Alisher Abdujalilovich Otaboyev (17-aprel 1947 yili Margʻilon shahri Fargʻona viloyati Oʻzbekistonda tugʻilgan)-Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati.

Алишер Абдужалилович Отабоев
рус. Алишер Абдужалилович Атабаев
Tavalludi 1947
Vafoti 2016-yil 18-iyul
Fargʻona
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Partiyasi Oʻzbekiston Liberal-Demokratik Partiyasi
Turmush oʻrtogʻi Qosimova Raʼno Mahmudovna (Fargʻona shahrida tugʻilgan) — Fargʻona davlat dorilfununi iqtisodiyot kulliyoti dekani.
Bolalari  Mahmud (1976), Sardor (1978)
Mukofotlari "El-yurt hurmati" ordeni (2002)medallar va koʻplab fahriy yorliqlar bilan taqdirlangan.

Taʻlim tahrir

Hayot yoʻli tahrir

Alisher Otaboyev 17-aprel 1947 yili Margʻilon shahrida tugʻilgan, Oʻzbekistonning atoqli davlat, siyosat va jamoat arbobi, Fargʻona viloyati hokimi, 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlgan.

15 yanvar 2000 yili Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga uning nomzodini Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimov koʻrsatgan va Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan edi.

Viloyat hokimi vazifasiga tayinlanguncha 1997 yildan 15 yanvar 2000 yilgacha Fargʻona viloyati hokimining 1 oʻrinbosari, undan avval esa 1997 yilgacha Fargʻona shahar hokimi lavozimida ishlagan.

2000 yil oktyabrdan 2004 yilgacha 174-sonli Beshariq saylov okrugidan 2-chaqirilishdagi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati boʻlib saylangan. Fargʻona viloyati xalq deputatlari kengashi tomonidan nomzodi koʻrsatilgan.

Sovet davrida Fargʻona mexanika zavodi bosh muhandisi soʻngra direktori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekistonning Mustaqilligini 11-yilligi munosabati bilan Alisher Otaboev Oʻzbekiston Respublikasining Prezidentining 27 avgust 2002 yildagi Farmoniga asosan, Oʻzbekiston ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasi va Vatan uchun qilgan mehnatlari yuksak baholanib, "El-yurt hurmati" ordeni bilan taqdirlangan[1].

Oilasi tahrir

Xotini — Raʼno Mahmudovna Qosimova. 2 ta oʻgʻli: Mahmud (1976), Sardor (1978) va nevaralari bor.

Olgan mukofotlari tahrir

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir

Oʻtmishdoshi:
Abduhoshim Abdullayev
 
Fargʻona viloyati hokimi

2000-yil 15-yanvar2004-yil 15-oktabr
Vorisi:
Shermat Nurmatov