Aleksandr Leonidovich (Isroil) Demidov (ivritcha: ישראל (סשה) דמידוב‎; 1957-yil 7-aprelda tugʻilgan, Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR) — sovet va  Isroil teatr  hamda kino aktyori. 1996-yilda Klyachkin nomidagi eng yaxshi Isroil aktyori va Teatr akademiyasi mukofoti laureati.

Aleksandr Leonidovich (Isroil) Demidov
Sasha Damidov.JPG
Tugʻilgandagi ismi Aleksandr Leonidovich Demidov
Tugʻilgan sanasi 7-aprel 1957-yil (65 yosh)
Tugʻilgan joyi Тoshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi  SSSR  Isroil
Kasbi kino, televideniye va teatr aktyori
Faoliyat yillari 1990-yildan — hozirgi kungacha
Mukofotlari Ijro sanʼati uchun Rozenblyum mukofoti[d]
IMDb ID 0198810

Biografiyasi tahrir

Demidov Aleksandr Leonidovich 1957-yil 8-aprelda Toshkentda tugʻilgan[1]. 1990-yilda vataniga (repatriatsiya qilingan)qaytarilgan va Tel-Aviv shahrida yashagan.

Aleksandr 1974-yilda 44-maktabni, 1980-yilda esa Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Qurilish fakultetini qurilish-muhandisi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan. Demidov 1980-1982-yillarda Sovet Armiyasida, Kemerovo viloyati Belovo shahridagi  qurilish batalonida xizmat qilgan. O‘zbekistonga qaytgach usta bo‘lib ishlagan va Toshkent teatr studiyasida o‘zini sinab ko‘rgan.

Aleksandr Leonidovich 1985-yilda Moskvaga jo‘nab ketgan va Andrey Goncharov va Mark Zaxarov kursida  Rossiya teatr sanʼati instituti — GITISga o‘qishga kirgan. GITISni tugatgandan so‘ng, Mayakovskiy teatriga qabul qilingan va 1990-yilda rafiqasi Svetlana va Yevgeniy Arye boshchiligidagi bir guruh aktyorlar bilan birga Isroil davlatiga jo‘nab ketgan.

Demidov 1990-yildan ,,Gesher" teatrida sahnaga chiqa boshlagan.

Spektakllardagi rollari tahrir

Kino va televideniedagi rollari tahrir

  • „Yananing do‘stlari“
  • „Florentina“ seriali;
  • „Avliyo Klara“;
  • „Sima Vaknin — jodugar“;
  • „Shiva“;
  • „Besh o‘g‘irlangan rohib“;
  • „Verona osmoni ostida“;
  • „Sevgining yaratilishi“;
  • „Kechirilmagan“
  • „Ivan dahshatli seriyasi“;
  • „SPLIT. Qon siri“;
  • „Zoharning siri“.

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir