Alex Greenwood
Alex Greenwood[1] (talaffuzi: Aleks Grinvud) (1993-yil 7-sentyabrda tugʻilgan) — angliyalik professional futbolchi. Alex Greenwood Angliyaning Ayollar Superligasi va Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasida oʻynaydi. Alex Greenwood hozirgi kunda „Manchester City“ klubi sharafini himoya qilmoqda. Alex Greenwood asosan chap qanot himoyachisi sifatida faoliyat olib boradi, ammo u markaziy himoyachi sifatida ham oʻynay oladi[3][4].
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Alex Greenwood | ||
Tavallud sanasi | 7-sentyabr 1993-yil[1] | ||
Tavallud joyi | Liverpool, Angliya[2] | ||
Boʻyi | 5 fut 6 inches (1.67 m)[1] | ||
Ampluasi | chap qanot himoyachisi, markaziy himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Manchester City | ||
Raqami | 5 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
Everton | |||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2014 | Everton | 43 | (1) |
2015 | Notts County | 14 | (1) |
2016—2018 | Liverpool | 32 | (4) |
2018—2019 | Manchester United | 18 | (4) |
2019—2020 | Olympique Lyonnais | 11 | (0) |
2020— | Manchester City | 40 | (4) |
Milliy terma jamoa | |||
2008—2010 |
17 yoshgacha boʻlgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi | 11 | (1) |
2010—2012 |
19 yoshgacha boʻlgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi | 14 | (1) |
2013—2014 |
23 yoshgacha boʻlgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi | 6 | (0) |
2014 | Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi | 68 | (5) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 2-avgust, 15:11 (utc) uchun) |
Alex Greenwood ilgari Fransiyaning 1-Féminine divizionidagi „Olympique Lyonnais“ jamoasida, shuningdek, Angliyaning „Manchester United“, „Liverpool“, „ Notts County“ va „Everton“ klublarida oʻynagan. Alex Greenwood 2014-yildan beri Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasida oʻynab kelmoqda. 2012-yilda Alex Greenwood FA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol oʻyinchisi deb topilgan.
Klublardagi oʻyin faoliyati
tahrirEverton
tahrirAngliyaning Liverpool shahrida tugʻilgan Alex Greenwood sakkiz yoshida „Everton“ klubiga qoʻshildi[5]. 2010-yilning 5-avgustida 2010—2011-yilgi UEFA Ayollar Chempionlar Ligasi saralash bosqichida doirasida boʻlib oʻtgan „KÍ“ klubiga qarshi oʻyinda „Everton“ klubi 6:0 hisobida gʻalaba qozondi[6]. Ikki kundan soʻng, xuddi shu musobaqada Alex Greenwood „FK Borec“ klubi ustidan 10:0 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda 80-daqiqada penaltini aniq amalga oshirdi[7].
„Everton“ klubining uzoq yillik chap qanot himoyachisi Rachel Unitt FA WSLning 2011-yilgi mavsumning oxirida „Birmingham City“ klubi bilan shartnoma imzolaganidan soʻng, Rachel Unittning jamoadagi oʻrnini Alex Greenwood egalladi. 2012-yilgi mavsum davomida Alex Greenwood juda yaxshi oʻyin koʻrsatdi. Shuning uchun noyabr oyida FA Ayollar Futboli mukofotlarini topshirish marosimida Alex Greenwood FA tomonidan yilning eng yaxshi yosh ayol oʻyinchisi deb topildi[8].
Alex Greenwood 2014-yilgi FA Ayollar kubogi doirasidagi final oʻyinida „Everton“ klubining asosiy jamoasi tarkibida maydonga tushdi. Final uchrashuvida „Everton“ klubi "Arsenal" klubiga 2:0 hisobida magʻlub boʻldi[9].
Notts Country
tahrir2014-yilgi mavsum „Everton“ klubining quyi ligaga tushib ketishi bilan yakunlandi. Shundan soʻng, Alex Greenwood 2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati oldidan terma jamoadagi oʻrnini himoya qilish uchun klubdan ketishini aytdi. Alex Greenwood „Notts County“ klubi bilan ikki yillik shartnomaga imzo chekdi. Shartnomaning narxi oshkor etilmagan[10]. Bu shartnomadan soʻng, Alex Greenwoodning klubga qaytishini istagan „Everton“ klubining hafsalasi pir boʻldi[11].
Liverpool
tahrir2016-yilning yanvarida Alex Greenwood „Liverpool“ klubiga oʻtdi[12]. Alex Greenwood „Liverpool“ klubi bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. „Liverpool“ klubi bilan Alex Greenwood uch mavsum oʻynadi va har bir mavsumda bittadan gol urishga muvaffaq boʻldi. Klubdagi dastlabki golini Alex Greenwood „Sanderland“ klubiga qarshi oʻyinda penaltidan urdi[13]. 2017—2018-yilgi mavsum oxirida Alex Greenwood klub bilan shartnoma muddati tugashi munosabati bilan xayrlashdi. Alex Greenwood klub bilan jami 44 ta oʻyinda maydonga tushdi va oltita gol urishga muvaffaq boʻldi[14].
Manchester United
tahrir2018-yilning 13-iyulida Alex Greenwood „Manchester United“ klubi tarkibiga qoʻshilayotganligini eʼlon qildi. Alex Greenwood yangi klub tarkibida ilk mavsumda jamoa sardori boʻlishi eʼlon qilindi[15]. Alex Greenwood 19-avgust kuni sobiq jamoasi „Liverpool“ klubiga qarshi Liga kubogi bahsida „Manchester United“ klubi safida debyut oʻyinini oʻtkazdi[16]. 20-sentyabr kuni Alex Greenwood Angliya Ayollar chempionatidagi debyut oʻyinini „Sheffild United“ klubiga qarshi oʻyinda (3:0) oʻtkazdi[17]. 18-noyabr kuni Alex Greenwood „Crystal Palace“ klubi bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda (5:0) penaltidan klub safidagi birinchi golini kiritdi[18]. Alex Greenwood „Manchester United“ klubiga chempionatda gʻalaba qozonishi va debyut mavsumida FA WSL ga koʻtarilishiga yordam berdi[19].
Olympique Lyonnais
tahrir2019-yil 4-avgust kuni „Manchester United“ klubi Alex Greenwoodni shaxsiy shartlarga muvofiq Fransiya 1-Féminine divizioni jamoasi „Olympique Lyonnais“ klubiga oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi[20]. „Olympique Lyonnais“ klubi 8-avgust kuni 40 000 yevro toʻlov va 20 000 yevro potentsial qoʻshimchalar evaziga kelishuvni tasdiqladi[21]. 24-avgust kuni Alex Greenwood „Olympique Marseille“ klubiga qarshi oʻyinda (6:0) „Olympique Lyonnais“ klubi safida debyut qildi[22].
2020-yil 30-avgust kuni Alex Greenwood 2010-yildan beri Chempionlar ligasi doirasidagi oʻyinlarda ilk bor maydonga tushdi. Chempionlar ligasi final oʻyinida „Olympique Lyonnais“ klubi „Wolfsburg“ klubini 3:1 hisobida magʻlub etdi. Bu oʻyinda Alex Greenwood Eugénie Le Sommer oʻrniga zaxiradan maydonga tushirildi[23].
„Olympique Lyonnais“ klubi bilan bir yillik shartnomasi yakuniga koʻra, Alex Greenwood klub bilan 17 ta oʻyin oʻtkazdi va Chempionlar ligasida toʻrt karra gʻoliblikni qoʻlga kiritdi[24].
Manchester City
tahrir"Olympique Lyonnais" klubi bilan shartnomasi tugaganidan keyin 2020-yil 9-sentyabrda Alex Greenwood Angliyaga qaytib, „Manchester City“ klubi bilan uch yillik shartnoma imzoladi[25]. Alex Greenwood 2019—2020-yilgi mavsum oxirida „Manchester City“ klubi bilan Angliya ayollar kubogini qoʻlga kiritdi.
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
tahrirAlex Greenwood Angliya ayollar milliy futbol terma jamoalariga sardorlik qilgan[26] va 2012-yilgi 19 yoshgacha boʻlgan ayollar oʻrtasidagi UEFA chempionatida 19 yoshgacha boʻlgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibida oʻynagan[27]. Milliy terma jamoaning katta murabbiyi Mark Sampson Alex Greenwoodni 2014-yilgi Kipr ayollar kubogi musobaqasi uchun tanladi[28]. Alex Greenwood 2014-yilning 5-martida Italiya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi safida debyut qilgan. Alex Greenwood Angliya ayollar milliy terma jamoasi uchun birinchi golini 2014-yilning sentyabr oyida Chernogoriya ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda (10:0) kiritdi[29].
2015-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida jamoaning eng yosh aʼzosi Alex Greenwood Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibida maydonga tushib, chap qanot himoyachisi pozitsiyasida harakat qilgan[30]. Jamoa uchinchi oʻrin uchun pley-off bosqichida Germaniya ayollar terma jamoasini magʻlub etgandi va Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi bronza medalini qoʻlga kiritdi[31].
2019-yilda Alex Greenwood Qoʻshma Shtatlarda SheBelieves kubogini qoʻlga kiritgan Angliya ayollar milliy futbol jamoasining aʼzosi edi[32]. Oʻsha yilning oxirida Alex Greenwood 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi uchun shakllantirilgan Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasining tarkibiga kiritildi. Ijtimoiy tarmoqlarda Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi tarkibi eʼlon qilinganida Alex Greenwoodning ismini qoʻshiqchi Olly Murs eʼlon qildi[33]. 23-iyun kuni Alex Greenwood 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi doirasida boʻlib oʻtgan Kamerun ayollar milliy futbol terma jamoasiga qarshi oʻyinda (3-0) terma jamoa safidagi uchinchi golini urdi[34]. Yakunda 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogi musobaqasida Angliya ayollar milliy futbol terma jamoasi toʻrtinchi oʻrinni egalladi[35].
Alex Greenwood, shuningdek, UEFA Ayollar oʻrtasidagi Evro-2022 musobaqasida gʻolib chiqqan Angliya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan edi[36][37].
Shaxsiy hayoti
tahrirAlex Greenwood Savio Salesian kollejida oʻqigan[38]. Alex Greenwood „Sheffild United“ klubining professional futbolchisi Jack OʻConnell bilan yaqin munosabatda boʻlgan[39]. Alex Greenwood odatda shaxsiy hayotini maxfiy saqlashni afzal koʻradi va ijtimoiy tarmoqda faqat futbol bilan bogʻliq xabarlarni saqlashga harakat qiladi[40].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrirKlub | Mavsum | Liga | Milliy kubuk | Liga kubugi | Yevropa | Boshqa | Umumiy | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Diviziya | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Everton | 2009—2010[41] | WPL | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | — | 4 | 0 | |
2011 | WSL | 7 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | 7 | 0 | ||||
2012 | 10 | 0 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | — | 13 | 0 | ||||
2013 | 12 | 1 | 0 | 0 | 3 | 0 | — | — | 15 | 1 | ||||
2014 | WSL 1 | 14 | 0 | 0 | 0 | 5 | 0 | — | — | 19 | 0 | |||
Umumiy | 43 | 1 | 0 | 0 | 11 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 58 | 1 | ||
Notts County | 2015 | WSL 1 | 14 | 1 | 0 | 0 | 8 | 3 | — | — | 22 | 4 | ||
Liverpool | 2016 | 8 | 1 | 0 | 0 | 1 | 0 | — | — | 9 | 1 | |||
2017 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 6 | 2 | ||||
2017—2018 | 18 | 1 | 0 | 0 | 5 | 1 | — | — | 23 | 2 | ||||
Umumiy | 32 | 4 | 0 | 0 | 6 | 1 | 0 | 0 | — | 38 | 5 | |||
Manchester United | 2018—2019 | Chempionat | 18 | 4 | 3 | 1 | 6 | 0 | — | — | 27 | 5 | ||
Olympique Lyonnais | 2019—2020[42] | D1F | 11 | 0 | 4 | 0 | — | 1 | 0 | 1 | 0 | 17 | 0 | |
Manchester City | 2020—2021 | FA WSL | 18 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 | 6 | 0 | — | 28 | 0 | |
2021—2022 | FA WSL | 22 | 4 | 5 | 0 | 7 | 0 | 2 | 0 | — | 36 | 4 | ||
2022—2023 | FA WSL | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 2 | 0 | — | 4 | 0 | ||
Umumiy | 42 | 4 | 5 | 0 | 11 | 0 | 10 | 0 | — | 68 | 4 | |||
Umumiy | 160 | 15 | 11 | 1 | 42 | 4 | 15 | 0 | 1 | 0 | 230 | 19 |
Xalqaro
tahrirYil | Angliya | |
---|---|---|
Oʻyinlar soni | Gollar | |
2014-yil | 2 | 1 |
2015-yil | 3 | 0 |
2016-yil | 5 | 1 |
2017-yil | 4 | 0 |
2018-yil | 6 | 0 |
2019-yil | 11 | 1 |
2020-yil | 2 | 0 |
2021-yil | 9 | 2 |
2022-yil | 7 | 0 |
Jami | 49 | 5 |
Xalqaro oʻyinlar
tahrirNo. | Sana | Joy | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa | Mnb. |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2014-yil 17-sentyabr | Stadion Pod Malim Brdom, Petrovac, Chernogoriya | Chernogoriya | 8-0 | 10-0 | 2015-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichi | [43] |
2 | 2016-yil 4-iyun | Adams Park, Uikomb, Angliya | Serbiya | 1-0 | 7-0 | 2017-yilgi UEFA ayollar oʻrtasidagi Yevropa chempionati saralash bosqichi | [44] |
3 | 23-iyun 2019-yil | Stade du Hainaut, Valenciennes, Fransiya | Kamerun | 3-0 | 3-0 | 2019-yilgi FIFA ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionati | [45] |
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 „FIFA Women's World Cup France 2019 List of players: England“. FIFA (1-iyun 2019-yil). 2019-yil 6-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-iyun 2019-yil.
- ↑ „Women's World Cup 2019: Mapping England's Lionesses squad“. BBC Sport (2-iyul 2019-yil). Qaraldi: 15-sentabr 2020-yil.
- ↑ Currie, Jo; Magowan, Alistair. „Women's World Cup: Who is in England's squad for Canada?“. BBC Sport (11-may 2015-yil). Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
- ↑ „Chessboard tactics paying off for England“. FIFA (21-iyun 2015-yil). 21-iyun 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-iyul 2015-yil.
- ↑ „Alex Greenwood“. Everton F.C.. 2019-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
- ↑ „EVERTON 6 – 0 KÍ“. Soccerway (5-avgust 2010-yil). Qaraldi: 28-may 2019-yil.
- ↑ „EVERTON 10 – 0 BOREC“. Soccerway (7-avgust 2010-yil). Qaraldi: 28-may 2019-yil.
- ↑ Theivam, Kieran. „Greenwood optimistic Blues still the team to beat“. The Football Ramble (9-yanvar 2013-yil). Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
- ↑ „Arsenal Ladies 2 Everton Ladies 0 match report: Arsenal Ladies give Shelley Kerr triumphant send-off with Everton win“. The Independent (1-iyun 2014-yil). 3-iyun 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
- ↑ „Alex Greenwood determined to be England's No.3 at World Cup“. Nottingham Post (5-fevral 2015-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
- ↑ „Greenwood Departs“. Everton L.F.C. (6-yanvar 2015-yil). 2-aprel 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
- ↑ „Ladies secure signing of England international Greenwood“. Liverpool F.C.. Qaraldi: 2-fevral 2016-yil.
- ↑ „Sunderland vs. Liverpool – 18 May 2016 – Soccerway“. us.soccerway.com.
- ↑ „Liverpool Ladies: Alex Greenwood, Martha Harris and Amy Turner to exit WSL club“. BBC Sport (11-iyun 2018-yil). Qaraldi: 24-may 2019-yil.
- ↑ „Manchester United include England stars in unveiled women's squad“. TheGuardian.com (13-iyul 2018-yil). Qaraldi: 13-iyul 2018-yil.
- ↑ Drudge. „MATCH REPORT: LIVERPOOL WOMEN 0 UNITED WOMEN 1“. ManUtd.com (19-avgust 2018-yil). Qaraldi: 19-may 2019-yil.
- ↑ Bath. „MATCH REPORT: UNITED WOMEN 3 SHEFFIELD UNITED 0“. ManUtd.com (20-sentabr 2018-yil). Qaraldi: 19-may 2019-yil.
- ↑ „CRYSTAL PALACE LADIES 0 UNITED WOMEN 5“ (inglizcha). www.manutd.com. Qaraldi: 2-dekabr 2018-yil.
- ↑ Higgins. „Man Utd Women captain Alex Greenwood in England World Cup squad“. manutd.com. Manchester United F.C. (8-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ „Man United agree terms for Alex Greenwood to join Lyon“. Manchester United (4-avgust 2019-yil). Qaraldi: 4-avgust 2019-yil.
- ↑ „Communiqué : Signature de l'internationale anglaise Alex Greenwood“ (fr-FR). www.OL.fr.
- ↑ „Olympique Lyon vs. Ol. Marseille Match Report – Saturday August 24, 2019“. fbref.com (24-avgust 2019-yil). Qaraldi: 29-avgust 2019-yil.
- ↑ Smyth, Rob. „Women's Champions League final: Wolfsburg 1–3 Lyon – as it happened“ (inglizcha). The Guardian (30-avgust 2020-yil). Qaraldi: 31-avgust 2020-yil.
- ↑ Oatway. „Alex Greenwood“ (inglizcha). www.mancity.com. Qaraldi: 18-dekabr 2020-yil.
- ↑ Oatway. „City sign Alex Greenwood“. www.mancity.com.
- ↑ Jones, Mark. „Magic Alex! Bootle teenager skippers England under-15s team“. Liverpool Echo (3-iyun 2008-yil). Qaraldi: 10-fevral 2015-yil.
- ↑ Higgins. „Man Utd Women captain Alex Greenwood in England World Cup squad“. manutd.com. Manchester United F.C. (8-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ Lavery. „Kelly Smith named in England Women's squad for Cyprus Cup“. thefa.com. The Football Association (12-fevral 2014-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ Leighton. „England Women thrash Montenegro 10–0 in qualifier“. BBC Sport (17-sentabr 2014-yil).
- ↑ Lavery. „World Cup buzz lifts England, says Alex Greenwood“. thefa.com. The FA (27-may 2015-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ „Match for third place – Match report“. 6-iyul 2015-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 7-mart 2018-yil.
- ↑ Higgins. „Man Utd Women captain Alex Greenwood in England World Cup squad“. manutd.com. Manchester United F.C. (8-may 2019-yil). Qaraldi: 30-may 2019-yil.
- ↑ „Beckham, Sterling, Emma Watson & Prince William announce Lionesses squad“. BBC Sport.
- ↑ Garry. „England Women 3–0 Cameroon Women“. BBC Sport (23-iyun 2019-yil). Qaraldi: 23-iyun 2019-yil.
- ↑ „Women's World Cup: England finish fourth after Sweden defeat“. BBC Sport (6-iyul 2019-yil).
- ↑ Davies. „England Women's final squad named for EURO 2022“. England Football.com. The FA (15-iyun 2022-yil). Qaraldi: 12-iyul 2022-yil.
- ↑ England Squad. UEFA. Retrieved 12 July 2022.
- ↑ „Congratulations Alex Greenwood & Mollie Green“. Savio Salesian College. 2022-yil 26-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 3-iyun 2019-yil.
- ↑ Tomas, Fiona. „England defender Alex Greenwood savouring double promotion with boyfriend ahead of World Cup“. The Daily Telegraph (3-iyun 2019-yil). Qaraldi: 23-iyun 2019-yil.
- ↑ McElwee, Molly. „Alex Greenwood interview: 'The social media abuse when I joined City made me retreat within myself'“. The Daily Telegraph (12-fevral 2021-yil). Qaraldi: 2-mart 2021-yil.
- ↑ „Everton – Player Season Totals 2009–10“. TheFA.com. The Football Association. Qaraldi: 3-sentabr 2019-yil.
- ↑ „Alex Greenwood – 2019–20“ (fransuzcha). StatsFootoFeminin.fr. Qaraldi: 26-avgust 2019-yil.
- ↑ Leighton. „England Women thrash Montenegro 10–0 in qualifier“. BBC Sport (17-sentabr 2014-yil).
- ↑ Magowan. „England Women 7–0 Serbia Women“. BBC Sport (4-iyun 2016-yil).
- ↑ Garry. „England Women 3–0 Cameroon Women“. BBC Sport (23-iyun 2019-yil). Qaraldi: 23-iyun 2019-yil.