Bosh menuni ochish

Amu-qorako‘l kanaliBuxoro viloyatidagi kanal. Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida Yumalandi qirlari etagidan boshlanadi. 1963 yilda qurilgan. Uz. 55 km. Suv o‘tkazish imkoniyati 48 m³/s Bu-xoro viloyatining Olot, Qorako‘l tumanlaridagi 50 ming ga yaqin yerni sug‘oradi. Suv daryodan maxsus qazilgan 2,8 km uzunlikdagi kanal orqali bosh rostla-gich qurilgan joyga oqib keladi va nasos stansiyalari bilan ko‘tarib beriladi. Kanal bosh rostlagichdan Olot nasos stansiyasigacha (36 km masofada) tubining eni 5–6 m bo‘lgan qadimgi daryo o‘zanidan o‘tadi, Olot sh.ni kesib o‘tib, cho‘lning qumli barxanlari orasidan davom etadi. Olot nasos stansiyasida suv 8,2 m. balandlikka ko‘tarib beriladi. A.– Amu-Qorakoʻl kanali Qorako‘l nasos stansiyasi bilan tugaydi (unga suv keladigan 16,2 km uzunlikdagi kanal sug‘oriladigan hududdan o‘tadi).

AdabiyotlarTahrirlash

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil