Alan Walbridge Ladd (talaffuzi: „Alan Uolbrij Ledd“, 1913-yil 3-sentyabr — 1964-yil 29-yanvar) — amerikalik aktyor va kino prodyuseri. Ladd 1940-yillar va 1950-yillarning boshlarida kinoda muvaffaqiyatga erishdi, xususan, Shane (1953) kabi Western va noir filmlarida. U koʻpincha Veronika Lake bilan „The Gun for Hire“ (1942), „The Glass Key“ (1942) va „Th Blue Dahlia“ (1946) kabi „noir“ filmlarida suratga tushgan.

Alan Ladd
Tavalludi
Alan Walbridge Ladd

3-sentyabr 1913-yil
Vafoti 29-yanvar 1964-yil(1964-01-29)
(50 yoshda)
Palm Springs, Kaliforniya, A. Q. Sh.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • aktyor
  • prodyuser
Faoliyat yillari 1932-1964
Turmush oʻrtogʻi
Marjorie Jane Harrold
(turm. 1936; ajr. 1941)

Sue Carol
(turm. 1942)
Bolalari 3
Otasi Alan Ladd
Onasi Ina Raleigh
Veb-sayti cmgww.com/stars/ladd/

Biografiyasi tahrir

Ladd 1913-yil 3-sentyabrda Arkanzas shtatining Hot Springs shahrida tugʻilgan. U Ina Raleigh (shuningdek, Selina Raleigh nomi bilan ham tanilgan) (1888-1937) va mustaqil hisobchi Alan Laddning (1874-1917) yagona farzandi edi[1]. Uning onasi ingliz va Durham okrugidan boʻlib, 1907-yilda 19-yoshida AQShga koʻchib ketgan. Uning otasi Ladd toʻrt yoshida yurak xurujidan vafot etdi[2]. 1918-yil 3-iyulda yosh Alan gugurt o‘ynab, tasodifan oilaviy uyni yoqib yubordi. Onasi Oklaxoma Siti shahriga koʻchib oʻtdi va u yerda rassom Jim Biversga turmushga chiqdi (1936-yilda vafot etgan)[3].

Erta karyerasi tahrir

Laddning „The Mikado“ filmidagi oʻyinini isteʼdod ovchilari koʻrgan. 1933-yil avgust oyida Ladd Universal Pictures bilan uzoq muddatli shartnoma imzolagan yosh „kashfiyotlar“ guruhidan biri edi[4]. Shartnomada yetti yil davom boʻlishi mumkin boʻlgan variantlar bor edi, ammo ularning barchasi studiya foydasiga edi. Ladd „Once in a Lifetime“ (1932) filmida nomaʼlum rol ijro etdi.

Oʻlimi tahrir

1964-yil yanvar oyida tizzasini jarohatlaganidan keyin Ladd Palm Springsdagi uyida sogʻayishiga umid qildi. 1964-yil 29-yanvarda uning xizmatchisi Laddni ertalab soat 10 da karavotida ko‘rganini va hammasi joyida boʻlganini aytdi. 3:30 da qaytib kelganida esa u Laddni toʻshagida oʻlik holda topdi[5][6].


Filmografiyasi tahrir

Televizion
Yil Sarlavha Rol Izohlar
1953 Better Living TV Theatre Oʻzi 1953 yil 6 sentyabr, epizod
1954 Red Skelton Revue Mehmon 1.1-qism
1954-1958 General Electric Theater Turli rollar 3 qism
Ijrochi prodyuser (2 qism)
1955 Kings Row Oʻzi Epizod: „Qoʻrquvdagi xonim“
1957-1958 The Bob Cummings Show Oʻzi 2 epizod
1959 Schlitz Playhouse of Stars
Epizod: „Ivy League“

Manbalar tahrir

  1. "Alan Ladd (1913–1964)". Encyclopedia of Arkansas. http://www.encyclopediaofarkansas.net/encyclopedia/entry-detail.aspx?entryID=2767. Qaraldi: February 1, 2017. 
  2. Alan Ladd (1913-1964), The Encyclopedia of Arkansas History & Culture
  3. Linet pp. 4-5
  4. Embryo Screen Stars Have Day in Court: New Cinema Cron Appears for Approval of Contracts. Los Angeles Times (1933-yil 12-avgust), s. A10.
  5. Movie Star Alan Ladd, 50, Found Dead in His Home: Alan Ladd, 50 Movie Actor, Dies in Home Star Won Fame as Film Gunman. Chicago Tribune (1964-yil 30-yanvar), s. 1.
  6. Actor Alan Ladd Dies in Palm Springs Home: Alan Ladd Death. Los Angeles Times (1964-yil 30-yanvar), s. 1.