Algebraning asosiy teoremasi — kompleks sonlar maydonida berilgan ixtiyoriy darajali koʻphad kamida bitta ildizga egaligini tasdiqlaydigan teorema. Bu teoremadan darajali koʻphad, karrali ildizlarning karraliligi hisobga olinganda roppa-rosa p ta ildizga ega boʻlishi kelib chiqadi. 17-18- asrlarda algebraning asosiy mazmuni tenglamalar yechishdan iborat boʻlganligi uchun yuqoridagi teorema algebraning asosiy teoremasi deyiladi. algebraning asosiy teoremasini birinchi marta Gauss uzil-kesil isbot qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil