Sir Alec Guinness (talaffuzi: „Ser Alek Ginnes“, 1914-yil 2-aprel — 2000-yil 5-avgust) ingliz aktyori edi. Sahnadagi dastlabki karerasidan soʻng, Guinness bir nechta Ealing komediyalarida, jumladan, „Kind Hearts abd Ciribets“ (1949) filmida suratga tushdi. FIlmda u toʻqqiz xil personajni oʻynadi, „The Lavander Hill Mob“ (1951) filmi uchun u oʻzining birinchi akademiyasini oldi. U rejissyor David Lean bilan olti marta hamkorlik qilgan: „Great Expectations“ filmida Herbert Pocket sifatida (1946), „Oliver Twist“ filmida Fagin sifatida(1948), „The Bridge on the River Kwai“ filmida Polkovnik Nicolson (1957)sifatidagi rollari uchun u „Eng yaxshi erkak roli“ uchun Akademiya mukofoti va „Eng yaxshi aktyor“ uchun BAFTA mukofotini qoʻlga kiritgan.

Alec Guinness
Tavalludi
Alec Guinness de Cuffe

2-aprel 1914-yil
Maida Vale, London, Angliya
Vafoti 5-avgust 2000-yil(2000-08-05)
(86 yoshda)
Midhurst, West Sussex, Angliya
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1934-1996
Turmush oʻrtogʻi
Merula Salaman (turm. 1938)
Bolalari Matthew Guinness
Otasi Andrew Geddes
Onasi Agnes Cuff

Yoshlik tahrir

 
Guinness shu erda tugʻilgan, u koʻk plaket bilan esga olinadi.

Guinness Alec Guinness de Cuffe Londonning Maida Vale shahridagi Lauderdale Road, South Lauderdale Mansions 155-uyda tugʻilgan[1]. Onasining qizlik ismi Agnes Cuff edi. 1890-yil 8 dekabrda Edward Cuff va Mary Ann Benfield oilasida tugʻilgan. Guinnessning tugʻilganlik haqidagi guvohnomasida onasining ismi Agnes de Cuffe sifatida, Chaqaloqning ismi esa Alec Guinness sifatida berilgan va otasi haqida hech qanday maʼlumot boʻlmagan[2].

Karyera tahrir

Guinness birinchi marta reklama nusxalarini yozish bilan shugʻullangan. Uning teatrdagi birinchi ishi 20 yoshga toʻlgan kuni (1934-yil 2 aprel), u Fay Compton dramatik sanʼat studiyasida talaba boʻlganida, eski Qirol teatrida ochilgan Hammersmit „Libel“ spektaklida, keyin esa teatrga koʻchirilgan. 1939-yilda u Robert Ardreyning „Thunder Rock“ shou dasturida Charleston rolini egalladi[3].

Shaxsiy hayot tahrir

Guinness 1938-yilda rassom, dramaturg va aktrisa Merula Silvia Salamanga (1914-2000) uylandi. 1940-yilda ularning Matthew Guinness ismli oʻgʻli tugʻildi. Keyinchalik u aktyor boʻldi. 1950-yillardan boshlab oila Xempshirdagi Tik Marsh yaqinidagi Kettlebrook Meadowsda yashagan. Uy Merulaning ukasi Eusty Salaman tomonidan ishlab chiqilgan[4][5]. Uning nevarasi Nesta Guinness-Uoker professional futbolchi[6].

Oʻlim tahrir

 
Xempshirdagi Petersfilddagi Alec va Merulaning qabrlari

Guinness 2000-yil 5-avgustga oʻtar kechasi Gʻarbiy Sassex shtatining Midhurst shahrida Qirol Edward VII kasalxonasida vafot etdi[7][8]. Unga 2000-yil fevral oyida prostata saratoni tashxisi qoʻyilgan va oʻlimidan ikki kun oldin jigar saratoni bilan kasallangan. 2000-yil 18-oktyabrda vafot etgan rafiqasi ham jigar saratoni bilan kasallangan. U Xempshirdagi Petersfild qabristoniga dafn qilindi[9].

Manbalar tahrir

  1. GRO Register of Births: June 1914 1a 39 Paddington — Alec Guinness De Cuffe, mmn = De Cuffe.
  2. „Alec Guinness.“ Hollywood Walk of Fame (Hollywood Chamber of Commerce, Hollywood, California), 2011. Retrieved: 22 June 2011.
  3. Marshall, Herbert. „Obituary: Robert Ardrey (1907-1980).“ Bulletin of the Center for Soviet & East European Studies Spring 1980. pp. 4-6. Print
  4. Read 2005.
  5. „Obituary: Lady Guinness“. The Daily Telegraph. 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  6. „Exclusive interview with AFC Wimbledon prospect Nesta Guiness-Walker on looking to perform on a football pitch – not a stage or the big screen“ (2019-yil 30-avgust). Qaraldi: 2021-yil 26-iyun.
  7. GRO Register of Deaths: AUG 2000 1DD 21 Chicester- Alec Guinness, DoB = 2 April 1914, aged 86.
  8. „Acting world mourns Sir Alec“. BBC News (2000-yil 7-avgust). Qaraldi: 2020-yil 2-avgust.
  9. Demetriou. „Sir Alec laid to rest near family home“ (2000-yil 12-avgust). 2022-yil 11-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 22-mart.