Anarxiya (yunoncha anarchia — mavjud rahbarsizlik, hokimiyatsizlik; inglizcha anarchy) — jamiyatning davlatsiz tuzilishi. Anarxiya tushunchasi, shuningdek, muayyan jamiyat yoki davlatning amaldagi qonunlari inkor qilingan, qonuniylik yoʻqolgan, hokimiyatning har qanday koʻrinishlari rad etiladigan holatini ham bildiradi. Odatda anarxiya inqiloblar natijasida hisoblanadi va qoidaga koʻra u uzoq vaqt yashamaydi, chunki har qanday siyosiy institutni halokatga uchratadi. Kundalik hayotda anarxiya atamasi odatda tarqoqlikni, hokimiyatsizlikni, uyushmaganlikni, tartibsizlikni va boshqalarni bildiradi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. Oʻzbekiston Yuridik ensiklopediyasi