Amenxotep kenja — qadimgi Misr meʼmori (miloddan avvalgi 15-asr), fir’avn Amen-xotepning ish boshqaruvchisi, Luqsordagi maʼbud Amon-Ra ibodatxonasini (aka-uka meʼmorlar Gori va Suti bilan birgalikda), Karnakdagi Amon-Ra ibodatxona-sining bosh zalini, Karnakdagi maʼbuda Mut ibodatxonasini qayta kurgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil