Futbol
Alvaro Gestido
Alvaro Xestido v 1928

Alvaro Gestido 1928-yilda
Umumiy maʼlumotlar
Toʻliq ism-sharifi Xose Alvaro Pelegrin Gestido Poze
Laqablari Varito (Tuzatuvchi), Teniente (Leytenant)
Tugʻilgan sana va joyi 1907-yil 17-may(1907-05-17)

Urugvay, Montevideo
Oʻlimi 1957-yil 18-yanvar (49 yosh)

Urugvay, Santa-Klara-del-Orimar
Fuqaroligi Urugvay
Boʻyi 173 sm
Ampula yarimhimochi, himoyachi
Klubdagi faoliyati[* 1]
?—1926 Flag Urugvaya Charli Solferino
1926—1941 Flag Urugvaya Penyarol
1944 Flag Urugvaya Penyarol 2 (0)
Terma jamoada[* 2]
1927—1940 Urugvay Urugvay 26
Xalqaro medallar
Olimpiada oʻyinlarida
Oltin Amsterdam 1928 futbol
Jahon chempionatida
Oltin Urugvay 1930
Janubiy Amerika chempionati
Bronza Buenos-Ayres 1929
  1. Kolichestvo igr i golov za professionalniy klub schitaetsya tolko dlya razlichnix lig natsionalnix chempionatov.
  2. Kolichestvo igr i golov za natsionalnuyu sbornuyu v ofitsialnix matchax.
Logotip Vikisklada Mediafayli na Vikisklade

Alvaro Pelegrin Gestido (ispancha: Álvaro Pelegrín Gestido) — urugvaylik futbolchi, yarim himoyachi va himoyachi.1907-yil 17-may Montevideoda tugʻilgan.Urugvay terma jamoasi futbolchisi.1928-yilgi Olimpiada chempioni, 1930-yilgi jahon chempioni, 1929-yil Janubiy Amerika chempionatining bronza medali sovrindori.

Tarjimai holi tahrir

Urugvayning „Charli Solferino“ futbol klublarida (faoliyatining boshida) va asosan „Penyarol“da klubida oʻynagan.Yetti karra mamlakat chempioni.1927-yildan 1940-yilgacha Urugvay terma jamoasi tarkibida 26 ta oʻyin oʻtkazgan, shu jumladan tarixdagi birinchi jahon chempionati finalini ham.1941-yil 28-dekabrda Argentinaning „River Pleyt“ klubiga qarshi oʻyindan soʻng professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan.Terma jamoadagi 25 ta oʻyini quyidagi musobaqalarda oʻynagan.Jahon chempionatida 4 ta,Olimpiada oʻyinlarida 5 ta,Janubiy Amerika chempionatida 1 ta,Oʻrtoqlik oʻyinlarida 13 ta, oʻyinda maydonga tushgan.Bundan tashqari Lipton kubogi va Nyuton kuboklarida terma jamoa sharafini himoya qilgan.1930-yilgi Urugvayda oʻtkazilgan va Urugvay terma jamoasi gʻoliblikka erishgan ilk jahon chempionatida barcha toʻrtta oʻyinda yaʼni Peru terma jamoasi, Ruminiya terma jamoasi, Yugoslaviya terma jamoasi va finalda Argentina terma jamoasiga qarshi baxslarda mamlakat sharafini himoya qilgan.

1967-yildagi Urugvay prezidenti Oskar Diego Xestidoning ukasi.Alvaro Gestido 1957-yil 18-yanvarda Urugvayning Santa-Klara del-Olimar shahrida 50 yoshga toʻlishidan bir necha oy oldin 49 yoshida yurak xurujidan vafot etdi.

Yutuqlari tahrir

Manbalar tahrir

1.Luciano Alvarez,Leonardo Haberkorn."Historia de Penarol".Montevideo, Urugvay: Penguin Random House Grupo Editorial Urugvay.2004.960 bet.1500 nushada bosilgan.

2.https://www.transfermarkt.world/alvaro-gestido/profil/spieler/229587

3.https://olympics.com/ru/athletes/alvaro-gestido

4.https://www.national-football-teams.com/player/33706/Alvaro_Gestido.html

5.https://www.worldfootball.net/player_summary/alvaro-gestido/