Allergiya (yunoncha αλλεργία – begonaga ta’sir) – organizmning spetsifik holati, allergen ta’sirida yuzaga keladi. Bunda shu organizm shu allergenga sezgir boʻladi. Gipersezgirlikning tez yoki sekin turlari koʻrinadi. Idiosinkraziyadan antitelolar paydo boʻlishi bilan farqlanadi.

Allergiya (yun. allos – boshqa, oʻzga, begona va ergon – ta’sir) – kishi organizmida tashqaridan ta’sir qiluvchi allergenlik xususiyatiga ega boʻlgan har xil yot moddalarga nisbatan paydo boʻladigan oʻziga xos reaksiya. Allergenga nisbatan javob raksiyasi darhol yoki asta-sekin oʻta sezuvchanlik koʻrsatish 352orqali sodir boʻladi. Allergen orga-nizmga tushganida unga javoban haqiqiy va soxta (psevdoallergik) allergik reak-siyalar paydo boʻlishi mumkin. Haqiqiy allergik reaksiya boshlanishidan oldin ma’lum bir davr oʻtib, bunda organizmning unga birinchi bor tushgan moddaga sezgirligi ortib boradi, bu sensibi-lizatsiya deb ataladi. Sensibilizatsiya yuzaga kelishi organizmda unga birinchi bor tushgan allergenga javoban alohida oqsil moddalar – antitelolar yoki oʻsha allergen bilan oʻzaro ta’sir qila oladigan limfotsitlar paydo boʻlishiga bogʻliq. Shungacha allergen organizmdan chiqarib yuborilgan boʻlsa, hech qanday kasallik alomati koʻzga tashlanmaydi. Agar aller-gen chiqib ketmagan boʻlsa yoki chiqib ket-ganidan keyin organizmga takror tush-sa, bunda u yukrridagi antitelolar yoki limfotsitlar bilan oʻzaro ta’sirlashib, A.ga sabab boʻladi. Natijada bir qancha biokimyoviy jarayonlar boshlanib, gista-min, serotonin kabi talaygina moddalar ishlanib chiqib, hujayralar, toʻqimalar va a’zolarni zararlantiradi, shu tarika maxsus, ya’ni ilgari organizmga ta’sir qilgan allergenga javoban reaksiya roʻy berib, allergik kasallik paydo boʻladi. Soxta reaksiyalar organizm allergenga birinchi bor duch kelganida boshla-naveradi. Bunda sensibilizatsiya davri boʻlmaydi. Organizmga tushgan allergenning oʻzi hujayra, toʻqima va a’zolarni zararlantiradigan moddalarni paydo qiladi. Soxta reaksiyalar koʻpincha dori-darmonlar va oziq-ovqatlarga nisbatan roʻy beradi.Organizm allergenga duch kelganida hamisha ham A. paydo boʻlavermaydi. Bunda irsiyat, nerv va endokrin sistemalar ahvoli muhim ahamiyatga ega, chunki kasalikka asosan bu sistemalar funksi-yasining buzilishi, ogʻir ruhiy kechinmalar sabab boʻladi. A.ning oldini olish sensibillovchi ta’sirga ega boʻlgan mod-dalarning organizmga takror kirishiga va organizm himoya reaksiyalarining buzilishiga yoʻl qoʻymaslik choralarini koʻrishdan iborat.[1]Antigenler: a) o'z hujayralari membranalarining tarkibiy qismlari (turli omillar ta'sirida o'zgarmagan va o'zgargan); b) hujayra membranalarida ikkilamchi fiksatsiyalangan (adsorbsiyalangan) antijenler, masalan, dorilar; v) to'qimalarning hujayra bo'lmagan komponentlari (kollagen, miyelin).

Allergiya davrlariTahrirlash

Allergiyani uch davrga boʻlish mumkin. Boshlangʻich davri mart oyining boshidan may oyi oʻrtasigacha, ya’ni daraxtlar gullashi paytiga toʻgʻri keladi. Ikkinchi davri may oyidan iyulning oxiri, avgust boshigacha davom etadi. Bu vaqtda dala oʻtlarining gullashi yuz beradi. Uchinchi davri esa boshoqli oʻsimliklar gullashi bilan bogʻliq boʻlib, avgust oyidan noyabrgacha choʻziladi[2].

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. „Нега баҳорда аллергия кучаяди? Мутахассис жавоб берди“. Bugun.uz. 15-iyul 2021-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 2021 йил 8 март. Arxivlandi 2021-07-15 Wayback Machine saytida.