Amazon KindleAmazon kompaniyasi tomonidan elektron kitoblar uchun chiqarilgan moslamalar seiryasidir. Amazon Kindle moslamasi foydalanuvchilarga elektron kitob, gazeta, jurnal, blog va boshqa raqamli media ma’lumotlarini simsiz tarmoq orqali xarid qilish, yuklash, koʻrib chiqsh va oʻqush imkonini beradi.[1]

Amazon.com shoʻba Lab126 kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan apparat platformasi bitta moslama sifatida boshlangan, lekin endi oʻzi ichiga qator modellar: “Kindle”, “Kindle 2”, “Kindle3” (endi “Kindle Keyboard”), “Kindle 4” va “Kindle DX”, “Kindle 4 touch”, “Kindle 5” va “Kindle Paperwhite”, shuningdek, “Kindle for PC”, “Kindle for iPhone”, “Kindle for Mac”, “Kindle for Android” va “Kindle for BlackBerry” ilovalarini oladi.

Kindle moslamalari elektr siyoh (E-Ink) texnologiyasi asosidagi displeyga ega – oxirgi avlod (oltinchi avlod) qogʻozda oʻqish taassuroti yaratish uchun kulrangning 16 gradatsiyasini minimal energiya sarflab qayta ishlaydi. Moslama Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini taqdim qiladi.

Kindle moslamasiga elektron qogʻoz asosdagi boshqa moslamalar: Sony Reader, Barnes & Noble Nook, PocketBook Reader, iRex iLiad va boshqalar raqobatchi hisoblanadi.

Kindle moslamasi mikrodastur ta’minoti ARM platformasi uchun Linux asosga tayanadi.[2]

Tanqid tahrir

Amazon oʻz xohishiga koʻra bevosita Amazonda sotib olingan kitoblarni oʻchirib tashlashi mumkin. Masalan, Jorj Oruelning kompaniyaning tarqatish huquqi boʻlmagan “Molxona” va “1984” romnalari olib tashlangan. (xaridorlarga puli qaytarilgan).[3][4]

Madaniyatda tahrir

Stiven Kingning “Ur” hikoyasi sujeti Kindle gadjeti asosiga (Kindle 2 boʻlsa kerak) qurilgan.[5]

Manbalar tahrir

  1. „Kindle hacking, iPod parallels and a chat with the Kindle director“. blog.seattletimes.nwsource.com. 2010-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  2. „Oracle Gave Amazon a Discount on Java to Keep Android Off the Paperwhite – Wait, What?“. the-digital-reader.com. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  3. „Магазин Amazon удаленно стер книги Оруэлла с Kindle“. lenta.ru. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  4. „Amazon Erases Orwell Books From Kindle“. nytimes.com. Qaraldi: 2021-yil 22-oktyabr.
  5. Feleki D. N. Stephen King in the New Millennium: Gothic Mediations on New Writing Materialities. — Cambridge Scholars Publishing, 2018. — 255 p. — ISBN 978-1-5275-0407-3.