Aletes humilis — Kolorado aletes va Larimer aletes umumiy nomlari bilan maʼlum boʻlgan ziradoshlar oilasiga mansub gullaydigan oʻsimlik turi. Uning vatani Amerika Qoʻshma Shtatlardagi Kolorado shtati boʻlib; shuningdek u Vayomingdan ham topilgan[1]. Oʻsimlik Kolorodo hududi uchun endemik tur hisoblanadi.

Muhofaza maqomi

Imperiled (TNC)
Biologik klassifikatsiya
Olam: O'simliklar
(unranked) Eudicotlar
(unranked) Asteridlar
Turkum: Apiales
Oila: Apiaceae
Urugʻ: Aletes
Tur: A. humilis
Binar nomi
Aletes humilis

Tavsifi tahrir

Bu oʻsimlik balandligi 10 santimetr va kengligi 20 santimetrgacha boʻlgan yostiqsimon tepalik koʻrinishiga ega. Poyasi yogʻochlashmagan va tik holda o'sadi, poyada barglari ketma-ket joylashgan. Oʻsimlik poyasining poʻstlogʻi qalin, yorqin yashil tusli barglari tishli qirralarga ega[1], juft patsimon tomirlangan va murakkab qirqilgan. Barglari selderey barglariga oʻxshash shuningdek barglari „sovun“ hidiga ega[2]. Qisqa toʻpguli mayda sariq gullardan tashkil topgan. Toʻpguli soyabonsimon. Odatda oʻz-oʻzidan, shamol yordamida yoki mahalliy asal arilar tomonidan changlantiriladi.

Tarqalishi tahrir

Aletes humilis oʻsimligi tosh va qoyalardagi yoriqlar va chuqurchalarda oʻsadi. Yashash joyi odatda quruq boʻladi. Bu oʻsimlik ponderosa qaragʻay (Pinus ponderosa) va Duglas-fir (Pseudotsuga menziesii) ning siyrak aralashmasi hosilasidir. Yashash joyidagi boshqa oʻsimliklar orasida quaking aspen, beshbargli jar butasi kinnikinnick, oddiy archa, mum smorodina, kichik gulli alumroot, katta gulli cinquefoil, togʻ muhlayi hamda igna va ipsimon oʻtlar kiradi[2].

Bu tur birinchi marta 1890-yillarda Kolorado shtatining Larimer okrugida topilgan[2]. Bugungi kunda 39 ga yaqin turlari fanga maʼlum[1]. Aletes humilis xavf ostidagi turlar roʻyhatiga kiritilmagan boʻlsa ham tabiatda keng tarqalmagan. oʻsimlik Kolorodo shtati uchun endemik oʻsimlik hisoblanadi.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 Aletes humilis.[sayt ishlamaydi] The Nature Conservancy.
  2. 2,0 2,1 2,2 Moore, L. and S. Friedley. Aletes humilis Coult. & Rose (Colorado aletes): A Technical Conservation Assessment. Prepared for the USDA Forest Service, Rocky Mountain Region, Species Conservation Project. September 24, 2004.

Havolalar tahrir