Alban qoʻzgʻoloni (1912) — alban xalqining Turkiya hukmronligidan xalos boʻlish maqsadida koʻtargan umumxalq qoʻzgʻoloni; unda xristianlar bilan birga musulmon aholi ham ishtirok etdi. Shimoliy Albaniyaning togʻli tumanlarida yashovchi dehqonlarning mart oy-idagi chiqishlari bilan boshlangan. Avgust oʻrtalariga kelib qoʻzgʻolonchilar Dibru, Elbasan, Permeti va boshqa shaharlarni egallashgan. Biroq qoʻzgʻolonga may oy-idan boshlab rahbarlikni qoʻlga olgan zamindorlar (Hasan Prishtina va boshqalar) albanlarning milliy manfaatlariga xilof ravishda Turkiya hukumati bilan bitim imzolaganlar. Unga koʻra, Turkiya Albaniyaga cheklangan muxtoriyat berishni vaʼda qilgan.