Amerika pianinochilar assotsiatsiyasi

Amerika pianinochilar assotsiatsiyasi Indianapolisda (Indiana, AQSH) joylashgan sahna sanʼati tashkiloti boʻlib, u har ikki yilda, shuningdek, har toʻrt yilda bir marta pianino boʻyicha milliy musobaqalarni oʻtkazadi, bular: Klassik Fellowship Awards va Jazz Fellowship Awards. Faqat 18 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan Amerika fuqarolari musobaqada qatnashishlari mumkin. Tashkilot musobaqadan tashqari yillarda resitali seriyalarni oʻtkazadi. Fellowship mukofotlari dunyodagi eng daromadli pianino mukofotlaridan biri boʻlib, qiymati 100 000 dollardan oshadi. [1]

Amerika pianinochilar assotsiatsiyasi
Asos solinishi 1979-yil; 43yil avval (1979)
Victor Borge, Tony Habig va Julius Bloom tomonidan
Maqsadi Yosh amerikalik, jahon darajasidagi jazz va klassik

pianinochilarni kashf etish va rivojlantirish

Bosh qarorgoh 4603 Clarendon koʻchasi, Suite 030, Indianapolis, IN 46208
Joylashuv
Mintaqa
Qoʻshma Shtatlar
Prezident va direktor
Joel Harrison
Classical Fellow tanlovi
Drew Petersen
Jazz Fellow tanlovi
Emmet Cohen
Veb sahifa www.americanpianists.org

Tarix tahrir

Assotsiatsiya 1979-yilda Nyu-York shahrida Beethoven jamgʻarmasi sifatida yaratilgan boʻlib, uni marhum Victor Borge, Kimball xalqaro tashkiloti vakili Tony Habig va Carnegie Hallning sobiq bosh menejeri Julius Bloom tashkil qilgan. Ularning asl maqsadi musobaqada uch yil davomida stipendiya toʻlab berishni taklif qilish orqali xalqaro pianino musobaqalarida qatnashish uchun yosh amerikalik pianinochilarni aniqlash va tayyorlashga yordam berish edi[2]. 1989-yilda u oʻz nomini Amerika pianistlar uyushmasiga oʻzgartirdi. 1992-yilda tanlovlar qatoriga jazz tanlovi qoʻshildi.

1982-yilda Beethoven jamgʻarmasi oʻzining milliy shtab-kvartirasini jamgʻarmaning ikki asoschisi Habig va Borge tomonidan berilgan taklifga koʻra Indianapolisga koʻchirdi. Hozirda ijroiya idoralari Butler universitetining Lilly Haallda joylashgan Arts Collaborative binolari tarkibiga kiradi. 1989-yilda jazz pianinochilariga kengroq imkoniyat berish uchun avvalgi nom Amerika pianinochilar uyushmasiga oʻzgartirildi va missiya ham oʻz maqsadlarini yanada keng koʻlamda amalga oshira boshladi[2].

2003-yildan 2008-yilgacha Amerika pianistlar assotsiatsiyasi Indy Jazz Festevalini oʻtkazish loyihasini ishlab chiqdi[3].

APA 2003-yildan beri Klassik va Jazz Fellows guruhiga xalqaro gastrollarda homiylik qilgan AQSh Davlat departamentining Madaniy dasturlar boʻlimi bilan hamkorlik qiladi. Hammasi boʻlib, ular birgalikda guruh bilan shuningdek yakka tarzda dunyo boʻylab 10 ta davlatga tashrif buyurishgan[4].

Musobaqalar tahrir

Finalchilar bir qator mashxur boʻlgan ommaviy chiqishlar orqali raqobatlashadilar. Klassik tanlov yakkaxon pianino, kamera musiqasi, hamkorlikdagi vokal va kontsert chiqishlarini oʻz ichiga oladi. Har bir finalchi yakunda Indianapolis simfonik orkestri bilan qoʻshiq ijro etishadi. Jazz tanlovi yakkaxon pianino, jazz triosi, vokal jazz va jazz orkestri yoʻnalishlaridagi repertuar qoʻshiqlarini oʻz ichiga oladi[5].

Amerikalik pianinochilar mukofoti gʻoliblari tahrir

Yil Hamkasb Hamkasb Hamkasb
2021-yil Klassik Kenneth Broberg [6]
2019-yil Jazz Emmet Cohen
2017-yil Klassik Drew Petersen
2015-yil Jazz Sullivan Fortner
2013-yil Klassik Sean Chen
2011-yil Jazz Aaron Diehl
2009-yil Klassik Grace Fong Adam Golka
2007-yil Jazz Dan Tepfer
2006-yil Klassik Stephan Beus Spencer Myer
2004 yil Jazz Adam Birnbaum
2003-yil Klassik Thomas Rozenkranz Michael Sheppard
2001-yil Jazz Aaron Parks
2000-yil Klassik Christopher Taylor Ning An
1998-yil Jazz Jesse Green
1997-yil Klassik Derison Duarte Hiroko Kunitake Piter Miyamoto
1996-yil Jazz Rick Germanson
1995-yil Klassik James Giles Athony Molinaro J.Y.Song
1994-yil Jazz Kevin Bales
1993-yil Klassik Adam Kent Nicholas Roth Lori Sims
1992-yil Jazz Jim Pryor
1991-yil Klassik Timothy Bozarth Anthony Padilla Daniel Shapiro
1989-yil Klassik Jonathan Bass Brian Ganz Stephan Prutsman
1987-yil Klassik Diane Hidy Philipp Hosford Nelson Padgett
1985-yil Klassik Frederic Chiu R. Clipper Erickson Dmitriy Rachmanov
1983-yil Klassik Philip Bush Jon Salmon Michael Lewin
1981-yil Klassik David Buechner Glenn Sales Jonathan Shames

Manba: [7]

Manbalar tahrir

  1. Harvey. „Florida native Sean Chen named DeHaan Classical Fellow“. Indianapolis Star. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  2. 2,0 2,1 "Fellows of the American Pianists Association". American Music Teacher 54 (4): 39–42. 2005. 
  3. „APA History“. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  4. "Making Great Music Together". American Music Teacher 59 (3): 20–23. 2009. 
  5. „Competitions“. 2013-yil 28-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.
  6. Kenny Broberg wins 2021 American Pianists Awards in Indianapolis by Domenico Bongiovanni. Indianapolis Star, 27 Jun 2021. Retrieved 2021-06-30.
  7. „Former Fellows Page“. 2013-yil 31-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 15-avgust.