Amy Davidson

amerikalik aktrisa

Amy Davidson — amerikalik aktrisa. U ABC telekanalida efirga uzatilgan 8 Simple Rules sitcomida Kerry Hennessy rolini ijro etgani bilan tanilgan.

Amy Davidson
Tavalludi 15-sentyabr 1979
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Aktrisa
Faoliyat yillari 1995–hozirgacha
Turmush oʻrtogʻi
Kacy Lockwood (turm. 2010)
Bolalari 1 nafar
Veb-sayti amydavidson.com

Yoshligi va taʼlim olishi tahrir

Davidson Phoenix (Arizona)da oʻqituvchilar oilasida tugʻilgan. Uning otasi El Mirage boshlangʻich maktabida direktor, onasi esa Desert Foothills Junior High Schoolda ingliz tili oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib koʻrsatgan. Ota-onasi uni yoshligida raqs darslariga yozdirib qo‘yishgan. Shadow Mountain High Schoolda oʻqiyotganda u reklama roliklarida paydo boʻlishni boshlaydi. Uning aktyorlik boʻyicha murabbiyi uni Hollywoodga koʻchib oʻtishga undaydi[1].

Faoliyati tahrir

Amy Davidson The Truth About Jane telefilmida hamda Judging Amy dramatik serialidagi bir epizodda paydo boʻlganidan soʻng, So Little Time seriali uchun Mary-Kate and Ashley Olsen kastingida ham qatnashgan. Aktrisa Malcolm in the Middle sitcomida hamda Hallmark kanalining Annieʼs Point filmida Betty White va Richard Thomas bilan birgalikda maxsus mehmon rolini ijro etgan.

Boshqa rollari orasida Goyband filmidagi obrazi ham mavjud. Amy ushbu filmda Catskill togʻlarida oilasining mehmonxonasida oʻynaydigan sobiq boyband pop yulduziga (Adam Pascal) bilan tanishib qolgan yosh pravoslav yahudiy qizi rolini oʻynaydi. Davidson moda va turmush tarzi blogini ham yuritadi[2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Davidson 2010-yil 1-may kuni aktyor Kacy Lockwoodga turmushga chiqadi. 2015-yil 2-noyabrda Davidson Instagramda birinchi farzandlarini kutayotganliklarini eʼlon qiladi[3]. Amy 2016-yil 1-mart sanasida o‘g‘lini dunyoga keltiradi[4].

Filmografiyasi tahrir

Filmlarda tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
1995 Teenage Tupelo Ticket Girl ankredited 
2007 Netherbeast Incorporated Pearl Stricklett
2008 Goyband Rebekka
2008 "The Capture of the Green River Killer" Helen (Hel)
2015 "Battle Scars" Jules Stephens
2015 Tales from the Toilet Amy Qisqa metrajli film
2019 Ernestoʻs Manifesto Cassie
2020 Kinetic Aunt Drea Qisqa metrajli film

Televizion rollari tahrir

Yil Sarlavha Rol Izohlar
2000 The Truth About Jane Elizabeth TV Film
2001 Judging Amy Lindsey Sandowski Epizod: „Look Closer“
2001-02 So Little Time Cammie Morton Takroriy rol; 8ta epizod
2002-05 8 Simple Rules Kerry Hennessy Bosh rol (76ta epizod)
2004 Family Face-Off: Hollywood Oʻzi, mezbon Bosh rol (5a epizod)
Punk’d Oʻzi, hazil qurboni Epizod: „Kaley Cuoco/The Rock/Julia Stiles“
2004-05 Pet Star Herself, judge 2ta epizod
2005 Annieʼs Point Ella Eason Film
Brandy & Mr. Whiskers Tiffany Turlington Epizod: „One of a Kind“
2006 Strong Medicine Jamie Epizod „Baby Boom!“
Malcolm in the Middle Paula Epizod: „Lois Strikes Back“
Little Talent Show Herself, judge 3ta epizod
2007 CSI: NY Carolyn Epizod: „Past Imperfect“
2008 The Capture of the Green River Killer Helen Ramus Miniserial; bosh rol
2009 Criminal Minds Zoe Hawkes Epizod: „Zoeʼs Reprise“
Ghost Whisperer Dana Mayhew Epizod: „Head Over Heels“
2010 Firebreather Jenna Shwartzendruber TV Film
2011 CSI: Crime Scene Investigation Leslie Gitig Epizod: „Tell-Tale Hearts“
2012 House Molly Epizod: „We Need the Eggs“
2013 Tia & Tamera Herself 4ta epizod
2014 The Brittany Murphy Story Jackie Film
Bones Dr. Leona Saunders Epizod: „The Corpse at the Convention“
2015 Better Call Saul Sabrina Epizod: „Marco“
Hell’s Kitchen Herself Epizod: „8 Chefs Compete Again“
2017 Marlon Susan Smith Epizod: „Appropriate Marlon“
2019 The Rookie Susanna Brown Epizod: „Impact“
2021 All Rise Kelsey Strong Epizod: „Bette Davis Eyes“

Manbalar tahrir

  1. Goodykoontz, Bill. „'Simple Rules' For Success“, The Arizona Republic, 16 October 2002, p. E1.
  2. Amy Davidsonʼs Official Site
  3. „Amy Davidson Expecting First Child“. People (2-noyabr 2015-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2020-yil.
  4. „Amy Davidson Welcomes Son Lennox Sawyer“. People (4-mart 2016-yil). Qaraldi: 14-oktabr 2020-yil.

Havolalar tahrir