Andante (ital. andare — odimlash) — 1) musiqada oʻrtacha sekin surʼat; 2) mazkur surʼatda ijro etiladigan musiqa asari (mas, L. Betxoven — Fa major „Andante favori“ si) yoki uning qismi. Simfoniya, kvartet, sonata va hokazoning odatda 2- yoki 3- qismlari koʻpincha A. surʼatida boʻladi. Masalan, M. Tojiyevning 3-simfoniyasi (3- qismi), 4- simfoniyasi (2- qismi), M. Mahmudovning „Navo“ simfoniyasi (1-qismi), Ik. Akbarovning „Samarqand hikoyalari“ (1- qismi), 1- kvarteti (2-qismi) va boshqa Bularning barchasida A. atrof qismlar bilan surʼat jihatdan va mazmunan keskin farq hosil qiladi.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil