaby 1986-1990 yillarda Duke universiteti jamoasida oʻynagan va u yerda u uchinchi jamoaning barcha ACC tanlovida ishtirok etgan.

Abdelnaby Duke universitetining akademik talablarini quyidagicha izohlaydi: „Men beshta A qoʻyishimning yagona yoʻli – bu mening ismim bilan imzo qoʻyishimda.“ [4]

Professional sport faoliyati tahrir

Abdelnaby Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining Portlend Treyl Bleyzers tomonidan 1990-yilgi NBA loyihasining 25-chi tanlovida saralangan va u besh yil davomida ligada Portlend, shuningdek, Milwaukee Bucks, Boston Celtics, Philadelphia 76ers va Sacramento Kings jamoalarida oʻynagan. U " Golden State Warriors " tomonidan tan olingan, ammo u hech qachon franchayz uchun oʻynamagan.

Milliy Basketbol Assotsiatsiyasini tark etgach, Abdelnaby Papagou BC (Gretsiya) (1995-1996), Omaha Racers (CBA) (1996-1997), Olympique Antibes (Fransiya) (1997-1998) va Idaho Stampede (CBA) jamoalarida oʻynagan (1999-2000).

Bitimlari tahrir

Milliy Basketbol Assotsiatsiyasidagi faoliyati tahrir

Jadval tavsifi
  GP Oʻynalgan oʻyinlar   GS  Oʻyinlar boshlanishi  MPG  Oʻyin uchun daqiqalar
 FG%  Maydondagi gollar foizi  3P%  Uch ochkoli gollar foizi  FT%  Erkin to'p otish foizi
 RPG  Har bir oʻyindagi rebound (basketbol)  APG  Har bir oʻyin uchun Assist (basketbol)  SPG  Har bir oʻyin uchun
to'p saqlash (basketbol)
 BPG  Har bir oʻyin uchun bloklar (basketbol)  PPG  Oʻyin uchun ochko  Bold  Karyera

Mavsum oʻyinlari tahrir

Yil Joyi PJ PT MPP %TC %3P %TL RPP APP ROB TPP PPP
1990—1991 Portland 43 0 6.7 .474 .000 .568 2.1 .3 .1 .3 3.1
1991—1992 Portland 71 1 13.2 .493 .000 .752 3.7 .4 .4 .2 6.1
1992—1993 Milwaukee 12 0 13.3 .464 .000 .750 3.1 .8 .2 .3 5.3
Boston 63 52 18.3 .525 .000 .760 4.8 .3 .3 .4 8.2
1993—1994 Boston 13 0 12.2 .436 .000 .640 3.5 .2 .2 .2 4.9
1994—1995 Sacramento 51 0 9.3 .532 .000 .571 2.1 .3 .3 .2 5.0
Philadelphia 3 0 10.0 .091 .000 .000 2.7 .0 .0 .0 .7
Umumiy hisob 256 53 12.5 .502 .000 .701 3.3 .3 .3 .2 5.7

Play-off oʻyinlari tahrir

Yil Joyi PJ PT MPP %TC %3P %TL RPP APP ROB TPP PPP
1991 Portland 5 0 2.6 .333 .000 .000 .6 .0 .0 .0 .8
1992 Portland 8 0 3.1 .500 .000 .500 .5 .3 .0 .0 1.5
1993 Boston 4 4 17.0 .458 .000 .000 3.3 .3 .0 .3 5.5
Umumiy hisob 17 4 6.2 .450 .000 .500 1.2 .2 .0 .1 2.2

Radioeshittirish faoliyati tahrir

Abdelnaby 1995 yilda Orbit Satellite Television bilan NBA oʻyinlarini arab tilida translyatsiya qilishni boshlagan va keyinchalik boshqa arab kanallarida ham ishlagan.

Abdelnaby hozirda Philadelphia 76ers uchun tahlilchisi boʻlib xizmat qildi va oʻyin sharhlovchisi Kate Scott (NBC Sports Philadelphia) bilan birga ishladi. U, shuningdek, CBS Sports Network kolleji basketbolining studiyadagi tahlilchisi va NCAA basketbol oʻyinlari uchun oʻyin sharhlarni taqdim etadi. Bundan tashqari, Abdelnaby Westwood One Radio uchun basketbol oʻyinlari uchun ham sharhlar qildi.

Manbalar tahrir

  1. SPORTS OF THE TIMES; Who, Whom and Whoop in the N. C. A. A. Championship
  2. Blackistone, Kevin. „From the Court to Cairo: Alaa Abdelnaby Celebrates for Egypt“. SFGate. San Francisco Chronicle (2011-yil 12-fevral). Qaraldi: 2015-yil 17-dekabr.
  3. Bonk, Thomas. %2C+1990&author=THOMAS+BONK&pub=Los+Angeles+Times+(pre-1997+Fulltext)&desc=NCAA+BASKETBALL+TOURNAMENT+Dukeʼs+Abdelnaby+Is+Driven+Blue+Devils%3A+After+three+inconsistent+seasons+and+some+off-court+difficulties%2C+the+center+has+finally+established+himself+heading+into+his+biggest+games.&pqatl=google „NCAA BASKETBALL TOURNAMENT Dukeʼs Abdelnaby Is Driven Blue Devils“[sayt ishlamaydi], Los Angeles Times, 30 March 1990. Accessed August 11, 2008. „Playing for Coach Paul Palek at Bloomfield High School, [Alaa Abdelnaby] yearned for a chance at the NBA. Palek, now assistant principal at Glen Ridge High School in New Jersey, thought the sky was the limit for Abdelnaby.“
  4. Alaa Abdelnaby, dukeupdate.com

Havolalar tahrir