Bosh menuni ochish

Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi

rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub uch roman toʻplami

„Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi“ (ruscha: Человек-амфибия. Властелин мира. Звезда КЭЦ) — rus yozuvchisi Aleksandr Belyayev qalamiga mansub ilmiy-fantastik romanlar toʻplami. Toʻplamga muallifning „Amfibiya odam“, „Jahongir“ hamda „KETS yulduzi“ romanlari kiritilgan. Toʻplam 1989-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.[1]

Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi
Человек-амфибия. Властелин мира. Звезда КЭЦ
Muallif Aleksandr Belyayev
Janr ilmiy-fantastik romanlar
Til rus
Tarjimon Nizom Komilov
Nashriyot Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti
Nashr etilgan 1989
Sahifalar soni 430
ISBN 5-635-00320-6

Toʻplamni oʻzbek tiliga 1963-yil „Molodaya gvardiya“ nashriyoti chop etgan ruscha nashridan Nizom Komilov tarjima qilgan. Asar soʻzboshini M. Mahmudov yozgan.

Tahrir hayʼati Hakim Nazir (rahbar), Anvar Obidjon, Farhod Musajonov, Quddus Muhammadiy, Raim Farhodiy, Poʻlat Moʻmin, Ergash Raimov, Xudoyberdi Toʻxtaboyev hamda Nosir Fozilovlardan iborat boʻlgan. Mazkur nashrni tayyorlashda yana quyidagi shaxslar ishtirok etgan: M. Joʻrayeva – muharrir, L. Davats, A. Shatalov – rassomlar, A. Kiva – rasmlar muharriri, V. Barsukova – texnik muharrir, Sh. Sobirova, Sh. Nazarova – musahhihlar. Kitob adadi – 30 000 nusxa.

Amfibiya odamTahrirlash

Asosiy maqola: Amfibiya odam

Belyayev „Amfibiya odam“ romanini 1927-yil yozgan. Asar ilk bor 1928-yil „Vokrug sveta“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida ham oʻsha yili nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „KETS yulduzi“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan.

Asar bosh qahramoni Ixtiandr ham suvda, ham quruqlikda yashay oladigan odam-amfibiyadir.

JahongirTahrirlash

Asosiy maqola: Jahongir (roman)

„Jahongir“ romanining qisqartirilgan versiyasi ilk bor 1926-yil „Gudok“ gazetasida chop etilgan. Toʻliq versiyasi 1928-yil „Vokrug sveta“ jurnaliga ilova sifatida nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor 1979-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida chop etilgan.

„Jahongir“ fikrlarni masofaga joʻnatish mavzusiga bagʻishlangan. Muallifni bu gʻoya juda qiziqtirgan.

KETS yulduziTahrirlash

Asosiy maqola: KETS yulduzi

„KETS yulduzi“ romani Ilk bor „Vokrug sveta“ jurnalida chop etilgan. Kitob sifatida esa birinchi marta 1936-yil nashr qilingan.

Roman oʻzbek tilida ilk bor 1970-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida Belyayevning „Amfibiya odam“ romani bilan birga toʻplam oʻlaroq chop etilgan.

„KETS yulduzi“ fazoni oʻzlashtirish mavzusidagi Sovet Ittifoqida chop etilgan ilk fantastik asardir. „KETS yulduzi“ rus olimi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy xotirasiga bagʻishlangan. Asarda yerning ikkinchi sunʼiy yoʻldoshi KETS yulduzi deb ataladi.

ManbalarTahrirlash

  1. Amfibiya odam. Jahongir. KETS yulduzi. Rossiya davlat kutubxonasi (ruscha). 31.10.2016.

HavolalarTahrirlash